So’nggi yangiliklar

22:00Суперлига. Жиззахдаги драмада "Андижон" "Хоразм" устидан иродали ғалабага эришди  46 21:24Криштиану Роналду шартнома узайтирилгани ҳақида: "Менинг амбицияларим тугамайди"  3 20:59U21 биринчилиги. Пешқадамлар баҳсида дуранг, "Сўғдиёна", "Андижон", "Машъал"дан камбэк ва бошқа натижалар  1 20:17"Окленд" 1 млн долларни футболчилар ҳамда ходимлар ўртасида тақсимламоқчи  1 19:53"Ливерпуль" собиқ футболчиси Лаллана фаолиятини тугатиб, мураббийликка ўтди  3 19:30Шомуродов тавсияси билан Сурхондарё вилояти футбол академиясига спорт директори тайинланди  6 18:47Расман: Роналду "Ал Насср"да қолди!  11 18:37"Бухоро" мураббийи регламентни бузди, "Динамо" VAR машинаси турган жойда хавфсизликни таъминлай олмади, "Навбаҳор" ўйин давомида тўпларни яшириб қўйди — Лига комиссарлари билдиргиси  11 18:10Сиқилма меҳмондир танангда бу жон ҳам... Ўзбекистон кубогида нималар бўлмоқда?   10 17:50Расман: "Арсенал" ёш футболчиси билан шартномани узайтирди  0 17:35"Эшитдик-да"нинг инсайди тасдиқланди: Исмоилов "Нефтчи"да!  19 17:23"Футбол олами". Хайр, "Нефтчи". Хайр, ОКМК   2 17:05Суперлига. 14-тур дисквалификациялари: "Сўғдиёна", "Навбаҳор" ва "Сурхон"да йўқотишлар бор  1 16:42"Ницца" "Манчестер Сити" ҳимоячисини ижарага олди  0 16:20Расман: "Ливерпуль" ҳимоячи трансферини эълон қилди  7

Timur Kapadze: "Neftchi"ga qarshi katta kuch bilan oldinga borishning foydasi yo'q edi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Neftchi"ga qarshi katta kuch bilan oldinga borishning foydasi yo'q edi"

Pro-liganing 10-turidan o'rin olgan "Olimpik" - "Neftchi" (3:0) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Temur Kapadze matbuot anjumanida ishtirok etdi.




O'yin haqida

- Albatta kam sonli bo'lsa ham jamoamiz muxlislarini bugungi g'alaba bilan tabriklayman. Bugun yigitlar yaxshi o'yin ko'rsatishdi. O'tgan uchrashuvdan so'ng bir oz kayfiyatim yo'qroq edi. Kamchiliklarni ko'rib chiqib bu o'yinga munosib tayyorgarlik ko'rdik. Bugun ko'rsatgan o'yinimiz bo'yicha g'alabaga haqli edik deb o'ylayman.

- O'tgan o'yindagi mag'lubiyatga sabab sifatida Ukrainada tashkil etilgan turnirni sabab qilib ko'rsatish mumkinmi?

- Yo'q, bu erda adaptaciya, yani moslashishning o'rni muhim. U erdagi va Toshkentdagi ob-havoda farq bor. SHaxsiy fikrim, ob-havoga moslashish tasir qildi. "Dinamo" ham yaxshi kurashdi deb o'ylayman. Aytib o'tganimdek, har bir o'yin yigitlarga tajriba bo'lmoqda.

- "Lokomotiv"da jamoani qiyin vaziyatda boshqaruvni olgandingiz. O'shanda ham bugungi kabi himoyaga etibor qaratib sifatli uzatmalar asosida o'yin tashkil etgandingiz...


- Bilasizmi, o'yin uslubi raqibga bog'liq. "Neftchi" uzun paslar evaziga o'yin tashkil etmoqda. Bunaqa holatda pressing tashkillaganni foydasi yo'q. Biz vaziyatlarni kutdik va tezkor qarshi hujumga o'tdik. Issiq ob-havoda kuchni to'g'ri taqsimlashni o'rni muhim.

- "Olimpik" birinchi bo'limda ikkinchi raqamli bo'lib o'ynadi. Taktik ko'rsatma shunday edimi?


- Yo'q, aytib o'tganimdek katta kuch bilan oldinga borishning foydasi yo'q edi. Biz vaziyatni kutdik, raqibning har bir uzatmasiga tayyor turdik.

- 9-raqamli futbolchida uzatma berishni hohlamayotgandek ko'rindi. Bazi vaziyatlarda u vaziyatlardan foydalana olmadi...


- Temur Mamasidiqov o'yindan-o'yinga o'sib bormoqda. U bugun ham yaxshi o'ynadi, kerak vaziyatda uzatma ham berdi. Bu yosh futbolchilarda kuzatiladigan xolat. Raqib posboni ham ko'plab vaziyatlarda zarbalarni qaytardi. O'tgan o'yinda gol urgandi. Ishlashda davom etamiz, yosh futbolchilarimiz bu kabi o'yinlarda tajriba to'plab borishadi.


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика