So’nggi yangiliklar

00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  2 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  0 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  0 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2 23:10Миржалол Қосимов: "Иккинчи даврани ғалаба билан бошлашни мақсад қилгандик"  1 22:55"Истанбул Башакшехир" ўртоқлик ўйинида "Истанбулспор"ни минимал ҳисобда мағлуб этди, Шомуродов ва Файзуллаев баҳсда иштирок этди  10 22:49Улуғбек Бакаев: "Футболда шунақа: сен урмасанг, сенга уришади"  6 22:20Manchester Evening News журналисти "Ман Сити"нинг Ҳусанов бўйича режаларини хабар қилди  5 21:58Суперлига. "Пахтакор" "Машъал" устидан минимал ғалабага эришди  37 21:55Суперлига. ОКМК Қаршида "Бухоро"дан устун келди   16 21:35Тадич янги клубга ўтди  0 21:05"Бавария" футболчиси Лондон клубига ўтади  1 19:53"Ливерпуль" келаси мавсум учун либосларини тақдим этди  12 19:27Сюрприз! Балотелли Испаниянинг 3-дивизион клубига ўтиш арафасида  4 18:34Исак "Ливерпул"га ўтишни истамоқда, "Ньюкасл" эса қарши  6

Timur Kapadze: "O'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz sari oxirigacha harakat qildik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "O'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz sari oxirigacha harakat qildik"

Osiyo Kubogi chorak finalidan o'rin olgan dramatik bahsdan so'ng vakillarimiz bosh murabbiyi Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov fikrlari bilan o'rtoqlashishdi.

- Qizil kartochka o'yinga qanday darajada tasir qildi? (savol ham murabbiy, ham futbolchiga)

"Avvalambor, xalqimizni g'alaba bilan taqdirlayman. Ular bizni oxirigacha qo'llashdi. Qizil kartochka kutilmagan holat bo'ldi. Erta 10 kishi bo'lib qolganimiz katta qiyinchilik tug'dirdi. SHunday bo'lsa ham yigitlar ruhan sinib qolishmadi, buning uchun ularga rahmat. Asosiysi, g'alaba qozondik", – dedi Kapadze.

"Murabbiyimning gaplariga qo'shilgan holda shuni aytamanki, bugun stadionda til bilan tariflashga ojiz atmosferani ko'rdik. Xuddi Evropa CHempionlar Ligasiga o'ynagandek bo'ldik. Qizil kartochka katta tasir o'tkazdi. Bu bizni qanday kuchli ekanimizni ko'rsatishga sabab bo'ldi. SHunday o'yinlar orqali katta tajriba olamiz. Yana bir bor bizni ajoyib qo'llab-quvvatlab turgan tomoshabinlarga tashakkur aytamiz", – dedi Jaloliddinov.

- Yarim finalda qaysi jamoa tushishini xohlaysiz?

- Yaponiya ham, Janubiy Koreya ham kuchli. Lekin bu taqdirga bog'liq. Kim kuchli bo'lsa, o'sha bilan to'qnash kelamiz. Ikkala jamoaga ham omad tilab qolaman. 

- Arab o'yinini oldindan bilamiz. Yigitlar bilan avvalroq bunga tayyorgarlik ko'rilmaganmidi?

- Bu borada futbolchilarga tushuntirish ishlari olib boriladi. Lekin hammada har xil ruhiyat, psixologiya bor. Ular maydonga jangovor ruhda tushishadi. O'sha vaziyatda darvozabonimizning o'zi bizning foydamizga qo'pollik ishlab olishi mumkin edi. Bu biz uchun katta saboq bo'ldi. 

- Nematovning qizil kartochka olgani keyingi o'yinda biz uchun qanchalik katta yo'qotish?

- U jamoamizdagi etakchi futbolchilardan biri. Uning tajribasi kattaligini inobatga olsak, bu biz uchun katta yo'qotish bo'ladi. Futbolda jamoada 23 o'yinchi bo'ladi. Keyingi uchrashuvda zaxira darvozabonimiz bilan kerakli natijaga erishishga harakat qilamiz. 

- Birinchi goldan keyin va hisob tenglashtirilgan vaqt orasidagi reakciyangizni tasvirlab bersangiz ...

- Qizil kartochka sabab 1 kishi kam bo'lib, qiyin vaziyatga tushib qoldik. Yigitlarga ishonar edim. 11 kishi bo'lganimizda, bu o'yinda osonroq g'alaba qozongan bo'lar edik. O'z oldimizga qo'ygan maqsadimiz sari oxirigacha harakat qildik va haqli g'alabaga erishdik deb o'ylayman. 

- O'yingacha bo'lgan mashg'ulot jarayonida ekstra taym va penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rilganmidi?

– Albatta, kecha mashg'ulot davomida penaltilar seriyasini mashq qilgan edik. Bungacha shogirdlarimga har qanday vaziyatga tushib qolishimiz mumkinligi, barchasiga tayyor bo'lishimiz kerakligi haqida aytib o'tganman. To'g'ri, erta qizil kartochka olganimiz ozroq hayajonga solgan bo'lsa ham, bunday vaziyatlarga tayyorlangan edik. 

Reyting: +60   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика