So’nggi yangiliklar

21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  0 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  3 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  1 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  17 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2 16:05"Навбаҳор", "Пахтакор" собиқ футболчиси Вячеслав Понамарёв ҳозир қаерда?  9 15:39"Раҳмоналиевни "Рубин"га Леонид Слуцкий таклиф қилган". Умаралининг агенти унинг "Рубин"га ўтиши ва адаптацияси ҳақида  1

Timur Kapadze: "Farg'onalik muxlislarga katta rahmat" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Farg'onalik muxlislarga katta rahmat"

Coca Cola Superligasi 24-turi doirasida "Neftchi" ustidan qozonilgan g'alabadan keyin "Olimpik" bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlarini bildirib o'tdi.


- Jamoamizni g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarim yaxshi o'yin ko'rsatishdi, ular g'alabaga haqli edi deb hisoblayman. Bu bizga kerakli uch ochko edi. CHunki jamoada bosim bor edi. O'yin oson bo'lmadi. "Neftchi" ham kuchli jamoaligini bilgan holda tayyorlandik. G'alabadan xursandman. "Neftchi" ham tajribali jamoa, yaxshi o'yin ko'rsatishadi. Bu futbol, balki, penaltidan gol urilganida, o'yin boshqacharoq ketardi. Ammo biz birinchi bo'limdanoq yaxshi o'yin namoyish qildik. Biz uchun bunday o'yinlar katta ishonch beradi.

- "Olimpik"ning asosiy figuralari - Abdurauf Bo'riev hamda Jasur Jaloliddinov. Agarda ular o'yinda qatnashmaydigan bo'lishsa, Sizda qanday variantlar bo'ladi?

- Bugun Bo'riev o'ynamadi. Uning o'rnida bo'lgan futbolchilar esa vazifalarini bajara olishdi. Ha, qaerdadir kamchiliklar bo'ldi, nimalardir o'xshamadi. Bazi holatlarda "Neftchi" imkoniyat bermadi. Jasur individual kuchli futbolchi, qaysidir epizodlarda yaxshiroq harakat qiladi. Lekin bizda jamoaviylik asosiy o'rinda turadi. Turli xil vaziyatlarga tushib qolsak, ularning o'rniga tushadigan futbolchilar ham bemalol o'ynab keta oladi.

- Birinchi bo'limda jamoa kuchli pressing qildi. Lekin yakuniy zarbalar ko'ngildagidek bo'lmadi.

- O'yinni nazorat qilib, vaziyatlar yaratishga harakat qildik. "Neftchi" ham oson jamoa emas, 5-3-2 taktikasida o'ynaydigan raqib himoyasini yorib o'tish istalgan jamoaga qiyinchilik tug'diradi. Raqiblarning himoyada ko'pchilik bo'lganligi sababli hujumda ishlarimiz doim ham o'xshamadi. SHukurki, bir epizodimizdan gol urdik, bundan xursandmiz. Birinchi bo'limda ham imkoniyatlarimiz, zarbalarimiz bo'ldi, lekin noaniq o'ynadik. Biroq asosiysi - g'alaba.

- "Olimpik" jamoasidan kelajakda nimalarni tasavvur qilsak bo'ladi?

- Ushbu jamoa nima sababdan tashkil qilinganligini yaxshi bilsangiz kerak. Futbolchilarga katta o'yin amaliyoti, tajriba berish uchun tuzgandik. Uch yil oldin tuzilgan jamoada har yili o'zgarishlar bo'ldi. Ayrim etakchilar boshqa jamoalarga o'tishdi, bu yil ham o'zgarishlar bo'ldi. Jasur va Ibrohimni hisobga olmasa, boshqa futbolchilar o'z jamoalarida deyarli o'yin amaliyotiga ega bo'lmayotgandi. Ularni o'stirishga harakat qildik. Terma jamoa uchun ham ko'pchilik bo'lgani yaxshi. "Olimpik" o'tgan uch yilda ushbu vazifani bajara oldi. Jamoada ko'zga ko'ringan futbolchilar ayni damda Superliganing bir qancha jamoalarida o'ynashmoqda. Bundan xursandman. Termaga ham eng kuchli futbolchilarni chaqiramiz. Jamoadagi keyingi yil rejalarini esa keyinchalik qaraymiz. CHunki aprel oyida bizda rasmiy turnirimiz bor. Nasib bo'lsa, Olimpiada ham bo'ladi. Rejalarni mavsum yakunida rahbariyat bilan tuzib chiqamiz.

- Savolim Superligadagi saviyasiz hakamlik xaqida. Hakamlar markazi tuzilganda barcha futbol jamoatchiligi xursand bo'ldi. Lekin natija salbiy tomonda. Har bir turdagi xatoliklardan keyin muxlislar tomonidan hakamlikka bo'lgan ishonch qolmadi. SHu haqida fikringiz bo'lsa, izox bersangiz, yaxshi bo'lardi.

- "Andijon" yoki "Neftchi" jamoalarining hakamlarga bo'layotgan etirozlari bir kunlik narsa emas. Bu yillar davomida yig'ilib kelayotgan holat. Albatta, agarda hakamlik darajasi oshsa, bundan hamma yutadi. Murabbiy sifatida biz ham har kuni shug'ullanamiz, rejalar tuzamiz, yuklamalar olamiz. Biroq o'yinga tushganda ayrim vaziyatlarda hakam xato qilib, shuning ortidan mag'lub bo'lsak, bu alam qiladigan holat bo'lib qoladi. SHu sababli hakamlarning saviyasini oshirish kerak. Balki ularga o'rgatib, nazorat qilib turadigan chet eldan kimnidir olib kelish kerakdir. Buni o'ylash kerak, saviyani ko'tarmasak bo'lmaydi. Hakamlar neytral odam, ular bor narsani ko'rishi kerak. Maydonda ularning xato qilishiga xaqqi yo'q deb hisoblayman. Hakamlar ham aytishdi, bizning xato haqida gapirishadi deb. Ammo bundan jamoa jabr ko'radi. Balki ularning tajribasi etmayotgandir, balki o'yin dinamikasini ko'tara olmayotgandir. Ularni ham nazorat qiladiganlar bor, hakamlar ham yig'inlar o'tkazishadi, xatolarini o'rganib chiqishadi. Yaxshi hakamlarimiz ham bor. Ularning darajasini oshirish uchun chetga yuborish, balki, o'zimizda sharoitlarni kuchaytirish kerakdir. Bu haqida nafaqat men, associaciyadagilar ham hakamlik saviyasini oshirish borasida o'ylamoqda. CHunki hakamlarning saviyasi past bo'lsa, jamoalar o'sa olmay qolishi ham mumkin. Xorij chempionatlarini kuzatib boramiz, ularda ham xatoliklar bor, ammo yaxshi saviyada o'yinlarni boshqarishadi. Bazida follar bo'lsa, VARda ko'rib ham penalti bermaydi. CHunki o'yinlarning traktovkasi boshqacha bo'ladi. Hakamlar buni bilishlari yoki nazoratchilar doimo tushuntirib borishlari kerak. Aslida barcha uchun qoidalar bir xil, ammo hakamlar bir vaziyatga turlicha qarashadi. Umuman olganda hakamlik yomon emas. Yosh hakamlarga katta etibor berilmoqda. Bugungi hakam ham yaxshi ishladi. Bir tomondan olib qarasangiz, hozir Superligada ishlayotgan hakamlarning katta qismi o'tgan yil yoshlar ligalarida ishlashayotgandi. Hakamlikning saviyasini oshira olishadi. SHunday bo'lsa doimo xursand bo'lardim. Bazida mag'lubiyatlarni tushuntirayotganda, hakam sabab yutqazdikmi yoki o'zimiz aybdormi, bilmay ham qolyapman. Bu esa ishlashda qiyinchilik tug'diradi. Osiyo o'yinlarida Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaganda ham ko'rdik, baribir bir tomonga yonbosish bo'lib turadi. Umuman olganda yuiz hakamlik faktoridan ham ustun bo'lishimiz kerak. Xatolar, yonbosishlarga qaramasdan, yutishimiz kerak. Hakamlar xato qildimi bu bir tomonga foyda, ikkinchi tomonga esa zarar bo'lib xizmat qiladi. Zararning oqibatlari esa yomon bo'lishi mumkin.

- Ikkita savolim bor: Rossiya chempionatida Abbosbek Fayzullaev haqida nima deysiz? Farg'onalik murabbiy sifatida bugun muxlislar Sizning jamoangizni olqishlab kuzatib qo'ydi.

- Abbos faqatgina meni emas, butun o'zbek futbolini xursand qilyapti. Yaxshi darajada o'ynamoqda, jamoaning asosiy tarkib futbolchisi sifatida etakchilardan biri bo'lib oldi. Uyda dadam ham uning o'yinlarini xursand bo'lib tomosha qilyaptilar. Rossiyadagi ekspertlar bilan ham gaplashib turibmiz, ular ham Abbosbekning o'yinlaridan hayron. Bunday gavdasi bilan to'p uchun kurashlarda ham, boshqa holatlarda ham yaxshi o'yin ko'rsatmoqda. SHu orqali u jamoasining natijalariga katta hissa qo'shmoqda. SHunday legionerlar O'zbekistonning reputaciyasini ko'tarmoqda. Buni bilgan holda futbolchilar ham yaxshi o'ynashmoqda. Abbosbekda Evropaning kuchli chempionatlaridan birida o'ynashga etarli iqtidori bor. 

Bugun muxlislar jamoalarini etarli darajada qo'llab turishdi. Bugungi olqishlashdan keyin biz ham xursand bo'ldik. "Neftchi"ni muxlislari nafaqat o'zlarining jamoalari, futbolni yaxshi ko'rishadi. Balki o'yinimiz bilan, balki harakatlarimiz bilan ularning mexrini qozondik. Ularga katta rahmat aytaman. "Neftchi" jamoasi ham muxlislarini katta g'alabalar bilan xursand qilishlarini tilab qolaman.

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика