So’nggi yangiliklar

15:00Ибороҳимҳалил Юлдошев: "Қайрат" жамоаси мени илиқ кутиб олди ва жамоага яхши киришиб кетдим. Корея ва Япония терма жамоалари Осиё кубогида фаворит"  0 14:58Нагельсманн "немис машинаси" билан шартномани узайтирди  0 14:32Футзал бўйича ФИФА Жаҳон чемпионати-2024 мезбон шаҳарлари эълон қилинди  7 14:15Ўзбекистон клублари нега доим футболчилардан қарз бўлаверади? Камолиддин Мурзоев билан интервью  3 14:07Ўзбекистонлик ҳакам футзал бўйича Осиё Кубоги 2-турига тайинланди  0 13:51"Бавария" ҳимоячиси ёзда жамоани тарк этишни истамаяпти  0 13:25"Барселона" ярим ҳимоячиси билан шартномани узайтирмоқчи  0 12:57"Реал" вингери "Барселона"га қарши ўйинни ўтказиб юбориши мумкин  4 12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  1 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  10 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  4 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  5 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  9 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  15 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6

Timur Kapadze: "Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik va haqqoniy g'alabaga erishdik" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik va haqqoniy g'alabaga erishdik"

Superligaga o'tish uchun o'tkazilgan "Olimpik" – "Mashal" (3:1) uchrashuvidan so'ng mezbonlar bosh murabbiyi Timur Kapadze o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- O'yin haqida

- Birinchi navbatda, barchani g'alaba bilan tabriklayman. Yigitlarga o'yin uchun rahmat aytaman. Klubda shtat bo'yicha mehnat qilayotgan barcha insonlarga minnatdorchilik bildiraman. Bu natija uchun ancha vaqt ish olib bordik, mehnat qildik, shuningdek, o'sishga erishdik. Bu oxirgi o'yin edi, bir yil davomida bajarilgan ishni qaysi nuqtada to'xtatishimizni ko'rsatib berardi.

Bizga qaraganda "Mashal"ga qiyin bo'lgani aniq. CHunki biz chiqa olmaganizda ham tajriba to'plab, bu yo'lda davom etardik. "Mashal" har qanday jamoaga muammo tug'dira oladigan kuchli klub. Kam gol o'tkazadi va yirik hisobda mag'lub bo'lishi qiyin. 

Biz o'yindan oldin "Mashal"ni o'rganib chiqdik va shunga qarab tayyorgarlik ko'rdik. Ko'rdinglar, biz butun o'yin davomida ustunlikka ega bo'ldik va haqqoniy g'alabaga erishdik. Bu mehnatlarimiz samarasi va bizga qo'shimcha kuch beradi.

Bu – futbol, hujumda o'ynab ham gol o'tkazish mumkin. 0:1 hisobida yutqazayotgan edik, lekin o'yinni o'z tomonimizga bura oldik. Hammani yana bir bor tabriklayman va yigitlarga rahmat aytaman. Ishlashda davom etamiz. 

- Klub Superliga talablariga qay darajada tayyor deb hisoblaysiz?

- To'g'ri, Superliga talablari bor. Biz ham boshqalarga o'xshagan jamoamiz. Oldimizda olimpiada bor, biz bunga harakat qilishimiz kerak. Talablar bo'yicha klub rahbariyati harakat qiladi, albatta. Meni vazifam yigitlarni o'sishlariga ko'maklashish. Ko'rdinglar, bir yilda shu yosh yigitlar qanchalik o'sishga erishishdi. SHu yigitlar o'sishga erishsa, terma jamoalarimiz uchun foydali bo'ladi. 

Bilasizmi, klublarda barcha sharoitlar mavjud bo'lganida, "Olimpik" kerak ham bo'lmasdi. Jamoamiz shu sababdan tashkil qilindi. Yigitlar vaqtida ovqatlanadi, o'z vaqtida mashg'ulotlarni olib boradi va hokazo. Biz vaqtdan yutish maqsadida "Olimpik"ni tashkil qilganmiz. Ozmi-ko'pmi, bu yigitlar anchayin o'sdi. Bu terma jamoaga nomzodlar soni ko'payayotganidan dalolat beradi. Bizda ish davom etaveradi, balki yangi futbolchilarni ham taklif qilishimiz mumkin. Bizni oldimizdagi maqsad aniq, shu yo'lda ishlashda davom etamiz.

- "Olimpik" juda yaxshi o'yin uslubiga ega, chiroyli futbol namoyish etmoqda. Superligada ochko jamg'arish uchun o'yin uslubini o'zgartirib yubormaysizmi?

- Futbol shunaqa, himoyalanishni, pressing qilishni va hujum tashkillashni bilish kerak. Bu o'yinimiz o'zgaradi degani emas. Biz har doim himoyada raqib hujumidan kelib chiqib o'ynaymiz. Biz yigitlarni aniq bir o'yin uslubiga moslaganimiz yo'q. "Mashal" bilan o'yin misolida ko'rdingiz, birdaniga qaror chiqara bilish kerak. Oldindan biron uslubni rejalashtirish futbolda qiyin, jarayonda har xil vaziyat bo'ladi. Agar raqib sizni o'rganib chiqsa, o'sha bir xil uslubingiz befoyda bo'ladi. Biz yigitlarni o'yinga qarab, aqlan rivojlantiramiz. O'yinni raqibning harakatidan kelib chiqib tashkillaymiz. Bu – jamoamning katta yutug'i. Superligada ishtirok etish va kuchli jamoalarga qarshi o'ynash biz uchun ham qiziq.

- Futbolda bir jamoa tuzish uchun kamida 3 yil kerak deyishadi. Lekin siz bir yilda ham kuchli jamoa tuzsa bo'lishini isbotladingiz. Umuman, shu haqda fikringiz qanday?

- Bu futbolda uchrab turadigan holat. Jamoaga yangi murabbiy kelsa, unga vaqt zarur bo'ladi. Men oldin ham qaerda ishlagan bo'lsam, tezda jamoa o'yiniga qo'sha oldim. Bu murabbiyning o'ziga ham bog'liq. Yigitlar bilan til topishishni, ular bilan munosabatni yo'lga qo'ya bilish kerak. Kimdir aytadi, vaqt kerak, ular bizning uslubga tushmayapti va hokazo. Bunday vaqt xorijdan kelgan murabbiylarga kerak. Ular futbolchilarni va mentalitetni tushunib olishlariga qanchadir vaqt talab etiladi. Biz shu erdamiz va yigitlarni yaxshi bilamiz. Bir vaqtlar "Lokomotiv"da "bu futbolchilarni 90% almashtirish kerak" degan gap bo'lgandi. Keyin men kelganimdan so'ng hammasi yaxshi bo'pqolganmish. Bu murabbiyga bog'liq holat.

- Superligada maqsad kuchli uchlikka kirish bo'ladimi?

- Maqsadimiz – har bir o'yinda raqib kim bo'lishidan qati nazar o'zimizga kerakli natijaga erishish. Hozir ozgina dam olaylik, yigitlar nafas olsin. Superligada aniq ishtirok etamizmi, shunga qarab vazifa qo'yamiz. Jamomizni o'sishi uchun har doim maqsad va natija zarur bo'ladi. 

- Jamoangizdagi yigitlarga xaridor chiqayotgani aniq. Kelasi yili jamoangizni ayrim futbolchilar tark etishi jarayoniga qanday qaraysiz?

- Bugunga qadar futbolchilarni so'rab turishibdi. Superligaga chiqsak, bu boshqa holat. Agar chiqmasak, Superliga jamoasidan takliflar bo'lsa, ko'rib chiqamiz degan javobni berdim. Men uchun ularning yanada o'sgani yaxshi. Biz ham endi Superligada o'ynaymiz. Yigitlar qaerda o'ssa, top-klubda o'ynasa, men bunga qarshi emasman.

- Olimpiada o'yinlari Superliga taqvimiga tasir ko'rsatishidan xavotirda emasmisiz?

- To'g'ri, bu jarayon ham bor. Albatta, har bir turnirda maksimal natijaga erishishga harakat qilamiz. Biz muxlislar oldidagi ishonchni oqlashimiz, tiklashimiz kerak. Buni o'rganib chiqamiz, O'zPFL ham bizga yordam beradi deb o'ylayman. "Olimpik" meni yoki boshqasini jamoasi emas. Bu hammniki bo'lgan jamoa. Terma jamoamizga, futbolimizga foydasi tegadigan yutuq. Jamoaning xalqaro maydondagi har bir g'alabasi O'zbekistonimiz uchun yutuq bo'ladi. Bu yo'lda hamfikr bo'lsak, albatta, bizga qiyin bo'lmaydi.

- Kelasi mavsumda olimpiya terma jamoasiga nomzod bo'lgan Jaloliddinov, Erkinov kabi futbolchilarni tarkibga jalb etish rejasi bormi?

- Albatta, Superligada ko'p bizning futbolchilar o'ynashmoqda. Agar o'z klubida yaxshi o'ynayotgan bo'lsa, ularni jalb qilishni nima keragi bor? Albatta, ko'rib chiqamiz, zarur futbolchilarni olamiz. Qaerdan futbolchi olsak, o'sha klub bilan bamaslahat ish qilamiz. Masalan, "Paxtakor"da asosiy tarkibda o'ynayotgan bo'lsa, nega biz uni olib kelishimiz kerak? Bizga futbolchi qaerda o'ssa, shu foydali bo'ladi. Uning o'rniga boshqa futbolchini tayyorlash mumkin. Baribir terma jamoa yig'inida ularni ham chaqiramiz. O'yin amaliyotidan qolib ketayotgan futbolchi yoshlar bo'lsa, albatta, biz ularni jalb qilamiz. 

- Pro-liganing joriy mavsumiga bergan bahongiz qanday?

- Albatta, tashkilotchilik uchun rahmat aytaman. Pro-ligada ishtirok etmagandim, tanishib oldim. Maydonlar borasida ishlash kerak. Buni to'g'rilasak, albatta, bundan o'zbek futboli yutadi. Futbolchilarda fikrlash o'sadi, tezroq futbol o'ynaydi. Bazi jamoalarda "tep-tep" futbol o'ynalsa, murabbiylar uzatmalarni amalga oshirishni so'rashadi. Sifatsiz maydonda qanday uzatmalarga asosan futbol o'ynash mumkin? Maydonlarni to'g'rilasak, futbolimiz va qarashlarimiz o'zgaradi. Umuman aytganda, Pro-liga qiziqarli o'tdi, kurash va intriga yuqori bo'ldi. Hozir ham Pro-ligaga tushgan jamoalar keyingi yilga aniq vazifa bilan turibdi. 3 ta Superliga jamoasi bu ligaga o'ziga yarasha daraja beradi.

Reyting: +13   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика