So’nggi yangiliklar

09:48Лионель Месси фаолиятини Англияда давом эттириши мумкин  0 09:20"Каттақўрғон" яна бир тажрибали футболчи билан шартнома имзолади  1 08:53Грузиялик футболчи фаолиятини "Сурхон"да давом эттиришга яқин  2 08:26Пўлатхўжа Холдорхонов фаолиятини водийда давом эттиради  4 07:58Грузия терма жамоасининг собиқ футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  9 07:30Эрон ОАВ. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  11 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  25 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  4 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6

Timur Kapadze: "Muxlislarning noroziligini tushunaman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Muxlislarning noroziligini tushunaman"

Kuni kecha Timur Kapadze O'zbekiston terma jamoasiga vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangani haqida xabar chiqqandi.

Biz Timur Tohirovichga murojaat qilib uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Birinchi navbatda murabbiylar shtabini tuzishim kerak. Undan keyin mart oyida bo'ladigan Senegal va Marokash bilan o'rtoqlik uchrashuvlari uchun futbolchilarning kengaytirilgan ro'yxatini taqdim etishim kerak.

Terma jamoaga vaqtinchalik bosh murabbiy bo'lganim elon qilinganidan so'ng muxlislar tomonidan etirozlar bo'ldi. Bu holatda muxlislar norozilik bildirishgani tushunaman, lekin bu men uchun ham kutilmagan va qanday masuliyatli lavozim bo'lganini bilaman.

Meni chaqirib shu lavozimni vaqtinchalik senga topshirishni maqul ko'rdik, deyishganda, men ham o'z fikrimni bildirib, boshqa murabbiyni qo'yishlarini aytdim. CHunki, bizda bunga loyiq murabbiylarimiz bor deganimda, hozirgi kunda Superliga jamoalaridan murabbiylarni MTJga vaqtinchalik taklif qilish to'g'ri bo'lmasligini aytishdi. Ular o'z jamoalarini chempionatga yaxshi tayyorlab, bor etiborlarini o'z klublariga qaratishishlarini maqul ko'rdik. Senga kelsak, hozirda shu uchta o'yinga o'zing MTJni tayyorlaysan va keyinchalik xorijlik mutaxassis kelganidan so'ng, o'zing unga maslahatchi, yordamchi murabbiy bo'lib qaysi futbolchi nimalarga qodirligini, qaysi ampluada harakatlanishini tushuntirib yordam berasan. Va albata yonida yurib o'zing ham malakangni oshirasan. Keyinchalik bu yaxshi mutaxassis bo'lishingda yordam bo'ladi, deyishdi.

Menga omad tilagan holda ishni boshlashimni aytishdi. Menga ishonib, shunday masuliyatli lavozimga munosib ko'rishganligi uchun o'z navbatida O'FF prezidenti Ramatov Achilbay Jumaniyazovichga va birinchi vice-prezident Umid Ahmadjonovga minnatdorchilik bildiraman.

Nasib qilsa qo'limdan kelganicha terma jamoamiz manfaati uchun jonimni berib ishlayman. Menga berilgan ishonchni oqlashga harakat qilaman. Men uchun milliy terma jamoamiz har doim barcha narsadan ustun turgan. O'zbek futboliga har taraflama toza, pok,  yaxshi xizmat qilishda davom etaman. Milliy terma jamoaga kimlarni jalb qilganimni kengaytirilgan tarkib chiqqanidan so'ng bilib olasizlar, - deydi O'zbekiston terma jamoasi vaqtinchalik bosh murabbiyi Timur Kapadze.



Jahongir Sotvoldiev suhbatlashdi

Reyting: +123   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика