So’nggi yangiliklar

12:03Роҳатижон  0 11:48Париж клуби "Барселона" футболчисига кўз тикди  1 11:20Breaking! Сон "Тоттенхэм"ни тарк этишини эълон қилди: "Ҳаётимдаги энг қийин қарорлардан бири". Ҳужумчи АҚШга йўл олиши мумкин  2 10:42Милнер янги мавсумда Жотанинг хотираси учун янги рақамда ҳаракат қилади  1 10:13"Ал Ҳилол" "Ливерпуль" футболчиси учун курашда етакчилик қилмоқда  2 09:44Бир қатор спорт юлдузлари Франция жамоасининг инвесторларига айланишди  0 09:15АПЛнинг кўплаб жамоаларидан қизиқиш бўлаётган Шешко келажаги борасида бир қарорга келди  0 08:46"Ал Насср" яна бир португалиялик ТОП футболчига таклиф билан чиқди  1 08:17Максим Шацких: “Ёзги йиғиндан ва селекциядан кўнглим тўлди”  5 07:45Суперлига. Бугун дахшат учрашувлар бор  19 07:20Суперлига. "Пахтакор" сафарда "Машъал" устидан ғалаба қозонди, ОКМК эса "Бухоро"ни мағлуб этди  0 00:4437 ёшли Куадрадонинг янги клуби маълум  4 00:11Вирц "Ливерпул"да қайси рақамни олди?  3 23:42Отабек Нарзуллаев: "Менга ёққан томони - футболчиларимиз охиригача курашди"  4 23:22Камолиддин Тожиев: "Танаффусдан кейин тезда тонусга тушиб олиш осон эмас"  2

Timur Kapadze: "Muxlislarning ishonchi bizga katta kuch bermoqda" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Muxlislarning ishonchi bizga katta kuch bermoqda"

U-23 Osiyo Kubogi O'zbekiston – Iroq uchrashuvi oldidan vakillarimiz ustozi Timur Kapadze va jamoa sardori Jasur Jaloliddinov matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Guruh o'yinlari o'ziga yarasha qiyin o'yin o'tdi. Birinchi uchrashuv murakkab kechdi. Ikkinchi bahsda Qatar ustidan qozonilgan yirik g'alaba ham osonlikcha qo'lga kiritilmadi, yigitlar astoydil kurashishdi. Eron bilan munosib o'ynadik. CHorak finalga jiddiy tayyorgarlik ko'rdik. Musobaqada oson jamoaning o'zi yo'q. Ertaga ham yaxshi bellashuv bo'lishi shubhasiz", – dedi Timur Kapadze. 

"Murabbiyimiz aytganidek, kuchli jamoalar yig'ilgan. Iroq ham oson raqib emas. Biz shunga yarasha munosib hozirlik ko'ramiz", – dedi Jasur Jaloliddinov.

- Raqiblar o'yindan o'yinga kuchayib bormoqda. Jamoa Iroq bilan bahsga va keyingi ehtimoliy raqib (Januboy Koreya yoki Yaponiya) bilan uchrashuvga qanchalik tayyor?

 - Albatta, har bir jamoani hurmat qilamiz. Yaponiiya va Janubiy Koreya o'ziga yarasha kuchli. Bizning jamoamiz ham kuchli. Hozir faqat Iroq bilan o'yin haqida o'ylayapmiz. 

- Siz bu bosqichgacha hech qaysi jamoaga mag'lub bo'lmadingiz. Nima deb o'ylaysiz, O'zbekiston chempionlikka erisha oladimi?

- Biz etiborimizni Iroq bilan uchrashuvga qaratganmiz. Albatta, maqsadimiz  – chempionlikka erishish.

- Jasur Jaloliddinovga savol. Ko'rib turganingizdek, muxlislar jamoangizga 100 foiz ishonmoqda. Jamoa chempion bo'lish yo'lida bosim his qilyaptimi?

- Faqat g'alaba kerak. Aks holda ularning kayfiyati yaxshi bo'lmaydi. Hozir finalni o'ylaydigan payt emas. Diqqat-etiborni yo'qotsak, bu bizga qimmatga tushishi mumkin. 

"Biz buni his qilyapmiz. Aksincha, muxlislarning ishonchi bu bizga katta kuch bermoqda", – deya qo'shimcha qildi Timur Kapadze.

- Iroq haqida nima deya olasiz?

- Iroq xoh milliy terma jamoa bo'lsin, xoh yoshlar termasi bo'lsin, har doim kurashuvchan va iqtidorli futbolchilarni o'zida jamlagan, kuchli terma jamoa bo'lgan. Hammasi maydonda hal bo'ladi. 

- CHorak final bitta o'yindan iborat. Jamoangizning jismoniy holati, kuchi 90 daqiqadan keyinga ham etadimi?

- 90 daqiqadan keyin ham o'yin bo'lishi mumkin. Futbolchilar har tomonlama tayyor. 

- Jasur Jaloliddinovga savol. O'zbek futbolida ko'p afsonalar etishtirib chiqqan. Hozirgi avlod shunday darajaga etisha oladimi?

- Hammasi o'z qo'limizda. Mehnat qilishdan to'xtamasligimiz kerak. Bu haqida gapirishning mavridi emas, endi 20 yoshdamiz. Endigina 20 yoshdamiz. Hali oldinda juda ko'p yo'lni bosib o'tishimiz lozim.

- Jasur Jaloliddinovga savol. Jamoa sardori sifatida jamoani qanday ruhlantira olasiz?

- Birinchi navbatda bizni jamoa bosh murabbiyi ruhlantiradi. Men ustozimizga ko'maklashaman. Bevosita maydonda qo'llab-quvvatlashga harakat qilaman.

Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика