So’nggi yangiliklar

08:52Клаудио Раньери фаолиятидаги сўнгги учрашувдан сўнг нималар деди?  1 08:25Sofascore. БААдаги "ўзбек дербиси"да Ғаниев ва Эркинов неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 07:58Sofascore. Мавсумдаги сўнгги учрашувда Шомуродов неча баҳо олди?  2 07:30Суперлига. Бугун 11-тур якунланади  1 06:40Суперлига. "Навбаҳор" йирик ҳисобда зафар қучди, "Пахтакор" ва "Динамо" эса ўйиннинг охирги дақиқаларида уч очкони қўлга киритди  0 02:36ЖЧ-2026 саралаши. БАА Ўзбекистон ва Қирғизистонга қарши ўйинлар учун таркибини эълон қилди  11 02:29Баҳром Ҳайдаров: "Навбаҳор" каби жамоага қарши ўйинда 0:3 ҳисобидан кейин ўйинга қайта олиш жуда қийин"  1 02:25Ла Лига. "Барселона" мавсумдаги сўнгги ўйинда меҳмонда "Атлетик"ни йирик ҳисобда мағлуб этди  11 02:11А Серия. "Рома" сўнгги турда "Торино"ни мағлуб этди, аммо параллель ўйинда "Юве" меҳмонда "Венеция"ни мағлуб этиб, тўртинчи ўрин билан ЧЛга йўл олди  34 01:32Сергей Лушан: "Мен бу масалада ҳоким билан кўп гаплашганман. Буни аллақачон амалга ошириш керак эди"  2 01:11Гёкереш "Спортинг" ва Швеция сафида мавсумдаги 63-голини урди - бу сафар Португалия кубоги финалининг 100-дақиқасида пенальти орқали  1 00:53Камолиддин Тожиев: "Муҳими уч очкони қўлга киритдик. Ўн нафар футболчимиз терма жамоаларга йўл олишади"  23 00:31Ҳаким Фузайлов: "Жамоам намойиш этган ўйиндан уялмайман"  5 00:24"Ливерпул"га АПЛ ғолиблиги учун кубокни қабул қилиб олди  9 23:32U-17 Жаҳон чемпионатига қуръа ташланди. Ўзбекистон "J" гуруҳидан жой олди  22

the-uff.com: O'smirlarimiz Jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi Yangiliklar

the-uff.com: O'smirlarimiz Jahon chempionatini g'alaba bilan boshladi

Dilshod Nuraliev bosh murabbiyligidagi O'zbekiston U-17 o'smirlar terma jamoasi U-17 o'smirlari o'rtasidagi Jahon chempionati S guruhi 1-tur o'yinida Panamani 2:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.
18 oktyabr kuni O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi Panama o'smirlariga qarshi bahs bilan BAAda davom etayotgan U-17 o'smirlar o'rtasidagi jahon chempionatidagi ishtirokini boshladi. Dilshod Nuraliev shogirdlari Fujayra shahridagi stadionda S guruhi 1-tur o'yinida Panamalik o'smirlarga qarshi maydonga tushdi.

O'yinning birinchi bo'limida bir qator havfli vaziyatlar yaratilganiga qaramay, hisob ochilmadi. Ikkinchi bo'lim esa, birinchisiga qaraganda ancha tezkor va shiddatli kurashlarga, darvoza tomon berilgan zarbalarga boy bo'ldi. O'yinning 56-daqiqasida panamalik futbolchi Sarvar Karimov qo'riqlayotgan darvoza tomon chamasi 25 metrlardan kuchli zarba berdi. Ushbu zarbani esa, faqatgina darvoza ustuni qaytarib qoldi. O'yinning 63-daqiqasida esa, birinchi bo'limda ancha faol harakat qilgan Akobir To'raev o'rniga SHoxjahon Abbosov maydonga tushirildi.

Etiborlisi, O'zbekistonning ushbu jahon chempionatidagi ilk goliga aynan Abbosov mualliflik qildi. O'yinning 68 daqiqasida panamaliklar jarima maydonchalarining o'ng qanotida o'zbekistonlik futbolchiga nisbatan qoida buzishdi. Dostonbek Hamdamovning jarimadan uzatgan to'pini esa, maydonga tushirilganiga 3 daqiqa ham vaqt bo'lmagan SHoxjahon Abbosov darvozaga to'g'irlab qo'ydi - 1:0.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham, asosan Nuraliev shogirdlari ustunligida o'tdi. O'yinning 77 daqiqasida burchakdan oshirilgan to'pni darvozabon qaytardi, ammo jarima maydonchasiga yordamga etib kelgan qanot himoyachisi Rustamjon Ashurmatov to'pni erga tushirmay darvozaning o'ng burchagiga joyladi - 2:0.

O'yinning qolgan daqiqalarida hisob o'zgarmadi va shu tariqa, O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi BAAdagi jahon chempionati bahslarini g'alaba bilan boshladi.

Nuraliev shogirdlari musobaqaning 2-turida, bugun guruhning ikkinchi o'yinida Xorvatiyani 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratgan Marokash o'smirlar terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. Ushbu uchrashuv 21 oktyabr kuni Fujayradagi stadionda bo'lib o'tadi.

U-17 JCH. Fujayra stadioni.
C Guruhi, 1-tur.
PANAMA (U17) - O'ZBEKISTON (U17) - 0:2
GOLLAR:
SHoxjahon Abbosov (68), Rustamjon Ashurmatov (77)
PANAMA (U-17): 1. Jeym de Graciya, 2. Kristofer Bared (Stiven Santos 61), 3. Kevin Galvan, 5. CHin Xormechea, 6. Xesus Araya (S), 7. Elieser Domingez, 10. Ismoil Diaz, 11. Luis Kanate, 14. Verner Vald, 18. Ervin Zorrilla (Luis Zuniga 74), 19. Milsiades Molina
O'ZBEKISTON (U-17): 1. Sarvar Karimov, 2. Rustam Ashurmatov, 4. Akrom Komilov, 5. Odil Hamrobekov, 7. Jamshid Boltaboev, 9. Ibrohim Abdullaev, 11. Akobir To'raev (SHohjahon Abbosov 65), 15. Izzatilla Abdullaev (14.Islombek Karimov 89), 16. Ravshan Xursanov (Javohir Siddiqov 46), 17. Dostonbek Hamdamov, 20. Otabek SHukurov (S)
Bosh hakam: Daniel Bennet (JAR),
Referi assistentlari: Range Marva (Keniya), Sivel Zakxali (JAR),
Zahira hakami: Veysa Bamalku (Efiopiya)
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика