So’nggi yangiliklar

19:05Алиссон Осиё турнеси давомида "Ливерпул"ни тарк этди  0 18:38Артета Зинченкони "Арсенал"дан кетмасликка кўндирди  0 18:16Расман: Валижон Раҳимов – "Бунёдкор" аъзоси!  1 17:56"Челси" "Аталанта" ҳимоячисини сотиб олмоқчи  0 17:28Расман: Феликс Роналдунинг жамоадошига айланди  1 17:06Расман: Олимпиада бронза медали соҳиби "Машъал"га ўтди  3 16:37"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  1 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  5 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  6 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  6 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  2 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  28 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0

"Timur Kapadze bugun yangi tarix yozishi kerak". Ahmad Ubaydullaev, Ravshan Haydarov va Dilshod Nuraliev bugungi final oldidan Yangiliklar

"Timur Kapadze bugun yangi tarix yozishi kerak". Ahmad Ubaydullaev, Ravshan Haydarov va Dilshod Nuraliev bugungi final oldidan

O'zbekiston U-23 terma jamoasi uchun bugun muhim kun.

Yurtimiz yashil maydonlari mezbonlik qilayotgan U-23 Osiyo kubogi musobaqasining final o'yinida O'zbekiston va Saudiya Arabistoni U-23 terma jamoalari to'qnash kelishadi. Timur Kapadze umumiy hisobda finalga olib chiqqan beshinchi murabbiy sifatida tarixga kirdi. Dastlab Ahmad Ubaydullaev 2008 yil bu borada qadamni tashlab bergan bo'lsa, keyingi yillarda Aleksey Evstafeev, Dilshod Nuraliev o'smirlar terma jamoasi, Ravshan Haydarov olimpiyachilar bilan finalga yo'l olishga muvaffaq bo'lgandi. Xo'sh, ular ertangi uchrashuv oldidan qanday fikrda? 

2008 yil O'zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan Saudiya Arabistonida o'tgan U-20 Osiyo kubogida finalga qadar etib borgan edi. O'sha jamoa bosh murabbiyi bo'lgan Ahmad Ubaydullaev xotiralari va bugungi uchrashuv haqida

— Albatta omad tilaymiz. Timur Kapadze yaxshi jamoa shakllantirgani ko'rinib turibdi. Etiborga molik jihati shuki, mazkur terma jamoadagi barcha futbolchilar Superligada o'z klubida, aksariyati "Olimpik"da o'yin amaliyotga egalar. Katta futbol havosidan bahramand bo'lishga ulgurishgan. Bu o'yinlar orqali esa tajriba kelishi shubhasiz. Finalda g'alaba qozonish uchun barcha imkoniyatlar bor. Men terma jamoada ishlagan paytimda hozirgidek imkoniyatlar yo'q edi. O'rinbosarlar, o'yin amaliyotisiz qolganlarni yig'gan edik. Zaxiramiz tor bo'lgan. Yaponiya bilan o'yinda zaxiradan tushganlar ham o'yinni buzib qo'ymadi. 

2008 yil finalga etib bordik. Esimda, musobaqa boshlanishi bilan yigitlarga qarata: "Bu mehmonxonadan oxirgi bo'lib chiqib ketishimiz kerak",- degandim. CHunki ko'p terma jamoalar bilan bir joyda istiqomat qilganmiz. BAA bilan finalda to'qnash keldik, qarasangiz oxirida faqat ikkalamiz qolganmiz. Bir-birimizga munosib raqib edik. Mahdi Alining bir gapi yodimdan chiqmaydi: "Sening jamoang bilan o'ynash qiyin. Boshqacha futbol ko'rsatasizlar. Ishonchim komil, olimpiyadaga chiqasizlar",- degandi. O'sha yillarda Janubiy Koreya, avval Avstraliya kabi nomdor jamoalarni mag'lubiyatga uchratganmiz. Afsuski, keyinchalik ko'p narsa o'zgarib ketdi. 



2012 yil o'smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida Eron mezbonlik qilgan U-16 Osiyo chempionatida kubokni Dilshod Nuralievning fikrlari quyidagicha

—Yigitlarning finalga qadar ko'rsatgan o'yini ajoyib bo'ldi. Ayniqsa, Yaponiyaga qarshi juda aqqli futbol ko'rsatishdi. Xudo xohlasa, finalda ham himoyada tartibli, hujumda aniqlik bilan o'ynashadi, degan umiddaman. To'g'ri so'nggi o'yin, charchoq. SHu paytgacha o'tkazgan o'yinlarida raqiblariga jismoniy tomonlama mag'lub bo'lishgani yo'q. Murabbiyning ishi, imzosi ko'rinib turibdi. Yaxshi niyat qilamiz, Osiyo chempioni bo'lish hammaga ham nasib qilavermaydi. Saudiya Arabistoniga qaraganda biznikilar kuchliroqdek ko'rinyapti. 

2012 yil Eronda o'tgan Osiyo chempionatida Jahon chempionatiga yo'llanma olish vazifasi qo'yilgandi. Hozirgi musobaqa bilan farqi shunda bo'lgan. Birinchi maqsadimiz shu bo'lgan. Vazifa bajarilgach esa yo'qotishga hech narsamiz qolmagan, bosimsiz o'ynaganmiz. Yaponiya juda katta farq bilan farq bilan ustunlik qilgan. Biroq finalda ulardan kuchli ekanligimizni ko'rsatganmiz. Penaltilar seriyasida ruhiy jihatdan futbolchilar tayyor edi. Bu esa o'z samarasini bergandi. Timur Kapadze endilikda yangi tarix yaratishi kerak. U ham Osiyo chempioni bo'lgan murabbiylar qatoriga qo'shilishiga tilakdoshman. 


2018 yil Xitoyda tashkillashtirilgan U-23 Osiyo kubogida olimpiya terma jamoamiz bilan zafar quchgan Ravshan Haydarov 

— Jamoamiz bu turnirda o'yindan-o'yinga kuchayib bormoqda. Yarim finalda ko'rsatgan o'yinlarini yuqori baholagan bo'lardim. Taktik tomondan hech qanday imkoniyat qoldirilmadi. O'ylaymanki, bugun ham futbolchilarimiz sovuqqonlik bilan harakat qilishadi. Vakillarimiz g'alabaga loyiq. Ushbu yutuqlarda Timur Kapadze ancha mehnat qildi. Qolaversa, individual kuchli futbolchilar, Jasur Jaloliddinov, Xojimat Erkinov singari etakchilar o'zlarini ko'rsatishyapti. 

4 yil oldingi qorli finaldan yoqimli xotiralar qolgan. Osonlikcha qo'lga kiritilmagan. Bugun yigitlarimiz g'alaba qozonib yana bir bor xursandchilik ulashishadi. Vetnam bilan to'liq ustunlik qilayotgan edik. Avval Bobir Abdixoliqov, keyin Andrey Sidorovni tushirdim. O'yin shuni ko'rsatayotgandi. Qaysidir manoda Sidorov gol urgan vaziyatda omadimiz ham kelgan, deya olaman.

Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика