So’nggi yangiliklar

16:35Расман: Шуҳрат Муҳаммадиев "Локомотив"га қайтди  0 16:21Инсайд тасдиқланди: Озарбайжон клуби Раҳмоналиевни сотиб олди  1 16:01Расман: "Челси"га янги бош мураббий тайинланди  2 15:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-23 Осиё Кубоги 1-тур ўйинига тайинлов олди  0 15:27Аббос Отахонов: “Иложи борича юқори ўринлар учун курашамиз”  1 15:05"Насаф" легионер футболчиси билан хайрлашди  6 14:49"Хоразм" машғулотлари Championat.asia объективида  0 14:30Равшан Ҳайдаров: "Ёш таркиб билан иштирок этишимизга қарамай, мен жамоамизга ишонаман"  5 14:10"Хоразм" Тошкентда тайёрланмоқда  2 13:42"Манчестер Юнайтед" бош мураббий лавозими учун асосий номзодларни белгилаб олди  8 13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  3 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  2 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  4 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  4

Timur Kapadze: "Jasur Jaloliddinovning ayni paytdagi holatidan havotirdaman" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Jasur Jaloliddinovning ayni paytdagi holatidan havotirdaman"

O'zbekiston yoshlar terma jamoasi hamda "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi Timur Kapadze "Sport vaqti" ko'rsatuvida mehmon bo'ldi.

Murabbiy efir davomida yoshlar terma jamoasining yig'inlari haqida fikr bildirish bilan birga Jasur Jaloliddinov mavzusiga ham to'xtalib o'tdi.

"Albatta hozirda uning holatidan havotirdaman. Jasur Jaloliddinov "Bunyodkor"da asosiy tarkibda o'ynayotgan edi. Gaplashib turibmiz. Milliy jamoaga ham chaqirilayotgandi. "Lokomotiv" Moskva jamoasiga yo'l olganidan bir tomondan xursand ham bo'ldik. Lekin qanday kelishuv bo'lgan, nima qilingan aniq bilmayman. Jamoada o'yin amaliyoti berilmagani, ijaraga boshqa klubga o'tgani bilan deyarli to'rt oydan beri o'ynagani yo'q. Bu albatta tashvishlanarli. Keyinchalik nima yuz berishini ham bilmaymiz. Ushbu holat bolaning o'sishiga tasir qiladi. Ayniqsa mazkur yoshda zaxirada o'tirishi havotirli. To'g'ri mashg'ulotlar orqali sport formasini ushlab turishi mumkin. Biroq rasmiy o'yin umuman boshqa narsa. O'yindagi jarayon va vaziyat mashg'ulotda bo'lmasligi mumkin. SHu tomondan havotir bor",- deydi Timur Kapadze "Sport vaqti" ko'rsatuvida.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика