Tojikiston gruziyalik murabbiy bilan hamkorlik qilishda davom etadi. Uning oldiga termani Osiyo Kubogi-2027ga olib chiqish vazifasi qo'yilgan
23 avg 2024 17:32
Yangiliklar
Tojikiston gruziyalik murabbiy bilan hamkorlik qilishda davom etadi. Uning oldiga termani Osiyo Kubogi-2027ga olib chiqish vazifasi qo'yilgan
Tojikiston futbol federaciyasi Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyatini davom ettiradigan gruziyalik mutaxassis Gela SHekiladze bilan mehnat shartnomasini uzaytirdi.
53 yoshli mutaxassis joriy yilning fevral oyidan buyon Tojikiston terma jamoasini boshqarib kelmoqda. SHekiladzega jamoani 2027 yilgi Osiyo Kubogi final bosqichiga olib chiqish vazifasi qo'yilgan.
"Tojikiston futbol federasiyasi rahbariyatiga ishonch bildirgani uchun minnatdorlik bildiraman. Sentyabr oyida Malayziyadagi turnir bilan Osiyo Kubogi-2027 saralash o'yinlariga tayyorgarlikni boshlaymiz. Keyin oktyabr oyidagi FIFA kunlarida Tojikiston termasi Tailanddagi musobaqada maydonga tushadi. Noyabr oyidagi FIFA kunlarida ham o'rtoqlik o'yinlari o'tkazilishi rejalashtirilgan. Jamoa oldiga Osiyo chempionatining final bosqichiga chiqish vazifasi qo'yilgan", – dedi Tojikiston milliy jamoasi ustozi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar