So’nggi yangiliklar

18:16"Манчестер Юнайтед" "Эвертон" футболчисини сотиб олиши мумкин  0 17:56Гюлерга "Реал"ни тарк этиб, "Интер"га ўтишни маслаҳат беришди  0 17:32"Барселона" "Байер" футболчисини сотиб олишни кўриб чиқмоқда  0 17:10А Серия гранди Доннаруммани қўлга киритмоқчи  0 16:46"Барса" ва "Ливерпуль" 18 ёшли ҳимоячига қизиқиш билдирмоқда  0 16:21Сречко Катанец: "Кеча ҳақиқий футбол кўрмадик, сабаби..."  54 16:19Breaking! "Барселона" Месси трансфери устида ишламоқда  4 15:54Кристиан Браузман: "Ўзбекистон билан оддий баҳс бўлмади, ўз ўйинимизни кўрсата олмадик"  9 15:31Кими Мерк: "Ўйлашимча, бизга футболчи етишмади"  8 15:08​"Арсенал" учун нохуш хабар  1 14:40"Барселона"нинг "Осасуна" билан ўйинни кечиктириш ҳақидаги апелляцияси бўйича қарор қабул қилинди. Учрашув қачон ўтказилади?  12 14:17ЖЧ саралашининг 7-тур якунлари. Япония вазифани бажарди, Эрон, Ўзбекистон ва Жанубий Корея мундиалга яқин  34 13:50АПЛда энг кўп сэйв қилган дарвозабон маълум. Унинг жамоаси энг кам гол ўтказиб юборди  0 13:22Хитойда фожиа: 18 ёшли футболчи бошидан жароҳат олиб вафот этди  1 12:55"2022 йилги ЖЧ шунчаки Мессига бериб юборилганини ҳамма билади" — Патрис Эвра  24

Timur Kapadze: "Penalti? Oxiri o'zim maydonga tushib penalti tepaman, shekilli" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Penalti? Oxiri o'zim maydonga tushib penalti tepaman, shekilli"

JCH saralashi doirasida Qirg'iz Respublikasi ustidan qozonilgan g'alabadan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze hamda o'yinning eng yaxshi futbolchisi Hojiakbar Alijonov matbuot anjumanida qatnashdi.

- Avvalo barcha hamyurtlarimizni Navro'z bayrami bilan tabriklayman. Bugun g'alaba qozondik. Balki ko'proq gol urib, yanada chiroyliroq g'alaba qozonsak bo'lardi. Biroq muhimi g'alaba edi. Balki ertaroq gol urib olganimizda hisob boshqacha bo'lardi. Raqiblar ham yaxshi himoyalandi. Endi biz keyingi o'yinga tayyorlanamiz.

Hojiakbar Alijonov: - Barchani g'alaba bilan tabriklayman. Bizni qo'llab-quvvatlagan barchaga rahmat. O'yin yaxshi o'tdi, biz istagandek o'tdi.

- Birinchi rasmiy o'yiningizdan nimalarni kutgandingiz? Bu o'yin oldidan Katanecdan ham yordam oldingizmi? Bugun Shomurodov past baho oldi. Bu haqda nima deya olasiz?

- Barchasi joyida. Yordamchilarim mening yordamchilarim, Katanecniki emas. O'yinga yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. O'yinda biz kutgandek o'zgarishlar bo'ldi. Qizil kartochkadan keyin esa ko'p narsalar o'zgarib ketdi. Raqiblar ham ochko uchun kurashishlarini bilardik. Biroq biz o'z uyimizda o'ynayotganimiz uchun ularga imkoniyat qoldirmay g'alaba qozonishimiz kerak edi. Balki raqiblar 11 kishi bo'lib qolganida bizga osonroq bo'lardi. Birinchi va ikkinchi bo'limda ham ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldik. Balki gollarni keyingi o'yinlarga olib qo'ygandirmiz, muhimi natijaga erishdik. 

- Turkmanistonga qarshi o'yinda orttirilgan jarohatdan keyin ko'p vaqt o'ynamadingiz, aslida shunga kim aybdor edi?

Hojiakbar Alijonov: - Bu ayb emas yoki kimningdir aybi emas. Turkmanistonga qarshi o'yindan keyin Eron bilan ham ikki taym o'ynaganman. Keyinchalik "Paxtakor"da ham o'yinlarda qatnashdim. Futbolda jarohatlar oddiy holat.

- Jaloliddin Masharipovning sariq kartochkasi bor edi. U bunga qadar ham shunday holatlarda sariq kartochka olgandi. O'z navbatida Eron chempionatida o'ynaydigan boshqa bir futbolchi Oston O'runov ham Eronda o'ynamaydi. Bu ikki asosiy futbolchisiz vaziyatdan qay tariqa chiqib ketmoqchisiz?

- O'zi yig'inga Aliqulov chaqirilgandi. U jarohat oldi. Keyin esa Oston O'runov keldi. U mashg'ulotda oyog'i og'rib qoldi. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. Biz ham bunday jarayonlarga tayyor bo'lishimiz kerak. O'ylaymiz, qaraymiz. Masharipov katta yo'qotish bo'ldi. O'yindan oldin ularga barchasi aytilgandi. Oldinda vaqtimiz bor, barchaning o'rnini to'ldirishga harakat qilamiz. Termaga chaqirilgan barcha futbolchilarga ishonch bildiramiz.

- Jahon chempionatiga bir qadam qoldi. Eron BAA termasini mag'lub qildi. Bizga 3 ochko ham etishi mumkin. Yigitlarning hozirgi kayfiyati qanday?

- Kayfiyat zo'r. So'nggi ikki kun juda ziq o'tdi. Ayrim yigitlar so'nggi pallalarda termaga etib kelishdi. Asosiysi g'alabaga erishdik va vazifaga yaqinlashdik. Hozirdan keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ryapmiz, chunki Eronda oson bo'lmaydi. U erda ham ochko olishga harakat qilamiz.

- O'yin davomida Shomurodov penaltidan foydalana olmadi. Negadir o'zbek futbolida so'nggi paytlarda penaltidan foydalanish muammo bo'lib kelmoqda. Bunga nima sabab deb o'ylaysiz?

- Bu muammo emas, ruhiy jarayon. Bugun penaltini yomon tepmadi. Darvozabonlar yaxshi harakat qilyapti. O'tkir Yusupov ham bizni necha marta penaltilardan qutqargan. Bunday individual holatlar bo'yicha gapirish qiyin. Eldorda bugun bosim yo'q edi, istalgan burchagiga tepsa bo'lardi. Balki urganimizda boshqacharoq bo'lardi. Umuman olganda, o'yinni yirik hisobda yutganimizda yaxshiroq bo'lardi. Asosiysi, bahs bizning nazorat ostida o'tdi. Balki gol urilganida ko'proq ursak bo'lardi. Oldinda o'ynadik va vaziyatni kutdik. Menimcha, raqiblarda birorta vaziyat bo'lmadi. 

- Eshitishimiz bo'yicha mart oyining o'zida termaga jahon chempionatini hal qilish vazifasi yuklanibdi. Ayrim legioner futbolchilar Eronga qarshi o'yindan keyin Toshkentga qaytib, bu holatni nishonlashga tayyorlanar ekan. Bu gaplar qanchalik rost?

- Bu haqda biz hech nima eshitmadik. Shunday bo'lsin. Eronni o'ylab tayyorgarlikni boshladik.

- Terma bugungi o'yinga qadar doimo 3 markaziy himoyachi bilan o'ynab kelayotgandi. Qizil kartochkadan keyin siz hujumkor futbolchini tushirsangiz bo'lardi, lekin siz uchlikni saqlab qoldingiz. Bu Eronga qarshi o'yindan oldin o'zgarish qilishni istamaganingizdan dalolatmi yoki raqibning qarshi hujumidan qo'rqdingizmi?

- Baribir himoyada ishonch bo'lishi kerak. Uchtalik himoyada barcha bir-birini nazorat qilib turadi. Agarda ikki markaziy himoyachi bilan o'ynaganimizda yarim himoyachilar orqaroq o'ynashi kerak bo'lardi. Balki keyingi o'yinlarda to'rt himoyachi bilan o'ynarmiz. Qaraymiz, yo'qotishlarga qarab ish tutamiz.

- Ikkinchi qavatda biz umuman yuta olmadik. Ko'plab burchak zarbalaridan samara chiqmadi. Bu borada qanday ishlar olib borilmoqda. Penalti masalasida ham savolim bor. Siz o'ynagan vaqtda Server Jeparov penalti tepardi. Yana bir savol bor: Odil Hamrobekovda to'pni olib qo'yish sifati yaxshi, Shukurovda esa zo'r pas berish. Biroq bugun markazdan paslarni ko'p ko'rmadik. Jaloliddin Masharipovni markazga olganingizdan keyin markazdan paslar ko'paydi.

- Odilda ham bunday paslar bor. 5 kishilik himoyada markazdan paslar o'tishi qiyin. Barcha futbolchilarim bundan ham ko'prog'ini qila oladi. Akmal Mozgovoyni ham bugun sinab ko'rdik. Barchani qarab, ishlab ko'ramiz. Bizda vaqt ko'p bo'lmadi. Eldor bir kun oldin keldi, standartlarga kelganida charchoq his qilib, mashg'ulotdan chiqib ketdi. Balki yanada zichroq o'yinchilarni joylashtirsak, raqiblarning paslari ham o'tmasligi mumkin.

- Eronga qarshi o'yin biz uchun hayot-momot jangi bo'ladi. Ushbu o'yinga syurprizlar tayyorlaganmisiz yoki shu o'zimizning sodda uslubda o'ynaymizmi?

- Bu sodda uslub emas. Hujumda ham o'ynasak bo'ladi. Ikki kun davomida ishlanmalar bo'ldi. Birinchi bo'limda yaxshi imkoniyatlarga ega bo'ldik. Masharipovning yo'qotilgani biz uchun boshog'riq bo'ladi. Natija uchun borimizni beramiz. Futbolchilar ham natija uchun o'zgarishlarga doimo tayyor bo'ladi.

- Bizda doimo penaltilar seriyasi yoki penaltilar bilan muammolar bo'lib kelgan. Bu bo'yicha ishlar olib borilyaptimi?

- Ha, etibor beryapmiz. Oxiri o'zim chiqib penalti tepaman, shekilli. Barcha futbolchilar mashg'ulotlardan keyin qo'shimcha ishlashyapti. Eldor boshqa burchakka ham tepishi mumkin edi. Yaxshi tepdi ham, darvozabon olib chiqdi. Buni kamroq muhokama qilish kerak deb o'ylayman.

- Bugungi o'yinda jamoamiz 24 zarba berib, 1 tagina gol urdi. Eronga qarshi o'yinda buncha zarba bera olmasligimiz mumkin.

- Yigitlar harakat qilishmoqda. To'pning dinamikasi ham yaxshi bo'ldi. Ertaga tiklanish, indinga esa tayyorgarlik bo'ladi va undan keyingi kun yo'lga chiqamiz. Bu holatlarni to'g'rilashga vaqt etsa, ishlaymiz. Bu o'yin bilan Eronni solishtirish noto'g'ri. Barchamiz Eronning qanday jamoa ekanligini bilamiz. "Ozodi"da o'ynash oson emas. Jamoada yo'qotishlar ham bor. Barchasiga qarab, ishlar yaxshi bo'lishiga harakat qilamiz.

- Murabbiy sifatida sizga havas qilish qiyin. Sizda terma bilan ishlash uchun vaqt etarli emas. Eron bilan o'yinga oz vaqt qoldi. O'FA sizga qadar murabbiylarga ko'p yig'inlar tashkil qilib berdi. Sizda hozircha bunday sharoitlar qilib berilganicha yo'q. Bunday holatdan chiqib ketish uchun nimalarni o'ylagansiz?

- Bir narsa deyish qiyin. Termani yig'ishga sharoit ham bo'lmadi. FIFA kunini kutdik va bu birdaniga rasmiy o'yinlarga to'g'ri keldi. Futbolchilar ham o'yinga yaqin etib kelishdi. Ko'plab futbolchilar yo'ldan kelgani uchun qattiq shug'ullana olmadik, faqatgina nazariy mashg'ulotlar orqali raqibni o'rgandik. Ikkitagina mashg'ulotda bog'lanmalar bo'yicha ishladik. Balki yana 2 kun bo'lganida yaxshiroq bo'larmidi. O'ylaymanki, bu o'yin biz uchun foydali bo'ldi. Qirg'iz Respublikasining qanday o'ynashini bilardik. Biroq Eron boshqacha o'ynaydi. Ularning o'yinlarini kesib, futbolchilarga ko'rsatishga harakat qilamiz. Terma jamoada shunday qiyinchiliklar bilan o'yinga etib keldik. G'alaba muborak! Bu orqali Jahon chempionatiga oz qoldi. Barchamizga Jahon chempionatiga borish nasib qilsin.

Reyting: +22   

Fikrlar

+11   
21 mar 01:27:25
Jenoa fc
NEGA jurnalistlarimizning saviyasi juda PAST??? Kapadze tarkibdagi barcha futbolchini bugun kurib turgani yuq vaqt oz demaslik va turli xil bahonalar paydo qilmaslik kerak... Kapadze terma bilan ishlagan unga konkret aytish kerak haqqimiz yuq ochko olishimiz kerak tarkibni optimallashtirish darkor demaysizlarmi "JURNALISTLAR" Masharipov bulmasa boshqasi UZBEKISTON degan vatan sha'ni uchun JCH chiqish shart. Maksimal barcha imkoniyatni ishga solish vaqti keldi bunaqangi yaqin kelmaganmiz JCH ga! Iltimos jurnalistlar konkret savol beringlar...
+11   
21 mar 01:24:42
Дильшод
Қайси калла билан Машарипов катта йўқотиш деяпти бу, Машарипов темпни секинлаштириб ўйинни ўлдирдику, Аббос ҳар сафар чарга ўтса нимадир содир қиляпти ўша крайда, бу Машарипов ё ёнга, ёки орқага тупни ташаш билан шуғулланди, жуда секин, тезлик ҳам, қарор қабул қилиши ҳам
+8   
21 mar 01:53:23
Ózga sayyoralik
Õyiningga S***Y senlarni asabni yedilaring. Shuyam õyinmi faqat pala partish behuda yugur yugur. Penaltiniku eplab tepolmaysanlar ee zzzz b***t penalti tepishni õrganinglar dabbalar
+8   
21 mar 01:40:22
Fc Milan20
Jahon chempionati yo'llanmasi uchun haqiqiy qirg'in ketyapti bollar. Hozirgina Iroq terma jamoasi ajoyib kambek qildi. Har bir jamoa jon olib, jon beryapti. O'yinlaring juda lanch. Bir kishi kam Qirg'iz Respublikasini bazo'r yuttinglar. Hali ham taqdir shu paytgacha O'zbekiston milliy terma jamoasiga bo'lgan noxaqliklarga qarzini qaytaryapti. Bunaqa omadlar hech qachon bo'lmagan. Darvozabonimiz ikki martalab penaltini qaytarsa, raqiblarimizga naqd uchta o'yinda qizil kartochka ko'rsatilsa, penaltini tepa olmasak ham to'p ustunga tegib kirib ketsa. Bular omad bo'lmay nima. Hayotda hakamlar O'zbekiston milliy terma jamoasi foydasiga qarorlar chiqarmagan. Esimni tanibmanki raqiblarimiz bizga qarshi bir kishi kam bo'lib o'ynamagan. Jahon chempionatini o'zi bizni istab yonimizga kelyapti. Ozgina harakat qilinglar. KXDR, Qirg'iz Respublikasi kabi raqiblarimizni bazo'r yutyapmiz. BAA, Qatar 3 talab, 5 talab urib tashlayapti. Bu nima avhol. Jahon chempionatiga chiqsak-chiqmasak Kapadzega rahmat aytib jo'natib yuborish kerak. Shomurodov, Xusanov, Fayzullayevlarga murabbiy bo'lib hech narsa bera olmaydi. Boshqa xorijlik katta nomni chaqirmasak, Parij-2024 takrorlanadi.
+8   
21 mar 01:26:56
Улугбек Юсупов
Агар ЖЧ га бир амаллаб чиксак бошка хориждан мураббий топиш керак. Темурга ешларни бериш керак тажриба ортирсин. Асосийга тортмайди Копадзе
+5   
21 mar 08:15:44
Xojakbar Xaitov
Улугбек Юсупов foydalanuvchining fikriga javob berish
Агар ЖЧ га бир амаллаб чиксак бошка хориждан мураббий топиш керак. Темурга ешларни бериш керак тажриба ортирсин. Асосийга тортмайди Копадзе
Манимчан хозирни узида янги мурабий топиш керак ух кейин кеч булиши аник
+4   
21 mar 07:01:00
Abdumalik Halimov
Качон биза шукур килишни урганмас экансиз, Аллох берганига рози булмас эканмиз кулимиздаги борини хам йукотиб юрвурамиз, болла Зур уйнади, негатив езвотганла хаммаси диванный эксперт
+4   
21 mar 04:52:38
ALI MOON
Афсус Катанец барибир бошқа даража экан яна ўзимизни деҳқонча футболга қайтибмиз аутсайдер устига 10 та футболчига қарши қийналиб урилган бир гол шу ҳам футболми
+4   
21 mar 04:31:43
Mahmud Ttww
Темур кет, санинг даражанг терма жамоага лойиқ эмас. Бизда таниш билишчилик қолмадида.
+4   
21 mar 04:30:28
Saxiy
Turkmanistonga qarshi uyindagi jaroxatingizga kim aybdormish savolni axvolini qarang? Bular xaliyam Katanesni ketini kovlashda davom etyaptimi deyman. U uyinga 2 yil bulgan bulsa, bularni savoliga na yiglashni bilasan, na kulishni.
+3   
21 mar 02:34:51
Bu shunchaki o'yin
Барчамиз Эроннинг қандай жамоа эканлигини биламиз. "Озоди"да ўйнаш осон эмас. Жамоада йўқотишлар ҳам бор.
--------------
Duxni berma Kapadze. Tarkib zo'r. Hech bulmaganda durang o'ynanglar. Oldin hatto bundan kuchsizroq tarkib bilan o'sha Ozodiysida Eronni yutganmiz ham
+3   
21 mar 02:33:07
Artur1801
Бугунги ғалабадан ҳеч ким хурсанд бўлмади. Сабаби мураббийдан тортиб ҳамма нарса ноль
+3   
21 mar 01:46:19
Fc Milan20
Eronga qarshi nima qila olamiz men hayronman. Masharipovni yo'qligi Eronga yo'qotish bo'ldi. Sababi Eronga qarshi birinchi raqam bilan o'ynamaymiz, qarshi hujumga tayanamiz. Masharipov Tailand, Qirg'iz Respublikasi, KXDR qarshi raqiblarimizga, ustunlik bilan o'ynaganimizda himoyani yorib o'tishda foydasi katta. Passlari ajoyib. Milliy terma jamoada eng ajoyib passga ega futbolchi. Lekin qarshi hujumlarda jamoani tormozi. Tezlik yo'q, qarshi hujumda o'ynash malakasi yo'q. Eronga qarshi Fayzullayev, Shomurodovni qanotga, Abduxoliqovni hujumga qo'yish kerak. Eldor qanotda o'ynasa, foydasi katta bo'ladi
+3   
21 mar 01:43:46
Arsenal_21_
Kapadze bilaman Eron bn ham şunday qörqoq öyin qilasan tak Tika yöq ur sol yiqit tinçkina Eron bn öyindan söng ketaqol.Jurnalistlarni özlariga öxşab savollari ham saviyasiz qisqasi şu jurnalistlar op keltirişdi Kapadze Akaxonlarini Katanesdi tegiga SUV quyişib
+3   
21 mar 01:30:10
Davronbek Abduvaliev
Навбатдаги тур Эрон қарши ўйнамасдан олдин, мағлубиятга учраб бўлибтику бу Копадзе. Қирғизстон дарвозасига зўрға битта гол, Эрон билан ўйинда мураббий бошчилигида болларни оёғи қалтирар эканда. Катанец даврида МТЖ, Эрон билан уч бор ўйнади, лекин хисобда ютқазмади. Бугунги ўйинга нима хам дер эдик, кейинги ўйинда МТЖ га оллохдан фақат ғалаба кутиб қоламиз. Ғалаба учун боллардан хам харакат керакда.
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика