Tig'iz taqvim kimga qimmatga tushadi: A Seriya 11-tur prevyusi
04 noy 2023 15:20
Yangiliklar
Tig'iz taqvim kimga qimmatga tushadi: A Seriya 11-tur prevyusi
CHempionatning qator klublari kuni-kecha mamlakat Kubogida maydonga tushishdi. Bazi jamoalar 120 daqiqadan harakat qilishiga ham to'g'ri keldi. Bunday tig'iz taqvimda futbolchilar holdan toyishi, jarohatlar soni ortishi hech gap emas. Bu esa istalgan favorit nisbatan kuchsizroq raqibga ham imkoniyatni boy berib qo'yishi mumkin degani.
"Salernitana" - "Napoli"
Salernitana |
Serie A . 11-tur 04/11/2023, 19:00 2
:
0
Tugadi
|
SSC Napoli Giacomo Raspadori - 13', Eljif Elmas - 82' |
Stadion: Stadio Arechi, 16812 tomoshabin
Bosh hakam: Antonio Rapuano
Gomber diskvalificiya qilingan, uning o'rnini sog'ayib safga qaytgan Facio egallashi mumkin. Maydon markazida Boxinenni ko'ramiz. U Kubok bahsida o'zini yaxshi tomondan ko'rsata oldi. Yagona forvard Diaga esa "Sampdoriya"ga ikkita gol urgan CHauna va Kandreva yordamlashadi.
Neapolliklar ustozi Rudi Garsiya uchun markaziy himoyachi Juan Jezusning safga qaytishi quvonarli yangilik bo'ldi. Qo'shimchasiga Natan diskvalifikaciya qilingan bir vaziyatda. SHuningdek, Angissa ham bu bahsda jamoasiga yordam bera olishi kerak. Biroq Osimxen hali ham lazaretda, demak, hujumda Raspadori, Xvicha va Politano usligini ko'ramiz.
O'tgan safar "Napoli" va "Salernitana" Neapolda 1-1 hisobidagi durang qayd etishgandi. Yodingizda bo'lsa, o'sha bahsdagi g'alaba mezbonlarga chempionlikni rasmiylashtirish imkonini berardi, biroq triumya biroz kechikkandi. Katta ehtimol "Napoli" futbolchilari o'sha alamni unutishmagan bo'lsa kerak va bo'lajak to'qnashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rishadi. "Salernitana" amaldagi chempiondan yana ochko olib qo'yishi qiyin bo'lsa kerak.
"Atalanta" - "Inter"
Atalanta Gianluca Scamacca - 61' |
Serie A . 11-tur 04/11/2023, 22:00 2
:
1
Tugadi
|
Inter Hakan Calhanoglu - 40', Lautaro Martinez - 57' |
Stadion: Gewiss Stadium, 14945 tomoshabin
Bosh hakam: Simone Sozza
Agar shamollashidan forig' bo'lib, o'ziga kelib ulgursa, Zappakosta tarkibga qaytishi mumkin. Skalvini esa bu bahsda maydonga tusha olmasa kerak. Vorlicki va Ture ham hali to'liq sog'ayib ulgurmagan. Hujumda bor umid Skamakka va Lukmandan bo'ladi.
Inzagi jiddiy rotaciyaga qo'l urmasa kerak. Ustiga-ustak Arnautovich va Kuadrado hali ham jarohatlanganlar qatorida. Agar murabbiy Dumfrisni CHempionlar Ligasi uchrashuvi uchun asrashni niyat qilsa, himoyachi Karlos Augusto asosiy tarkibda tushishi mumkin.
Ushbu raqiblarning oxirgi to'qnashuvi o'ta dramatik ruhda kechgan. "Inter" 3-2 hisobida qiyin g'alabani qo'lga kiritgan. Milanliklar hozir ham favorit, lekin "Atalanta"ni osongina hisobdan chiqarish xato bo'ladi. "Bergamoliklar" hozir yaxshi formada, shunday ekan "neradzurri"ga yaqinda o'tgan "Roma"ga qarshi to'qnashuvdan ko'ra, qiyinroq bo'lishi aniq. Ayniqsa himoyachilarga oson bo'lmaydi, "Atalanta" bosim qilishni yaxshi biladi.
"Milan"- "Udineze"
AC Milan |
Serie A . 11-tur 05/11/2023, 00:45 1
:
0
Tugadi
|
Udinese Roberto Pereyra - 62' |
Stadion: San Siro, 71018 tomoshabin
Bosh hakam: Juan Luca Sacchi
Tiav diskvalifikaciya muddatini o'tab bo'ldi va himoya markaziga qaytadi, ammo Kalulu va Ker o'yinni o'tkazib yuborishi mumkin. SHuningdek, Loftus-CHik va CHukvezening ushbu bellashuvdagi ishtiroki so'roq ostida, Benasser va Pellegrino esa bu o'yinni aniq o'tkazib yuboradi. Asosiy tarkibda Romero maydonga tushishi mumkin, aynan u hujumlar tashkillashtirishda Leao va Jiruga yordam beradi. "Udineze"da ham jarohatlanganlar bilan vaziyat og'ir. Toven omadi kelib, jiddiy jarohatdan qutulib qoldi va hujumda Lukka bilan tandem hosil qiladi.
Avvalgi to'qnashuvda "Udineze" "Milan"ni 3-1 hisobida taslim etgandi. Bu safar natija unday bo'lishi qiyinroqdek. "Zebrlar" jiddiy qiyinchiliklarni boshdan o'tkazmoqda va yaqinda Italiya Kubogida bahs o'tkazgan, hozirgi tarkibdan kelib chiqib, rotaciya qilishning ham imkoni yo'q edi. Nazarimizda, Stefano Pioli jamoasi jiddiy muammolarga duch kelmaydi.
"Kalyari" - "Jenoa"
Cagliari Nicolas Viola - 48', Gabriele Zappa - 69' |
Serie A . 11-tur 05/11/2023, 19:00 1
:
2
Tugadi
|
Genoa Albert Gudmundsson - 51' |
Stadion: Unipol Domus, 16412 tomoshabin
Bosh hakam: Marco Guida
Rog va Lapadulla hali ham jarohatlarini davolash bilan band. Dossena va Kapadossining ishtiroki esa so'roq ostida. Hueumda katta ehtimol bilan Pavoletti-Luvombo juftligini ko'ramiz, Italiya Kubogida maydonga tushgan SHomurodov esa joker vazifasini bajarsa kerak.
Rettegi, Mesyas va Yagello o'yinda ishtirok eta olmaydi. SHunday ekan, hujumda Jillardino bu bahsda Ekuban va Gudmundsenga imkon beradi. Ularga orqaroqdan yaxshi sport formasiga kirib borayotgan Malinovskiy yordam beradi. Jamoa uchun De Vinterning safga qaytishi yaxshi yangilik bo'lgani turgan gap.
Qiziq tomoni jamoalarning avvalgi bahsi B Seriyaga to'g'ri kelgandi. O'shanda raqiblar g'olib nomini aniqlay olishmagandi. Hozir esa "Jenoa" favorit sifatida tilga olinmoqda. Mutaxassislar aynan Genuya shahri vakillariga ko'proq ishonishmoqda. Nazarimiizda, ruhan ajoyib holatdagi "Kalyari" ham osonlikcha taslim bo'lmasligi aniq. Nima bo'lganda ham bizni murosasiz bahs kutib turibdi.
Sergey Rumyancev
Nozima To'xtamirzaeva tarjimasi
Fikrlar