Tiago Bezerra "Paxtakor" muxlislaridan o'tgan yilgi sovrinlarini qabul qilib oldi
22 apr 2019 15:01
Yangiliklar


Tiago Bezerra "Paxtakor" muxlislaridan o'tgan yilgi sovrinlarini qabul qilib oldi
"Paxtakor" klubining sobiq hujumchisi Tiago Bezerra bugungi kunda Qatarda faoliyat olib bormoqda.
Bezerra bugun o'z o'g'li bilan ayni paytda Doxada bo'lib turgan "Paxtakor" klubi muxlislari yashayotgan mehmonxonaga keldi.
Braziliyalik futbolchi o'tgan yil PFL talqiniga ko'ra yilning "Eng yaxshi futbolchisi" deb topilgan. CHempionatimizning eng yaxshi to'purariga aylangan va Yil ramziy terma jamoasi azosiga aylangan edi.
"Paxtakor" muxlislari Bezerraga mana shu sovrinlarni topshirishdi. Futbolchi o'zbekistonlik barcha futbol muxlislariga salom yo'lladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar