Tite JCH-2018 ga boradigan 15 nafar braziliyalik futbolchini sanab o'tdi
17 fev 2018 01:50
Yangiliklar


Tite JCH-2018 ga boradigan 15 nafar braziliyalik futbolchini sanab o'tdi
Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tite Rossiyada o'tadigan Jahon chempionati bahslarida pentakampeonlar sharafini himoya qiladigan 15 nafar futbolchining nomini sanab o'tdi.
Eslatib o'tamiz, har bir terma jamoa JCH oldidan 23 nafargacha futbolchining ro'yxatdan o'tkazishi mumkin.
“11 nafar futbolchi nomi malum. Bular o'z klublari safida doimiy tarzda maydonga tushishmoqda va terma jamoadan chaqiruv olishmoqda. Alison (“Roma”), Dani Alves, Markinos va Neymar (“PSJ”), Marselo va Kazemiro (“Real”), Renato Augusto (“Beyczin Goan”), Paulino va Koutino (“Barselona”), Gabriel Jezus (“Manchester Siti”). SHuningdek, ushbu ruyxatga yana to'rt nafar futbolchini qo'shish mumkin. Bular Tiago Silva (“PSJ”), Fernandino (“Manchester Siti”), Villian (“CHelsi”) va Roberto Firmino (“Liverpul”)”, deya Titening so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Braziliyaning “Uol” gazetasi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar