So’nggi yangiliklar

22:01Трент ПСЖга қарши ўйнамаслиги мумкин  0 21:45U-21 биринчилиги. "Навбаҳор" - биринчи давра чемпиони!  0 21:16Луис Энрике: "Барселона"га содиқ бўлиб қоламан, "Реал"га қарши ўйинлар менга катта иштиёқ беради"  6 20:58"Ал Қодисия" Ретеги учун таклифни оширди  1 20:16Гарет Бэйл: "Бугун ким ғолиб бўлишини барчамиз яхши биламиз"  16 19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  11 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  6 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  2 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  10 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  2 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  4 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  12 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1

TFF: Toshkent shahar chempionatlari mart oyidan start oladi Yangiliklar

TFF: Toshkent shahar chempionatlari mart oyidan start oladi

Teglar :  Bolalar futboli
2018 yil Toshkent shahrida bo'lib o'tadigan bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqalar mart oyidan start oladi.

Toshkent shahar chempionati 2002 - 2005 yillarda tavallud topgan 4 yosh toifasida ochko tizimida o'tkazilinadi. SHuningdek, 2000 va 2001 yillarda tavallud topgan jamoalar uchun U-18 musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda oliy hamda birinchi ligada ishtirok etadigan barcha jamoalar qatnashishlari shart bo'ladi.

Bolalar va o'smirlar o'rtasidagi musobaqa yangi bosqichga chiqadi. Endi kuz-bahor tizimiga amal qilinadi. 2018 yil chempioni, 2017 yil yakunlariga ko'ra kuchli oltilikka kirgan jamoalar o'rtasida ikki davralik musobaqada aniqlanadi.


2018 yil chempionligi uchun kurash olib boradigan jamoalar:


2002: "Bunyodkor", "Paxtakor", "Bunyodkor"-B, GFSSHI, ROZSK, "Lokomotiv".
2003: "Paxtakor", "Bunyodkor", "Spartak", BO'SM-16, ROZSK, "Bunyodkor"-B.
2004: "Paxtakor", "Bunyodkor", ROZSK, BO'SM-16, "Lokomotiv", "Spartak".
2005: "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Spartak", BO'SM-16, GFSSHI.

Yuqoridagi 6ta jamoa 2 davradan iborat 10ta tur o'yinini o'tkazadi va yakunda Toshkent shahar chempionatining 2018 yilgi g'olibi aniqlanadi.

2017 yil yakunlariga ko'ra, 7-12 o'rinni olgan jamoalar va 1-ligadagi barcha jamoalar savatchalarga ajratilgan holda ikkita mintaqaga bo'lingan holda kuchlilar ligasida ishtirok etish yo'llanmasini qo'lga kiritish uchun kurash olib boradilar. Qolgan jamoalar esa 1-ligadagi faoliyatlarini davom ettirib, kuchlilar safiga yo'llanma olish uchun kurash olib boradilar.

2018 yildan etiboran, endi har bir jamoa, boshqa yoshdagi jamoadoshining natijasidan qatiy nazar o'zi oliy liga va birinchi ligadagi holatiga oydinlik kirita oladi.

Toshkent shahar chempionatida ishtirok etish istagida bo'lgan klublar Toshkent shahar federaciyasining musobaqalar o'tkazish bo'limiga 15 fevral kuniga qadar uchrashishlari va qatnashishlarini tasdiqlashlari lozim bo'ladi.

SHuningdek, 2000 va 2001 yilda tavallud topgan futbolchilar uchun U-18 musobaqasi start oladi. Mazkur musobaqa O'zbekiston super ligasi, bahor-kuz tizimida o'tadi.

Toshkent shahar futbol federaciyasi matbuot-xizmati

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика