So’nggi yangiliklar

11:16"Бавария", ПСЖ ва АПЛ клублари Меньян ва Теога қизиқишмоқда  0 10:50“Ливерпуль” ва “Арсенал” 80 миллион евролик футболчи учун курашмоқда  0 10:30Жанубий Кореяни уйига жўнатган Индонезия ОТЖ ким бошқараётганини биласизми? (Мутолаа учун)   1 10:13«Манчестер Юнайтед» ходимлардан пул тежашни яна бир йўлини топди  2 09:46«Фейеноорд» устози «Ливерпул»нинг қизиқиши ҳақида фикр билдирди  0 09:19Хави «Барселона»да қолиши маълум бўлганидан сўнг нималар деди?  5 08:54«Кальяри» Шомуродовни олиб қолмоқчи. «Рома» эса терма жамоамиз сардорига нарх белгилади  11 08:30Анчелотти «Олтин тўп»га ким лойиқлиги ҳақида фикр билдирди  22 08:04Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-тур якунланади ва 3-тур бошланади  3 07:38Футзал. Бугун Эронга қарши финал йўлланмаси учун баҳс олиб борамиз  5 07:15U-23 Осиё кубоги. Қатар - Япония 2:4  0 07:12Реванш олиш вақти келди. Бугун Ўзбекистон ОТЖ Саудия Арабистонига қарши майдонга тушади  36 07:10U-23 Осиё кубоги. Жанубий Корея - Индонезия 2:2 (пенальтилар 10:11)  3 07:05Серия А. "Удинезе" - "Рома" 1:2  0 07:00АПЛ. "Брайтон" - "Манчестер Сити" 0:4  0

Timur Kapadze: "Bunday o'yinlar orqali bosimni engib o'tishni o'rganish kerak" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bunday o'yinlar orqali bosimni engib o'tishni o'rganish kerak"

Bugundan etiboran poytaxtimizda 2022 yilgi U-23 Osiyo chempionatiga saralash bosqichining "D" guruh uchrashuvlariga start berildi.

Ilk turdan o'rin olgan Saudiya Arabistoni - O'zbekiston (2:2) uchrashuvidan so'ng O'zbekiston U-21 terma jamoasi bosh murabbiyi Timur Kapadze fikrlari bilan o'rtoqlashdi. 


"Birinchi navbatda yaxshi o'yin bo'ldi. Ikki jamoa yomon o'yin ko'rsatmadi, deb o'ylayman. Yigitlar yaxshi harakat qilidi.  Saudiya Arabistoning har tomonlama munosib raqibligini bilar edik. Qaerdadir xatolar va kamchiliklar bo'ldi. Qaysidir manoda bu narsa kerak edi. Ularning ustida ishlab navbatdagi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz",- deydi Timur Kapadze. 

- Ayrim pallalarda futbolchilarga tezkorlik va agressivlik etishmagandek ko'rindi...

- Raqib jamoa ham qarshilik ko'rsatdi. Ikki jamoada ham qarshi hujumlarda imkoniyat yuzaga keldi. CHunki bo'shliqlar yuzaga kelganida tezlikni ishga solish kerak bo'ladi. Jamoaviy hujumda tezlik ikkinchi planga, o'yinni tashkil qilish asosiy planga chiqadi. Ayrim vaziyatlarda futbolchilar o'yin ritmidan tushib ketgandek bo'ldi. Hayajon bilan ham bog'lash mumkin. Lekin men muammo ko'rayotganim yo'q.

- Jamoaning himoyadan chiqishida muammolar ko'zga tashlanmoqda. Bu narsa "Olimpik"da ham ro'y beryapti. Bunga qanday izoh bera olasiz?

- Biz harakat qilmoqdamiz.  Ko'p vaziyatlarda individual xatolar bo'lyapti. Bundan cho'chiyotganimiz yo'q. Hozirgi xato bizga o'z ustimizda ishlashimiz uchun turtki bo'lyapti. Buni yo'qqa chiqara olamiz. O'yinni tahlil qilamiz. O'ylaymanki futbolchilar yanada kuchliroq bo'ladi. 

- Bugun darvozabon Vladimir Nazarov golda oddiy xatoga yo'l qo'ydi. To'pga chiqib kelishlarda kamchiliklari bor ekan. To'g'ri asosiy darvozabon Abduvohid Nematov jarohat olgan. Lekin bu yosh toifasida kuchliroq darvozabon yo'qmi?

- Zaxiramizda yana 2ta darvozabon bor. Hammasiga imkoniyat beramiz. Bitta u emas, ko'p futbolchilar xato qildi. Uchrashuvning hayajon va masuliyati borligi ham tasir o'tkazdi. Mashg'ulotda o'n marotaba tepsa, barchasini qaytaradi. Bosimdan bunday o'yinlar orqali chiqib ketishni o'rganish kerak. Gol bo'lgan vaziyatda texnik xato qildi. O'ziga nisbatan ishonchsiz o'ynadi. Ularning kelajagi porloq. Keyinchalik qanday o'sishiga ko'p narsa bog'liq.

- Jamoada yaqqol ajralib turadigan futbolchilar Xojimat Erkinov, Jasur Jaloliddinov 90 daqiqa o'ynashga tayyormi? Ularni ertaroq almashtirishingizni sababi nimada?

- Xojimat Erkinov yaxshi formada emas. Klubida ham aksariyat hollarda zaxiradan maydonga tushmoqda. O'yin ritmiga kirishib ketishda muammolari bor. SHu bois ertaroq almashtirdik. Uning kuchini yaxshi bilamiz.




Saad Al Alshehri: "Bugungi uchrashuv natija tomonidan muhim ahamiyat kasb etmasligi bois boshqa futbolchilarga imkoniyat berdik" 

Reyting: -19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика