Tezkor! "Yuventus"da bosh murabbiy o'zgardi
23 mar 2025 21:22
Yangiliklar
Tezkor! "Yuventus"da bosh murabbiy o'zgardi
Bu lavozimga xorvatiyalik Igor Tudor tayinlandi, deb xabar bermoqda Turin klubi matbuot xizmati.
Shartnoma muddati elon qilinmagan. OAV xabariga ko'ra, 46 yoshli mutaxassis bilan mavsum oxirigacha mo'ljallangan bitim imzolangan.
42 yoshli Motta joriy mavsum oldidan Massimiliano Allegri o'rniga "Yuventus" bosh murabbiyi etib tayinlangandi. Turinliklar 29 turdan keyin 52 ochko bilan A Seriya turnir jadvalida beshinchi o'rinda bormoqda. Oxirgi o'yinlarda ular "Atalanta" (0:4) va "Fiorentina" (0:3) jamoalariga yirik hisobda yutqazdi. Shuningdek, "keksa sinora" Italiya Kubogi chorak final bosqichida "Empoli"ga penaltilar seriyasiga ko'ra mag'lub bo'ldi.

Tudor 1998 yildan 2007 yilgacha "Yuventus"da o'ynab, Italiya chempioni bo'lgan va Chempionlar Ligasi finalida o'ynagan. Xorvatiyalik mutaxassis 2020/21 yilgi mavsumda Andrea Pirloning Turin klubidagi murabbiylar shtabida ishlagan. "Yuventus"ni tark etgach, "Verona", "Marsel" va "Lacio" klublarida bosh murabbiy bo'lib faoliyat yuritgan.
"Yuventus" Tudor boshchiligidagi ilk uchrashuvini 29 mart kuni "Jenoa"ga qarshi o'tkazadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Реал Сосьедад"га мағлуб бўлди
ЕЧЛ. "Будё Глимт" ўз уйида "Манчестер Сити"ни ишончли тарзда мағлубиятга учратди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
Ҳусниддин Алиқулов учун мавсум якунланди. Футболчи Жаҳон чемпионатида иштирок эта олмайди
Fikrlar