So’nggi yangiliklar

19:47"Андижон" тарихда илк бор ОЧЛ 2 да: тайёргарлик, қуръа ва учрашувлар санаси  2 19:23ПФЛ ОФКга мурожаат қилиб, халқаро талаблар ҳимоя қилинишини сўради   3 19:05"Юве" "Челси"нинг 68 млн евролик таклифини рад этди – Йилдиз сотилмайди  2 18:36"Бавария" Гарначога қизиқмоқда, футболчи АПЛда қолишни истамоқда  1 18:07"Барселона" Япония бўйлаб тур тақвимини эълон қилди  2 17:39МЮ ҳимоячиси Саудия Арабистонига йўл олиши мумкин  0 17:16Рио Фердинанд Николас Жексонни Дрогбага қиёслайди  2 16:45Сонга Америкадан таклиф тушди  0 16:29Шамиль Яфаров 75 ёшда!  0 16:09"Ҳали трансфер ойнасидаги ишимизни тугатмадик. Ҳимоя чизиғини кучайтиришни режалаштирганмиз" — Вадим Абрамов  2 15:47"Истиқлол": Кожога омад тилаймиз  9 15:21"Насаф" асосий футболчиларидан бири билан шартномани узайтирди  5 15:00"Манчестер Сити" янги дарвозабон билан келишувга эришди — Here We Go!  2 14:43"Навбаҳор"дан трансфер тақиқи ечилди  9 14:18"Спортинг" Сегунда тўпурарини харид қилмоқда  0

Timur Kapadze: "Afg'oniston terma jamoasi haqida iloji boricha malumot to'plashga harakat qildik, ammo bu oson bo'lmadi" Yangiliklar

Timur Kapadze: "Afg'oniston terma jamoasi haqida iloji boricha malumot to'plashga harakat qildik, ammo bu oson bo'lmadi"

U-23 Osiyo Kubogi saralash bahslari oldidan matbuot anjumani o'tkazildi.

Unda O'zbekiston U-23 termasi bosh murabbiyi Timur Kapadze ishtirok etdi.

"Saralash bosqichi boshlangani bilan barchani tabriklayman! Qisqa vaqt ichida tayyorgarlik ko'rishga to'g'ri keldi, lekin shunga qaramay, uchta o'yinni yaxshi o'tkazamiz va qoniqarli natijaga erishamiz. Ertangi uchrashuv Afg'oniston terma jamoasiga qarshi. Ushbu terma jamoa haqida iloji boricha malumot to'plashga harakat qildik, ammo bu oson bo'lmadi. Nima bo'lishidan qati nazar ertaga g'alaba qozonamiz degan umiddaman", – dedi olimpiyachilar ustozi.

- Futbolchilarning ertangi uchrashuvga tayyorgarligi haqida gapirib o'tsangiz. Ular "raqibimiz Afg'oniston-ku", deya, ruhiy tomonlama bemalol o'ynashmaydimi?

- Fikrimcha, ruhiyat tomonlama hammasi joyida. Afg'onistonda ham futbol rivojlanib bormoqda. Afg'oniston yoshlar terma jamoasi CAFA turnirlarida ishtirok etib kelmoqda, terma jamoasi esa yozda bo'lib o'tgan CAFA kubogida kichik intriga yarata oldi. Afg'onistonlik ko'p futbolchilar Eron chempionatida to'p tepishadi. Ertangi o'yinga tayyormiz deb ayta olaman.

- Legionerlar holati haqida gapirib o'tsangiz...

- Eng avvalo, barcha legionerlarimiz sog'-salomat. Ular terma jamoaga biroz kech qo'shilishdi. Bir nechta futbolchimiz kecha mashg'ulotlarga qo'shildi. Vaqt kam, biroq legionerlarimizning darajasiga shubha qilmayman. Ular tez kirishib keta olishadi. Bizni uchta o'yin kutib turibdi va tabiiyki rotaciya qilamiz va barchaga imkoniyat beramiz.

- Legioner futbolchilarning o'z klublariga kam o'yin amaliyotiga ega bo'layotganini hisobga olsak, mahalliy futbolchilarimiz bilan solishtirganda o'yin ritmida farq sezilib qolmaydimi?

- Bu jihatni albatta hisobga olamiz. Ko'rib chiqamiz va qaraymiz. Terma jamoada barcha futbolchi bor kuchi bilan o'ynashi kerak. Ushbu holat terma jamoamiz o'yiniga tasir o'tkazmaydi degan umiddaman.

- Uchrashuvlarni "Jar" stadionida o'tkazish sizning taklifingizmidi yoki O'FAning?

- Bu masala kelishilgan holatda hal etildi. Hozirgi kunda maydonlarimizda muammolar bor. "Jar"da esa bunday muammo yo'q. "Bunyodkor" stadionida ham o'ynasak bo'lar edi, lekin biz ancha avval "Jar"da o'ynashimizni hal etib bo'lgandik. Yagona muammo stadionning sig'imida bo'lishi mumkin.

SHu tariqa, matbuot anjumani yakunlandi. Tez orada boshqa terma vakillari ishtirokida kechgan savaol-javoblarni etiboringizga havola qilamiz.  

Malumot uchun, O'zbekiston olimpiya terma jamoasi saralash bosqichi "E" guruhida Afg'oniston, Gonkong va Eron bilan bahs olib boradi. O'zbekistonning dastlabki turda ertaga Afg'oniston bilan o'ynaydi. Uchrashuv soat 19:00 da "Jar" stadionida start oladi.

Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика