So’nggi yangiliklar

23:27АПЛ. "Тоттенхэм" Лондон дербисида "Вест Хэм"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  0 23:14А Серия. "Ювентус" ва "Интер" ўртасидаги ўйинда 7 та гол урилди  21 23:00Эрон Про лигаси. "Персеполис" ва "Фулад" ўртасидаги ўйинда ғолиб номи аниқланмади  3 22:13"Эвертон" Жек Грилиш бўйича қарор қабул қилди  1 21:26Ла Лига. "Реал Мадрид" қийин ўйинда "Реал Сосьедад"ни мағлуб этди, мадридликлар 32-дақиқада ўн киши бўлиб қолишди  51 21:06Суперлига. Бир киши кам бўлиб қолган "Пахтакор" "Нефтчи"ни мағлуб этди  217 21:03"Бешиктош" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  24 20:00"Қўқон-1912" "Қизилқум"нинг мағлубиятсиз сериясига чек қўйди  11 19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  21 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  2

Timur Kapadze: "2001 yildan kichik o'yinchilarning har biri OTJga potencial nomzod" Yangiliklar

Timur Kapadze: "2001 yildan kichik o'yinchilarning har biri OTJga potencial nomzod"

O'zbekiston U-23 terma jamoasi kechadan Toshkentda yig'inga kirishdi.

Olimpiyachilarimizning kechagi mashg'ulotidan so'ng bosh murabbiy Timur Kapadzening fikrlari bilan qiziqdik.

"Kechadan yig'inni boshladik, tayyorgarlik ko'ryapmiz. FIFA kunlaridan unumli foydalanishga harakat qilyapmiz. Afsuski, Xitoyda o'tkazilishi kerak bo'lgan xalqaro turnir bekor bo'lganidan xabaringiz bor. SHunga qaramay Xitoy U-23 terma jamoasi bilan ikkita o'rtoqlik o'yini o'tkazish borasida kelishdik. Bundan tashqari, Qirg'iz Respublikasi U-23 terma jamoasi Farg'onada yig'in o'tkazayotgan ekan. Ular bilan gaplashib 11 iyun kuniga Farg'onada o'rtoqlik o'yini o'tkazishga kelishildi.

Yigitlarni sinab olish uchun yaxshi imkoniyat, boz ustiga yoshlardan ham o'yinchilar chaqirdik. Balki bundanda kuchliroq raqib topganimizda yanada yaxshiroq bo'lardi. Nima bo'lganda ham xalqaro o'rtoqlik o'yini futbolchilar uchun ham foydali bo'ladi. Hozircha hamma jihatdan ko'nglim to'q, jarohat olganlar yo'q".


- O'zbekiston U-20 terma jamoasidan yig'inga chaqirilganlar haqida fikringiz qanday? Ulardan kimlar olimpiya terma jamoasidan doimiy chaqiruv olishi mumkin?

- Buni vaqt ko'rsatadi, hali milliy terma jamoaga chaqirilgan Husanov va Fayzullaev ham bor. Ularni ham chaqirgan bo'lardim. Oldinda bizni 3 ta o'rtoqlik o'yini kutmoqda va unda barcha futbolchilarni sinab ko'rish uchun imkonimiz bo'ladi. Aslida U-20 terma jamoasidagi qator o'yinchilarni anchadan beri yig'inlarga chaqirmoqchi bo'lib yurardim, lekin Ravshan aka Haydarov jamoasida Osiyo kubogi, ketidan Jahon chempionati borligi sabab ularga tegmay turgandik. Endi esa ularni bemalol ko'rib olish imkonimiz bo'ladi. Ularni jamoaga qay darajada kirishib ketishini va o'zidan yoshi kattaroq akalari bilan raqobatini ham kuzatamiz. Kim raqobatda yutib chiqsa o'sha futbolchi terma jamoada o'ynaydi. 2001 yildan kichik o'yinchilarning har biri olimpiya terma jamoasiga potencial nomzod hisoblanadi. Eng kuchlilar chaqiriladi.

- Birinchi kungi mashg'ulotda Jahongir O'rozov ko'rinmadi. U qachon terma jamoa ixtiyoriga kelib qo'shiladi?

- Nasib qilsa O'rozov ertadan (bugundan) mashg'ulotlarimizga qo'shiladi. U oilaviy sabab tufayli 2 kunga javob so'ragan edi. Uni ham ko'rib olamiz, U-20 terma jamoasida u Husanov bilan sherik sifatida juda yaxshi o'ynashdi.

- "Olimpik" sardori Behzod SHamsiev bu mavsum chap qanot himoyaga o'tkazildi. Hozir esa olimpiya terma jamoasi yig'iniga chaqirilmadi. Bunga sabab nima?

- "Olimpik"dagi yigitlarni har kuni ko'raman, ularni imkoniyatlarini juda yaxshi bilaman. Yig'inda boshqalarni ko'rib olishni xohladim. U-20 terma jamoasidan ikki nafar chap qanot himoyachisini taklif qildik.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi


FOTO  O'zbekiston U-23 terma jamoasi yig'inga kirishdi GALEREYA

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика