So’nggi yangiliklar

14:39Инсайд тасдиқланди: Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Тошкентда Қозоғистон билан беллашади  0 14:14Расман: Серж Орье Остон Ўруновнинг жамоадоши бўлди  1 14:00Суперлига. Ёзги трансферлар барчаси битта саҳифада   39 13:52"Фенербахче" "Барселона" собиқ ҳимоячиси билан шартнома имзолайди  0 13:27Эрон матбуоти: Машарипов Суперкубокда ўйнай олади  3 13:06Гёкереш "Арсенал"да дебют қилмасиданоқ рекорд қўйди  2 12:34"Зенит" собиқ футболчиси: "Файзуллаев ўйнамоқчи"  3 12:06Далот МЮ Мбеумо ва Кунья билан шартнома имзолаганидан хурсанд, чунки у энди уларга қарши ўйнашга мажбур эмас  0 11:39МЮ АПЛ ва Бундеслига юлдузлари билан ҳужумни кучайтирмоқчи  1 11:15Ўзбекистон U-17 терма жамоаси Англия билан ўйнайди!  6 10:54"Челси" 19 ёшли футболчининг трансфери учун 43 миллион сарфлайди  1 10:23"Қўқон-1912" футболчиси Ироқ клуби билан шартнома имзолади  2 09:58Ўртоқлик учрашуви. МЮ АҚШда йирик ҳисобда ғалаба қозонди  3 09:27Нима? "Ал Насср" Россия чемпионатида тўп сураётган футболчига 70 миллион евро бермоқчи  7 08:58Пролига. "Олимпик" 7 нафар футболчи билан шартнома имзолади  1

Timur Kapadze - Ortga qaytgan futbolchilar, Fayzullaev va Husanov hamda "Nasaf" bilan o'yin haqida Yangiliklar

Timur Kapadze - Ortga qaytgan futbolchilar, Fayzullaev va Husanov hamda "Nasaf" bilan o'yin haqida

Qishki transferlar vaqtida "Olimpik" jamoasi tarkibida o'zgarishlar yuz bermoqda.

Jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze bir necha kundan so'ng start oladigan Superliga bahslari va O'zbekiston olimpiya terma jamoasining Qatardagi Osiyo chempionatiga tayyorgarligi haqida fikrlarini bildirib o'tdi. "Olimpik" ustozi yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonlari bilan ham o'rtoqlashdi. 

- Umuman olganda nafaqat biz, balki Superliganing barcha jamoalari xorijda yig'in olib boryapti. Birinchidan sharoit tomonlama, mashg'ulotlar, kuchli raqiblar bilan o'yinlar uchun bu qulay bo'ldi. Ikkinchidan tiklanish va yuklamalar uchun ham kerak edi. Muhimi tarkibimizda jarohatlanganlar yo'q. Qaerdadir kamchiliklarimiz bo'ldi. Asosiysi sog'-salomat qaytishdi. Oldinda og'ir mavsum kutmoqda. 

- Imkoniyatimizdan foydalanib olimpiya terma jamoasiga nomzod futbolchilarni ham ko'rib oldik. Taktik, amaliy tomonlama mashg'ulotlar o'tkazdik. SHu bilan FIFA kunlarida ko'rishamiz. Birinchi yig'inimiz 18 mart kuni boshlanadi. Hozir 2-3ta variantlarni ko'rib chiqyapmiz. Rejada o'rtoqlik uchrashuvlari bor. Kelib bitta tur o'tkazib, Osiyo chempionatiga tayyorgarlikning so'nggi bosqichiga kirishamiz. So'nggi bir haftalik yig'inni BAAda o'tkazishni rejalashtiryapmiz. O'sha paytda barcha yaxshi formada bo'lishi muhim. Legionerlar qachon etib kelishadi, bu muammo ham bor. O'ylaymanki, buni ijobiy hal qilamiz. Oldimizda yuqori maqsad turibdi. 

- Abbos Fayzullaev va Abduqodir Husanov kabi futbolchilarimiz borligidan faxrlanamiz. Ular yordam bera olmasa afsuslanarli bo'ladi albatta. O'FA tomonlama ham, boshqa taraflama ham buni hal qilishga harakat qilamiz. Bu futbolchilarni jalb qilishda muammo yuzaga kelish ehtimoli bor. O'ylaymanki, hammasi joyda bo'ladi. 

- Timur Mamasidiqov va Abdurauf Bo'rievni ijaraga oldik. Ularni qo'yib yuborish niyatim bor edi. Yaxshi taklif qilsa, o'ynasa qo'yib yubormoqchi edik. Lekin rahbariyat bilan gaplashib hozirgi kunda biz bilan bo'lgani yaxshi, degan qarorga keldik. Oldimizda turnir bor. Deyarli klubi bilan bo'lmaydi. SHartnoma tuzishdi va bizga ijaraga berishdi.  

- Birinchi yoki ikkinchi tur oson raqib bo'lmaydi. Nasib qilgani bo'ladi. "Nasaf" kabi kuchli jamoa bilan o'ynashimiz men uchun juda yaxshi. O'zimizning o'yinimiz, kamchiliklarimizni ko'rib olish imkoniyati bor. "Nasaf"ning OCHLdagi o'yinlari, tarkibdagi yangi futbolchilarini kuzatamiz. SHunga yarasha tayyorgarlik ko'ramiz. 

- Tarkib borasida katta yo'qotishlar yo'q. Jasur Jaloliddinovning ketishiga normal qaradik. Yangi futbolchilarni ko'rib chiqyapmiz. Tayyor futbolchini olish bizning falsafamizga kirmaydi. Ularni yana ko'rib chiqamiz. Mening vazifam ularni yanada yaxshi holatga olib chiqish. 

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика