So’nggi yangiliklar

10:15Лёв ёки Билич келишига Кападзе нима дейди?  3 09:56Серхио Рамосдан "Реал"ни тарк этган Лукаc Васкесга самимий мактуб: "Сени соғинамиз, Пико"  0 09:29Тимур Кападзе: "Қуръа яхши ўтди, ҳаммасини вақт кўрсатади"  5 08:55"Бухоро" иккинчи даврада рақибларини Қаршида қабул қилади  5 08:30"Ўзбекистонда қолсам, "Бунёдкор"дан бошқа жамоага ўтмасдим" — Луис Качорри билан интервью  1 08:00Луис Энрике ПСЖда ортиқча футболчиларни захирага юборди — Асенсио, Солер ва Шкриньяр клуб изламоқда  0 07:28Кристиан Новак: "Мухлислар стадионда тасаввур қилиб бўлмайдиган даражадаги атмосферани яратишади ва биринчи ўйинимни сабрсизлик билан кутяпман"  2 01:45"Сабаҳ" ва Умарали Раҳмоналиев Европа лигаси саралашида муваффақиятсизликка учради  2 01:22"Галатасарой" Осимхенни сотиб олишга яқин турибди  2 00:54Кристиан Вьери: "Челси" АПЛ ғолиби бўлади"  5 00:31Шайхлар Винисиусни "нишонга олди" ва рекорд сумма тўлашга тайёр  13 00:13"Интер"нинг Лукман учун таклифи "Аталанта"га маъқул келмади  0 23:43"Бунёдкор" назорат ўйинида "Абдиш Ата" билан дуранг қайд этди  3 23:15"Истанбул Башакшеҳир" назорат ўйинида ғалаба қозонди, Элдор Шомуродовдан ассист  3 22:47"Сурхон" Дмитрий Плетнёвнинг кетганини эълон қилди  4

Timur Kapadze: "Turon" 7-8-o'rinlar uchun kurasha oladi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Turon" 7-8-o'rinlar uchun kurasha oladi"

Coca Cola Superliga 5-turi doirasida "Turon"ga qarshi o'yindan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi.


- Birinchi navbatda "Olimpik" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman. Menimcha, bugun yaxshi, chiroyli o'yin bo'ldi. Ko'p vaziyatlarga ega bo'ldik. 1:0 bo'lsa ham g'alabaga erishdik. Muhim g'alaba bo'ldi. CHunki "Turon" turnir jadvalidagi ayni damdagi holatini yaxshilashi uchun borini berib o'ynashini kutgandik. SHunday bo'ldi ham. O'yin oson bo'lmasligini bilardik, shu sababli qattiq tayyorlangandik. 

- "Olimpik" ko'plab vaziyatlar yaratdi, biroq bundan foydalana olmadi. Hujumchilaringizga etirozlar bormi?

- Albatta, etiroz bor. Ertaroq gol urishganida osonroq bo'lardi. 1:0 ham xavfli hisob. Uchrashuv yakunida "Turon" ham bosim uyushtirishi kerak edi. Ko'rganingizdek, standartlar orqali raqiblar bosim uyushtirdi. Qaysidir vaziyatda gol urib ketishi ham mumkin edi. Agarda biror vaziyat golga aylanganida 1:1 bo'lib qolardi va bundan afsuslanardik. Balki barcha vaziyatlar gol bo'laversa, o'yin qiziq ham o'tmasdi. 3 turdan buyon g'alaba qozona olmayotganimiz, undan tashqari, vaziyatlardan foydalana olmayotganimiz hujumchilarimizga bosim berayotgandi. Ushbu g'alabadan keyin forvardlarimiz yanada yaxshiroq o'ynashadi. 

- Balki bu o'zingizga ham ko'rinayotgandir. "Olimpik" o'tgan yilgidek emas. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz.

- Mavsum endi boshlanmoqda. Endi beshinchi o'yinimizni o'ynadik. Hali barchasi joy-joyiga tushadi. Bunga aminman. O'yin bo'yicha kamchiliklar borasida ishladik. Mag'lub bo'lgan o'yinlarimizda bir-ikki kichik epizod hal qildi. Menimcha o'yin bobida hech kimga yutqazmayapmiz. Bu erdagi asosiy vazifam - o'yinni shakllantirish va rivojlantirish. To'g'ri, osonroq, soddaroq o'ynasak ham bo'ladi. Yigitlar bilan kombinaciya bobida ko'p ishlyapmiz. O'z navbatida raqiblar ham xalaqit qilmoqda. "Andijon" bilan oson o'yin bo'lmadi, ular yaxshi himoyalanishdi. Jamoalar "Olimpik"ka endi boshqa ko'z bilan qaramoqda, boshqacha tayyorlanmoqda, bizning hujumlarni qaytarish uchun o'ynashmoqda. Bu esa bizga qiyinchiliklar tug'dirmoqda. Lekin bir tarafdan bu bizga foydali bo'lmoqda. Biz har bir o'yindan to'g'ri hulosa  chiqaryapmiz. Keyinchalik bunday uslubdagi boshqa jamoaga qarshi o'ynasak, boshqacharoq o'ynaymiz. Masalan etibor bergan bo'lsangiz, "Andijon"ga qaraganda "Turon" bilan yaxshiroq o'yin ko'rsatdik. "Turon" ham himoyada o'ynashi mumkinligi borasida o'ylagandik. Ularni qarshi hujumda ushlash uchun ko'p tayyorlandik. O'yindan o'yinga qo'shib boramiz. Bunga ishonaman. Xatto mag'lub bo'lganimizda ham xavotirlanmagandim. Mavsum yakunida biz o'zimizga kerakli o'rinda bo'lamiz. 

- Jasur Jaloliddinov kartochkalar bilan do'st bo'lib qoldi. Balki uning ruxiy holatida muammo bordir.

- O'shanda qizil kartochka olgani unga katta dars bo'ldi. Nafaqat unga, balki, boshqalarga ham namuna bo'ldi. Bunday vaziyatda futbolchi o'zini ushlashi kerak. Bundan keyin u boshqa bunday qilmasa kerak. Bugungi sariq kartochkasi esa - futboldagi bir epizod. Qachonki futbolchi ko'p gapirgani uchun yoki kimnidir urgani uchun kartochka olsa, unda gaplashsa bo'ladi. Futbolchi jamoa uchun harakat qilishi mumkin.  Xatto so'nggi umid foliga ham normal qarash kerak. Bu vaziyat uchun sariqqa hech qanday etirozim yo'q. Ikkinchisini olmadi-ku, keyin aqlli o'ynadi.

"Turon" jamoasiga omad tilayman. Baxtiyor Ashurmatov bunday holatdan chiqib ketadi. To'g'ri, jamoadagi ruxiy holat yaxshi emas. Birinchi mag'lubiyat unchalik tasir qilmasligi mumkin, biroq durang va keyingi mag'lubiyatlar ruxiyatga qattiq tasir qiladi. Baribir jamoa yaxshi. Bu vaziyatdan yigitlar bilan birga chiqish kerak. Mavsum endi boshlandi. Jamoaga navbatdagi o'yinlarda omad tilayman va keyinchalik o'zlariga kerakli natijalarni qo'lga kiritishadi.

- Bugungi o'yindan misol qilib, "Turon"ni mavsum yakunida qanday o'rinda ko'ryapsiz?

- Jamoadagi futbolchilarga ahamiyat beradigan bo'lsak, yaxshilar ko'p. Barchada bosim bor. Jamoadagi holat qandayligini bilmayman. Agarda jamoa bunday holatdan chiqib ketsa, 7-8-o'rinlarni oladi. Bunga ularning potenciali ham etadi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика