Timur Kapadze Navbahorga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi
01 iyu 2024 12:19
Yangiliklar
Timur Kapadze Navbahorga o'tishi borasidagi mish-mishlarga izoh berdi
O'zbekiston olimpiya terma jamoasi ustozi Timur Kapadze Navbahorga o'tishi haqidagi mish-mishga izoh berdi.
«Hozircha hech bir jamoa bilan muzokara olib bormayapman. Oldimizda katta musobaqa turibdi, maqsadim — terma jamoamizni Parijda bo'lib o'tadigan musobaqaga yaxshi tayyorlash. Hozirda boshqa narsalarni o'ylashga vaqt ham yo'q», — deb fikr bildirdi Timur Kapadze.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi "C" guruhida Ispaniya, Misr hamda Dominikan Respublikasi termalariga qarshi o'ynaydi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar