Timur Turdiev: "Neftchi" ham uch yil deganda Superligaga chiqdi"
13 okt 2021 11:57
Yangiliklar
Timur Turdiev: "Neftchi" ham uch yil deganda Superligaga chiqdi"
Og'ir o'yin bo'ldi, futbolda aytishadiku "sen urmasang, senga urishadi". Bugun ko'p vaziyatlar yaratdik, ammo undan foydalana olmadik. Vaziyatdan gol ura olmaganimizdan keyin mag'lub bo'ldik. "Yangier"da bitta imkoniyat yaratadi va bitta gol uradi. To'xtab qolmaymiz, hayot davom etadi. Mavsum oxiri futbolchilarning organizmiga ham tasir qiladi", - deydi Timur Turdiev.
- Arislan Yusupbaev nima uchun maydonga tushmadi?
- Ayni paytda Yusupbaev Toshkentda O'zbekiston yoshlar terma jamoasi safida bo'lib turibdi.
- Bugungi o'yinga Qoraqalpog'iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashi Boshlig'i Murat Qallibekovich Kamalov tashrif buyurdi va futbolchilar, siz bilan suhbatlashdi. Nimalar haqida gap bordi?
- Murat Qallibekovich bilan klubimiz rivojlanishi borasida gaplashdik. Ko'rib turibsiz O'zbekistonning bir necha karra chempioni bo'lgan "Neftchi" ham uch yil deganda Superligaga qaytdi. Bir yilda natijaga erishish qiyin, biz ham bosqichma-bosqich oldinga intilamiz.
Fikrlar