SHomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi"
09 fev 2021 07:11
Yangiliklar
SHomurodovning agenti: "Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi"
"Jenoa" forvardi Eldor SHomurodovning agenti German Tkachenko o'yinchining A Seriyadagi debyutidan yarim yil o'tib ko'tarilishga erishishga tayyorligi haqida gapirdi.
SHomurodovning agenti shuningdek "Yuventus" tomonidan qiziqish bo'lgani haqida gapirdi.
"Bizda Bundesliga, Premer-liga va La Liga klublaridan taklif bo'lgandi. Ammo "Jenoa" varianti juda jozibali edi va Eldor A Seriyaning eng tarixiy klublaridan birini tanladi.
Eldor "Jenoa"ning kelajakda o'sish uchun yoqimli boshlanish nuqtasi ekanlini biladi. U o'tish davriga kirdi, ammo karerasining ushbu bosqichidan zavqlanmoqda.
"Yuventus"ning qiziqishi haqida o'qish yoqimli, ammo aloqalar bo'lmadi. Menimcha klublar vakillari o'zaro muloqot qilishgan", - deydi Tkachenko.
Fikrlar