

“Men Jahon chempionati boshlanguniga qadar, kelajagimga oydinlik kiritib olmoqchiman. Men “Chelsi” bilan shartnomamni uzaytirishim yoki klubda yana bir mavsum qolishim mumkin. Ammo Jahon chempionati paytida boshim bunday o'y-xayollardan xoli bo'lishi lozim. “Chelsi” bilan yana bir yillik shartnomam bor. Menga bu yerda bo'lish qulay. Mavsum so'nggida klubdagilar bilan hammasini gaplashib olamiz. Biroq keyingi mavsum ham “Chelsi”da bo'lishimni bilaman”, - deydi Tibo Kurtua.
Avvalroq Kurtuaning London klubini tark etishi mumkinligi ham aytilgan edi.


