So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

Timur Kapadze: "Bizning o'yinchilar raqibdan har taraflama kuchli edi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Bizning o'yinchilar raqibdan har taraflama kuchli edi"

U-23 Osiyo Kubogi saralashi doirasidagi O'zbekiston - Afg'oniston (8:1) uchrashuvidan keyin term jamoamiz bosh murabbiyi Timur Kapadze o'yin haqidagi fikrlarini bildirdi.



- O'yin haqida fikringiz qanday? Ko'pchilik yirik hisobdagi g'alabani kutgandi. SHunday ham bo'ldi...

- G'alaba bilan hammani tabriklayman. Sizga balki kutilgan g'alabadir, ammo biz tayyorgarlik ko'rdik. Albatta, Afg'oniston terma jamoasi haqida malumot to'plashga harakat qildik, ammo buning iloji bo'lmadi. O'yindan oldin bu jamoaning o'yinlari bizga qorong'u edi. Ular yaxshi kurashishdi. Bizning o'yinchilar raqibdan har taraflama kuchli edi. O'yin ham buni isbotladi. Keyingi o'yinlarga tayyorgarlik ko'ramiz.

- Eron va Gonkong o'rtasidagi o'yinni ko'rishga ulgurdingizmi?

- Yo'q, ammo yordamchilarim bu o'yinni kuzatishdi. Uchrashuvning video tasvirlarini ko'rib chiqamiz. Ularning oldingi o'yinlarini ko'rganmiz. Bu uchrashuvga to'g'ri tayyorgarlik ko'ramiz. Ikkala raqib ham kuchli jamoa.

- Eron termasi vakillari o'yinni kuzatib borishdi, videoyozuvlarga ham muhrlashdi. Eronliklarni o'zaro uchrashuvda qanday xayron qoldirmoqchisiz?

- Ikki jamoa ham bir-birini o'rganadi. Bu tushunarli holat. Bizning murabbiylar ham ularning o'yinlarini tomosha qilishdi. Bu masalaga o'zaro o'yindan biroz avval qaytamiz. Hozir Gonkongga qarshi o'yinga bor etiborimizni qaratamiz. Eron albatta kuchli jamoa. Ko'ramiz, hamma salomat bo'lsa, asosiychi shu.

- Birinchi bo'limda jamoa xotirjamlikka berildi. Himoyada ham xatolar kuzatildi. Bunga sabab nima bo'ldi?

- Xotirjamlik demagan bo'lardim. Birinchi o'yin bo'lganligi sabab hayajon bor edi. Boshida shunday bo'lish ehtimoli bor edi, ammo baribir yaxshi harakat qildik, deb o'ylayman. Xatolar ham bor, ularni o'rganib chiqamiz.

- Terma jamoa tarkibidagi o'yinchilar juda yaxshi daraja. Keyingi o'yinlarda tarkibda rotaciya ko'rishimiz mumkinmi?

- Bugun mening asosiy vazifam Afg'onistonni mag'lub etish edi. Bundan tashqari, ko'p o'yinchilar o'z klublarida o'ynashmayapti. SHu sababdan ham ularga o'yin amaliyoti berib, biroz tonusga keltirmoqchi edim. Kimdir bitta taym o'ynadi, kimdir ko'proq. Keyingi o'yinlarda ham albatta rotaciya bo'ladi. Biz bunday raqiblardan kuchliroqmiz. SHu sababdan ham rotaciya qilishga imkonimiz bor.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика