Orlov: "Shomurodovning futbol intellekti boshqalarnikidan ustun ekanini aytgandim va men haq bo'lib chiqdim"
03 dek 2025 14:00
Yangiliklar
Orlov: "Shomurodovning futbol intellekti boshqalarnikidan ustun ekanini aytgandim va men haq bo'lib chiqdim"
Rossiyalik taniqli sharhlovchi Gennadiy Orlov sobiq ittifoq hududidagi eng yaxshi futbolchilar haqida fikr bildirib, O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodovni alohida etirof etdi.
"Shomurodovni ham alohida tilga olaman. U "Rostov"da o'ynaganida, men ushbu hujumchining futbol intellekti Rossiyadagi boshqa hujumchilarnikidan ustun ekanini aytgan edim. Keyin u "Roma"ga yo'l oldi, demak men haq bo'lib chiqdim!", — dedi Orlov. Mutaxassisning takidlashicha, Shomurodov hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan eng yorqin futbolchilardan biri hisoblanadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar