So’nggi yangiliklar

14:53Футбол бозорида янги давр: "Барселона" Ямаль учун мисли кўрилмаган таклиф олди!  0 14:26Ўзбекистон футзал терма жамоаси Ислом бирдамлик ўйинлари олдидан йиғин ташкил этади  0 13:58"Реал" Ҳоланд учун ҳаракатни бошлади  2 13:31Марсело Бьелса: "Рақиб жамоада Фабио Каннаваро каби юқори малакали мураббий бошчилик қилаётгани биз учун синов"  5 13:05"Қишки тозалаш": "Арсенал" 3 нафар футболчиси билан хайрлашади  0 12:36Ўзбекистон - Уругвай. Тахминий таркибимиз  17 12:30"Бунёдкор"нинг италиялик таҳлилчиси: "Каннаваро – ривожланиш учун улкан имконият"  2 12:11"Арсенал" собиқ футболчиси "Лутон Таун"ни бошқаради  0 11:43"Ал Аҳли" Педро трансфери борасида музокараларни бошлади  0 11:17Netflix Чемпионлар Лигаси ҳуқуқларини сотиб олмоқчи  0 10:40Златан Ибрагимович: "Айримлар бир-икки мавсум ярқ этиб кўринади-ю, сўнг йўқолиб кетади, Модрич эса 20 йилдан буён юқори даражада ўйнамоқда"  8 10:10Манба: "Барселона" Маркус Рэшфордни "Манчестер Юнайтед"дан тўлиқ сотиб олади  1 09:40Хави: "Барселона"га керак бўлган янги футболчи — Холанд  6 09:10Гана терма жамоаси Жаҳон чемпионатига йўл олди  4 08:40Уругвай билан охирги тўқнашувда таркибимизда кимлар ўйнаган?  5

Timur Kapadze: "Olimpiadaga eng kuchlilar va munosiblar borishi lozim" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Olimpiadaga eng kuchlilar va munosiblar borishi lozim"

Superliganing 6-turning qoldirilgan uchrashuvi doirasidagi "Dinamo" - "Olimpik" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Timur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.


- O'yin haqida...

- SHogirdlarimni g'alaba bilan tabriklayman. Qiyin uchrashuv bo'ldi. Terma jamoadagi o'yinlardan so'ng chempionat uchrashuvlariga qaytish qiyinchiliklar tug'diradi. SHunga qaramay, boshqa yigitlarga ham imkon berdik. Bugun o'yin taraflama ham g'alabaga haqli edik. SHu bois, o'yin so'ngida gol urish nasib etdi. Endi keyingi o'yinga tayyorgarlik ko'ramiz. CHunki, bizda ketma-ket 6 ta o'yin bor. "Dinamo"ga omad tilayman. Jamoa doimo yaxshi o'yin ko'rsatadi, tayyorgarlik jarayonidan jamoani ham o'rganib chiqdik. Samarqandliklar to'p nazorati, hujum qilish borasida yaxshi natijalarga erishmoqda. Biz ham yaxshi tayyorgarlik ko'ra oldik, ularga imkon bermadik. Jamoaga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

- O'yin sizning iltimosingiz bilan qoldirildi. Bu nima bilan bog'liq edi?

- Olimpiadada yarim jamoa "Olimpik"dan edi. Kelganimizdan so'ng tadbirlar bor edi. Ikki kun ichida o'yin o'tkaza olmasdik. Biz terma jamoa sharafini himoya qilish uchun borgandik. Buni barcha to'g'ri tushundi, deb o'ylayman. Futbolchilarimizning bazilari Mali bilan o'yinda ham ishtirok etishdi. SHuning uchun ularni zaxirada qoldirdim va boshqalarga imkon berdim. Bir turnirdan keliboq, ikki kundan so'ng maydonga tushish mantiqqa to'g'ri kelmaydi.

- Odilov va Bo'rievning zaxiradan maydonga tushishi o'yinni kuchaytirdi. Mish-mishlarga qaraganda, ular boshqa jamoaga o'tishi kutilmoqda. "Olimpik" missiyani bajardi va endi jamoaning taqdiri qanday bo'ladi?

- Eng avvalo, jamoa yil oxirigacha to'liq tarkibda bo'lishi aniq. Keyinchalik nima bo'lishini vaqt ko'rsatadi. Hozir kelasi Olimpiada uchun ham jamoa tuzilgan. Barchasi rahbariyatning qaroriga bog'liq. Futbolchilarga o'tgan mavsum ham, mavsum boshida ham takliflar bo'lgan. Yaxshi takliflar bo'lsa, ularni qo'yib yuboramiz. Ular missiyani bajardi. Boshqa yigitlar bor va biz selekciyaga etibor qaratamiz. 

- Olimpiadaga qisqa vaqt qoldi. Tarkibni aniqlab olganmisiz? 

- Olimpiadada 18 nafar futbolchi ishtirok etadi. Bu holatda qisqarish bo'lgan, shuningdek, yoshi kattalar ham bor. Men barcha futbolchilarni kuzatyapman. Biz Olimpiadaga kuchli jamoa bo'lib borishimiz kerak. Olimpiadaga eng kuchli va munosiblar borishi lozim. Buni barcha to'g'ri tushunishimiz kerak. Hozir aniq javob berishga qiynalaman. Eng asosiysi, barcha salomat bo'lsin. Hali oldinda vaqt bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика