So’nggi yangiliklar

19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  3 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  8 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6 16:24"Милан" Тео ўрнини "Реал" футболчиси билан тўлдирмоқчи  1 15:55"Футболни Саудия Арабистонига бой бердик". Блаттер ФИФАни танқид қилди  8 15:27Расман: "Барселона" швециялик вингер трансферини эълон қилди  1 15:00"Валенсия" ҳимоячиси "Арсенал"да — Here We Go!  1 14:34Швейцария юлдузи ҳам Саудия Арабистонига йўл олмоқда – музокаралар ижобий якунланди  0 14:05"Челси" Клублар ўртасидаги ЖЧда қанча ишлаб олди?  12 13:38Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномасини эълон қилди  9

TFA Mirabror Usmonov sovrinini joriy qildi Yangiliklar

TFA Mirabror Usmonov sovrinini joriy qildi

2021 yilgi mavsum, bahor chempionati yakuniga etganidan so'ng Toshkent shahar FA tomonidan MEGA Loyiha tashkil qilinadi!

O'z vaqtida Toshkent shahar chempionatida faoliyat olib borgan futbolchilar va o'zbek futbolida munosib iz qoldirgan mutaxassis nomiga laureat g'oliblari aniqlanadi.



Unga ko'ra:

Eng yaxshi darvozabon - Pavel Bugalo

Eng yaxshi himoyachi - Akmal Azizxo'jaev

Eng yaxshi yarim himoyachi - Odil Ahmedov

Eng yaxshi to'purar - Gennadiy Krasnickiy

Eng yaxshi futbolchi - Mirjalol Qosimov

Eng yaxshi murabbiy - Mirabror Usmonov nomidagi sovrin bilan taqdirlanadi.


Tadbir 15 iyun kuni bahor chempionati yakuniga etganidan so'ng tashkil qilinadi.


2021 yilgi Toshkent shahar chempionati har yilgisidan ko'ra qiziqarli o'tyapti. Birinchi davra o'yinlari yakunlanishi arafasida, hech bir yosh toifasida yaqqol peshqadam yo'q. Yana 6ta turdan keyin shahar chempionatining final bosqichi bo'lib o'tadi. SHundan keyin, TFA ilk marotaba eng yaxshilarni aniqlash marosimini o'tkazish borasida o'z dasturini ishlab chiqdi. Bu haqda yuqorida xabar berildi.


"Futbolimizda munosib iz qoldirgan insonlar nomiga, kelajakda shu kabi futbolchi bo'lib etishishni istayotgan o'smirlarni qo'llab-quvvatlash uchun yangi loyihaga qo'l urdik. Akmal Azizxo'jaev o'zbek futbolining birinchi sardorlari. "Paxtakor" tarixida katta xarflar bilan yozilgan himoyachi sovrini kelajak himoyachilarini to'lqinlantirsa ajab emas. Pavel Bugalo, Odil Ahmedov va Mirjalol Qosimov haqida hozirgi yoshlar juda yaxshi biladilar. Agar bu sovrinlarni topshirish jarayonida ularning o'zlari ishtirok etadigan bo'lsalar, bolalarimizga quvonch bag'ishlasa kerak. Mirabror Usmonov davrida futbolimiz juda katta yutuqlarga erishdi. Futbolimizning muvaffaqiyati yo'lida murabbiylarning o'rni katta, shuning uchun bu inson nomidagi sovrinni murabbiylarimizga ilindik", - deydi TFA 1-Vice-prezidenti Alisher Polatov.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика