So’nggi yangiliklar

17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  1 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  2 16:43"Олтин тўп"нинг 2 карра соҳиби оғир касалликка чалинди  5 16:18"Андижон"да сербиялик мураббий иш бошлади  1 15:57Эдди Хау МЮда ишлаши ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди  0 15:30Расман: "Навбаҳор" Абдураҳмонов трансферини эълон қилди  1 15:02"Металлург" катта футболга қайтиш арафасида  13 14:41Бугунги ўйинлар: "Арсенал" — "Ливерпуль", Франция Суперкубоги ва бошқалар  0 14:19"Сурхон" Февзи Давлетов ва Алексей Николаев билан ҳамкорлик якунланганини эълон қилди  5 14:00Балотелли фаолиятини БААда давом эттиради  0 13:32"Андижон" ҳужумчиси Озарбайжонга йўл олди  2 13:05"Локомотив" Чехия Кубоги финалчиси билан ўйнайди  1 12:38Расман: Шерзод Эсанов "Бухоро" футболчисига айланди  10 12:20МТЖ 5 майдан йиғин ўтказади ва Суперлиганинг етакчи клубларига қарши ўртоқлик ўйинларида қатнашади  4 11:58​"Пахтакор" Риаскос, Абдихолиқов ва яна 4 нафар футболчи билан хайрлашганини маълум қилди  11

Timur Kapadze: "Hamma jamoani hurmat qilamiz, lekin hech bir raqibdan qo'rqmaymiz" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Hamma jamoani hurmat qilamiz, lekin hech bir raqibdan qo'rqmaymiz"

Kecha Coca Cola Superliga 2022 bahslari uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Birinchi turda «Olimpik» «Surxon»ga qarshi maydonga tushadi. Qura tashlash marosimi va turnir haqida jamoa bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirdi. 

"Menimcha, qura ancha yaxshi o'tdi. Birinchi bahsda kimga qarshi maydonga tushishimizni kutayotgan edik. Umuman olganda, birinchi turlarda hamma jamoalarning imkoniyatlari teng bo'ladi deb o'ylayman. 

Har bir uchrashuv qiziq va qiyin bo'lishi aniq. «Olimpik» jamoasi Superligada debyut qiladi va bu bizga katta tajriba bo'ladi deb o'ylayman. Bu uchrashuvlar orqali oldimizga qo'ygan vazifamizni uddalaymiz. Birinchi turda «Surxon» bilan tushdik. Umuman olganda, kimga qarshi maydonga tushishimizni ahamiyati yo'q. CHunki hamma bilan qaysidir turda to'qnash kelishimiz aniq. Musobaqani uyda boshlashimiz esa yaxshi deb o'ylayman. 

Biz autsayder bo'lib qolmaymiz deb o'ylayman. CHunki tayyorgarligimiz ancha yaxshi o'tmoqda. Biz o'z o'yinimizni ko'rsatamiz. Bolalar ham bunga tayyor. Hamma jamoani hurmat qilamiz, lekin hech bir raqibdan qo'rqmaymiz. Barchasi maydonda hal bo'ladi. Biz barchasiga tayyormiz", - dedi Timur Kapadze.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика