So’nggi yangiliklar

00:00Туркия Суперлигаси. Истанбул дербисида "Бешиктош" "Истанбул Башакшехир"ни мағлуб этди, Шомуродов янги клубидаги дебют голини урди!   32 23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  23 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  52 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  218 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

"36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz ular uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz". Timur Kapadze va Jaloliddin Masharipov ishtirokidagi matbuot anjumani Yangiliklar

"36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz ular uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz". Timur Kapadze va Jaloliddin Masharipov ishtirokidagi matbuot anjumani

JCH 3-saralash bosqichi 9-turidan o'rin olgan BAA – O'zbekiston uchrashuvidan oldingi matbuot anjumanining ikkinchi qismida bosh murabbiy Timur Kapadze hamda vinger Jaloliddin Masharipov ishtirok etdi.

"Hammaga salom. Albatta, ertaga bizni muhim va qiziqarli uchrashuv kutib turibdi. Hammamiz sog'-omonmiz. Sizlarni ko'rib turganimdan xursandman", – dedi Kapadze.

"Hammaga salom. Sal hayajon bor, chunki hech qachon bunday bosqich va davrda bo'lmaganmiz. 36 millionlik xalqimiz bizdan ijobiy natijani kutmoqda. Biz xalqimiz uchun katta bayram qilib berishni reja qilganmiz. Biz JCHga loyiq ekanliginimizni ko'rsatish vaqti keldi. Bizga oson bo'lmaydi, lekin hech narsa to'sqinlik qilmaydi deb o'ylayman. Ertaga o'zbekistonlik muxlislarni xursand qilishga urinamiz", – dedi Masharipov.


- Katta o'yindan oldin raqibni o'rganish juda muhim. BAAda bosh murabbiy o'zgardi. Raqib haqida qanchalik tushunchaga egasiz? Ulardan qanday o'yin kutmoqdasiz? 

- Albatta, o'rganib chiqdik. Har taraflama yaxshi tayyorgarlik ko'rdik. To'g'ri, ularda murabbiy yangi,  biroq bugun paydo bo'lib qolmagan. Ularni o'rganishga harakat qildik. Asosiysi, o'z o'yinimiz haqida o'ylashimiz va yaxshi o'yin ko'rsatishimiz lozim. 

- Bilamizki, hozir O'zbekiston uchun muhim davr, chunki termani 2 o'yinda 1 ochko ham qoniqtiradi. O'zingizni qanday his etyapsiz? Sobiq murabbiy Katanec bilan aloqadamisiz? Uning holati qanaqa?

- Albatta, bu davrga etib kelish uchun futbolchilar astoydil mehnat qilishdi. Bizni ikkita muhim o'yin kutib turibdi. Hammasi o'z qo'limizda. Ertaga g'alaba qozonib, keyingi o'yinga tayyorlanishimiz kerak. Srechko Katanecning sog'lig'i joyida. Uning yordamchilari esa bugungi kunda mening shtabimda faoliyat yuritmoqda. 

- Futbolchiga savol. Terma jamoa lageriga katta kolonkada kirib keldingiz. Qiziq, sizning pleylistingizdan qanday qo'shiqlar o'rin olgan?

- Pleylistimdan o'zbekcha, kayfiyatni ko'taradigan qo'shiqlar o'rin olgan (kuladi). Bu bizning kayfiyatimizga tasir qiladi. Yigitlar ham shunday fikrda. Biz vatan haqida qo'shiqlar tinglaymiz, chunki vatan uchun o'ynamoqdamiz.

Reyting: +34   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика