Timur Kapadze: "Ruhiy tomondan xotirjam edik"
07 mar 2016 12:20
Yangiliklar


Timur Kapadze: "Ruhiy tomondan xotirjam edik"
- CHempionatning dastlabki bahsi bo'lishiga qaramay o'yin keskin va murosasiz kurashlar ostida kechdi. Namanganda har qanday jamoaga ham o'ynash oson bo'lmagan. Bugun ham birinchi bo'limda qiyinchiliklarga duch kelib, o'z darvozamizdan to'p olib chiqishga majbur bo'ldik. SHunga qaramay yigitlar bilan oxirigacha kurashdik. Guvohi bo'lganingizdek uchrashuvning ikkinchi yarmida yaxshi o'ynab g'alabani qo'lga kiritdik. Fursatdan foydalanib, "Navbahor" jamoasiga omad tilayman, - deydi Kapadze.
- Raqib o'yini haqida nimalarni ayta olasiz?
- Namanganliklar uchun bugun imtihon o'yin bo'ldi. Negaki, biz chempionatga qadar ikkita o'yinda maydonga tushishga ulgurganligimiz sababli ruhiy tomondan biroz xotirjam edik. Nazarimda "Navbahor" futbolchilariga aynan shu xotirjamlik etishmadi deb o'ylayman. Bundan tashqari jamoa tarkibi endi shakllantirilmoqda. Yani tarkibda yangilar ko'p. O'ylashimcha jamoa o'yini turdan-turga kuchayib boradi.
"Navbahor" matbuot xizmati
O’xshash yangiliklar

Fikrlar