Tojikiston chempionati. “Buxoro” sobiq azosining goli “Xo'jand”ni mag'lubiyatdan qutqardi (+jadval)
22 apr 2020 20:55
Yangiliklar


Tojikiston chempionati. “Buxoro” sobiq azosining goli “Xo'jand”ni mag'lubiyatdan qutqardi (+jadval)
Tojikiston Oliy ligasi 3-turidan o'rin olgan so'nggi bellashuv “Ko'ktosh” – “Xo'jand” o'rtasida bo'lib o'tdi.
Bahsda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgan. O'yin neytral maydonda bo'lib o'tdi. “Buxoro”ning sobiq azosi Fatxullo Fatxulloevning 2-taym boshida urgan goli mehmonlarni mag'lubiyatdan qutqardi.
“Xo'jand” safidagi o'zbekistonlik kiper Mamur Ikromov bahsni asosiy tarkibda boshladi. SHuningdek, Sanjar Rihsiboev ham o'yinni boshlang'ich daqiqalardan o'tkazgan.
"Ko'ktosh" - "Xo'jand" 1:1 (1:0, 0:1)
Dushanbedagi Respublika o'yingohi
Gollar: Hikmatullo Rasulov 41, Fatxullo Fatxulloev 52
O’xshash yangiliklar

Fikrlar