Timo Verner: “To'rt yil to'p tepgan stadioningda gollar urishning zavqi o'zgacha”
15 noy 2020 08:55
Yangiliklar


Timo Verner: “To'rt yil to'p tepgan stadioningda gollar urishning zavqi o'zgacha”
Germaniya terma jamoasining 24 yoshli hujumchisi Timo Verner Millatlar ligasi 5-turi doirasida Ukrainaga (3:1) qarshi bellashuvdan keyin o'yin haqidagi fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
“Uchrashuvdagi birinchi golimni oddiygina darvozaga yo'lladim. CHunki jamoadoshim Leon Gorecki to'pni shunchaki ideal tarzda menga etkazib bergandi. To'rt mavsum to'p tepgan qadrdon stadionimda ikkita gol urish kishiga ajoyib hissiyotlarni taqdim etadi. Leypcigda to'p tepish menga doim yoqqan. SHunday uchrashuvni muxlislarsiz o'tishi albatta afsuslanarli.
Umuman olganda biz yaxshi o'yin ko'rsatdik. Formaga kirib borayapmiz va kelajakka ishonch bilan boqayapmiz. Himoyada yanada ishonchliroq o'ynayotganimizni his qilayapman. Biz keyingi yili Evropa birinchiligida yaxshi natijalarga erishish uchun qattiq harakat qilayapmiz”, deya Vernerning so'zlaridan iqtibos keltirmoqda Goal nashri.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar