Tixonov: "O'runov "Spartak"da? Klub 5-6-o'rinlar uchun kurashmoqchimi?"
22 iyu 2020 18:46
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/582646_original.jpg)
![](/upload/storage/582646_220.jpg)
Tixonov: "O'runov "Spartak"da? Klub 5-6-o'rinlar uchun kurashmoqchimi?"
"Spartak" sobiq futbolchisi Andrey Tixonov "Ufa" yarim himoyachisi Oston O'runovning Moskva klubiga o'tishi mumkinligi haqidagi xabarlarga munosabat bildirdi.
"Spartak" qaysi tomonga intilayotganini tushunish lozim. Klub 5-6-o'rinlar uchun kurashmoqchimi yoki bir necha yaxshi o'yinchilarni sotib olib yaxshi o'rinlar uchunmi? Karrera qo'l ostida shunday edi. Mavsumning bir qismini yaxshi o'tkaza oladigan futbolchilar bor.
Ammo, butun mavsum davomida yaxshi o'ynay oladigan o'yinchilar kerak. Fedun o'sha yili 40 million evro sarfladi, ammo natija yo'q. U hozir ham shunday pul sarflashni xohlaydimi? Ammo, buni qilish kerak.
Yosh yigitlar ajoyib o'yinchilarga ega "Zenit"ga qarshi jang uchun otlanishmoqda. Bu bitta o'yinda ish berishi mumkin, ammo uzoq yo'lga tajribali va kuchli o'yinlar kerak", - deydi Tixonov.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar