So’nggi yangiliklar

23:29"Реал" "Ливерпуль" марказий ҳимоячисини текинга қўлга киритмоқчи  0 22:57"Атлетик" "Ал Насср" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 22:32УЕФА 2026/27 мавсумидаги еврокубоклар финаллари ўтадиган стадионларни эълон қилди  0 22:16Отабек Нарзуллаев: "Бу мавсум давомидаги энг муҳим учрашувлардан бири бўлди"  0 21:45Элдор Мойлиев: "Футболда ютган жамоага юқори баҳо қўйилади"  0 21:18"Бунёдкор" стадионини ўз ҳолатига қайтариш ишлари бошланди  19 20:49Рональдиньонинг ўғли Чемпионшип жамоасида ўйнайди  4 20:22Суперлига. "Машъал" Ғузорда "Шўртан"дан устун келди  7 19:53Виктор Гёкереш – Португалия чемпионатида мавсумнинг энг яхши футболчиси  0 19:24"Арсенал" икки етакчиси билан шартномани узайтирмоқчи  3 18:55Испания терма жамоаси бош мураббийи: "Ле Норман – Европанинг энг яхши ҳимоячиларидан бири"  1 18:24"Бавария" 14 ёшли Ямаль билан шартнома имзоламоқчи бўлган  2 17:56"Челси"га Англия футбол ассоциацияси томонидан 74 та айблов қўйилди  3 17:22Вадим Абрамов: "Андижон" Азмиддинов қизил карточка олгани учун биз билан ҳозир ўйнашга рози бўлмади"  21 16:52ЖЧ-2026 фаворитлари айтилди. Ўзбекистон қайси ўринда?  32

Timur Kapadze: "Hujumchilarimizga juda ko'p savollarim bor" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hujumchilarimizga juda ko'p savollarim bor"

Coca Cola Superliganing 11-turi doirasidagi "Olimpik" - "Neftchi" uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze matbuot anjumanida qatnashdi.




O'yin haqida

- "Neftchi" bilan oson bo'lmasligi aniq edi. Yaxshi o'yin bo'ldi. Birinchi taymda temp unchalik ham yuqori bo'lmadi. Birinchi taymda biroz dim havo edi. SHu sabab ham shiddat biroz pastroq edi. Ikkinchi bo'lim qiziqarli o'tdi. Menimcha, durang adolatli natija bo'ldi. Ikki jamoada ham imkoniyat bo'ldi. O'yin golga qadar edi. Ikki jamoa ham durangga rozi bo'lsa kerak.

- "Olimpik"dagi raqobat o'tgan mavsumdagidek emas. Zaxiradan tushib, o'yinni kuchaytiradigan futbolchilar deyarli yo'q. Bu narsa sizga qiyinchilik tug'dirmayaptimi?

- Rotaciya bo'lmoqda. Ayniqsa, hujum chizig'ida. Hujum chizig'iga savollarim ko'p. Raqobat o'tgan yili kuchliroq edi, to'g'ri. Bu yil yoshlar ko'p jamoada. Sababi shunda. Biroq, shu yoshlar ham ancha kuchaydi. Bugun zaxiradan maydonga tushgan o'yinchilar ham ancha yaxshi harakat qilishdi.  Rotaciya bo'lyapti, bu muammo emas. 

- Bazi o'yinchilar yoshlar futbolidan chiqib keta olmayotgandek ko'rinmoqda. Kerakmas joylarda aldashga harakat qilib, jamoaviy o'yinga putur etkazayotgandek, nazarimda...

- Bu narsa yo'q emas. Bugun ham shunday epizodlar bo'ldi. Vaziyatlardan foydalansak bo'lardi. Qaerdadir shoshilishdi, qaerdadir tajriba etishmadi. Bu vaziyatni albatta ko'rib chiqamiz, keyingi o'yinlarda vaziyatlardan foydalanishga harakat qilamiz.

- Oxirgi 15 daqiqada "Olimpik" juda bo'sh harakat qildi. Bunga sabab nima edi? CHarchoqmi?

- O'yinning oxirgi 5 daqiqasi bizning nazoratimizda bo'ldi. "Neftchi"ning zaxira o'rindig'i bizdan ancha kuchli. Hoshimov, Diyorjon Turopov, To'xtasinovlar maydonga tushishgandan keyin albatta "Neftchi" o'yini kuchaydi. Ular asosiy tarkib futbolchilari sanalishadi. Oxirida xatto gol urishimiz ham mumkin edi. "Neftchi" oddiy jamoa emas. Vaziyatni nazorat qildik, ammo vaziyatlar va boshqa jihatlarni hisobga olsak, durang adolatli bo'ldi. 

- Demak, hujum chizig'i o'sishi kerak?

- Ha, menda hujumchilarimizga juda ko'p savollarim bor. Qaror qabul qilish, ochilish borasida muammolar bo'lmoqda. Balki, shunchaki tajrib etmayotgandir. O'tgan yili hujumchilarimiz yaxshiroq harakat qilishgandi. Hujumchi ko'p vaqt gol urmasa, bosim ham oshib boradi.

 - Bugun "Olimpik" bir ochkoga ega bo'ldimi yoki ikki ochko yo'qotdimi?

- Albatta, uch ochko olmoqchi edik. O'yinga qarasak, durang adolatli bo'ldi. 

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика