Timur Kapadze - "Lokomotiv" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi
30 noy 2018 09:11
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/465060_original.jpg)
![](/upload/storage/465060_220.jpg)
Timur Kapadze - "Lokomotiv" yoshlar jamoasi bosh murabbiyi
Ayni damda "Lokomotiv"da yordamchi murabbiy bo'lib ishlayotgan Timur Kapadze "Lokomotiv"ning yoshlar jamoasi bosh murabbiyi bo'ldi.
1981 yilning 5 sentyabr kunida Farg'ona viloyatida dunyoga kelgan Timur Toxirovich o'z vaqtida milliy termamizning asosiy futbolchisi bo'ldi. O'zining yorqin o'yinlari tufayli muxlislar etiboriga tushgan murabbiy o'tgan yili faoliyatini aynan "Lokomotiv"da yakunlagandi. Faoliyati davomida u 12 marta O'zbekiston chempioni va 10 marta mamlakat kubogi sohibi bo'lgan.
Murabbiylik sohasidagi kichik faoliyatida O'zbekiston milliy termasini vaqtincha boshqargani ham alohida taxsinga loyiq.
SHularni etiborga olgan holda klub rahbariyati Temur Toxirovichga "Lokomotiv"ning yoshlar tarkibini ishonib topshirdi. U jamoani 1 dekabrdan qabul qilib oladi va keyingi mavsumga tayyorlaydi.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar