So’nggi yangiliklar

22:58Алан Бранди: "Ҳакамлар ҳақида гапирмоқчи эмасман. Нима бўлганини ҳамма кўрди"  1 22:44"Манчестер Сити" судда АПЛни мағлуб этди  3 22:42Пабло Таборда: "Мағлубиятга қарамай, бошимизни баланд кўтарган ҳолда Ўзбекистонни тарк этамиз"  0 22:16Хосе Венансио Лопес Ўзбекистон футзал терма жамоасини тарк этди  7 22:11Тожикистон терма жамоаси Россия билан ўйнашни хоҳламади  5 21:48Назорат учрашуви. "Бунёдкор" - "Сурхон" 1:3  0 21:39Тўртта таймдан иборат назорат учрашувида ОКМК "Локомотив"ни таслим қилди  0 21:11Ўзбекистон терма жамоаси йиғини бошланди, Машарипов ва Шукуровдан интервью  1 21:09Ўзбекистон МТЖ Эрон ва БАА қарши ўйинларга тайёргарликни бошлади  9 21:00"Барселона"да жароҳатланганлар сафига яна бир футболчи қўшилди  5 20:40"Мен халқаро танаффусларни яхши кўраман! Ҳар икки ҳафтада шундай бўлишини хоҳлардим!" — Гвардиола  0 20:08Испания футболи афсонаси фаолиятини якунлади  14 19:50"Сўғдиёна" назорат ўйинида "Олимпик"ни 3 та тўп фарқи билан енгди  1 19:37Ўзбекистон U-20 терма жамоасининг Жанубий Америкага йўл оладиган таркиби маълум  5 19:20Евгений Жук: "Бугун, айнан бугун менинг она шаҳрим Киев 5 соат ўққа тутилди"  15

Timur Kapadze: “Bizning futbolchilar g'alabaga munosib” Yangiliklar

Timur Kapadze: “Bizning futbolchilar g'alabaga munosib”

Ertaga JCH-2018 3-saralash guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida Janubiy Koreya va O'zbekiston terma jamoalari to'qnash keladi.

Ushbu o'yin oldidan Toshkentning “Lokomotiv” klubi va O'zbekiston milliy terma jamoasi sobiq futbolchisi Timur Kapadze vakillarimizni qo'llab-quvvatlab, ularga omad tiladi.

-  Milliy terma jamoamizni ertaga juda ham muhim bo'lgan o'yin kutib turibdi. Vakillarimiz kamida durang natija qayd etishlari kerak. G'alaba qozonsa nur ustiga alo nur bo'lardi. To'g'ri, bu oson bo'lmaydi. Janubiy Koreya terma jamoasi ham Osiyoda kuchli hisoblanadi. Raqib jamoaning hujumchilariga qarshi himoyamiz mustahkam turib bera olsa, o'ylaymanki barchasi biz kutgandek bo'ladi. Menimcha, Janubiy Koreyaning nozik joyi himoya. Oxirgi 3-4 yil ichida Janubiy Koreya terma jamoasida muammolar paydo bo'ldi. CHunki avvalgi Koreya kamdan-kam vaziyatlarda ochko yo'qotardi. Har doim barqaror o'yin ko'rsatib, g'alabani muddatidan oldin naqd qilishar edi. Ayni damda raqiblarimiz oldigidek kuchga ega emas. Hozir ulrada saviyali legioner futbolchilari bor, lekin ular ikki, uch nafarni tashkil etadi. Ko'rinib turibdiki ularda jamoaviy o'yin yaxshi emas.

-  Har doim safardagi o'yinlar qiyin bo'lgan. Janubiy Koreyaga qarshi qanday futbol o'ynash kerak, deb o'ylaysiz?
-  To'g'ri, “Osiyo yo'lbarslari” maydonda juda ham tez harakat qiladi. ularga qarshi ochiq futbol o'ynash xavfli. O'ylaymanki, murabbiylarimiz raqib jamoani har taraflama yaxshi o'rganib chiqib bahsga to'g'ri strategiyani tanlab chiqishsa natija biz kutgandek bo'ladi. Futbolchilarimizning ulardan kam joyi yo'q. Albatta, barchamiz shuni istagan holda vakillarimizga kuch-quvvat, omad yor bo'lishini tilab qolamiz. Bu futbol kimdir g'alaba qozonadi, yana kimdir mag'lub bo'ladi. Lekin bizning futbolchilar g'alabaga munosib.

Jahongir Sotvoldiev

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика