Tezkor xabar: O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bekor qilindi
01 fev 2022 13:55
Yangiliklar
Tezkor xabar: O'zbekiston - Yangi Zelandiya uchrashuvi bekor qilindi
O'yin oldidan topshirilgan PCR testlar jamoamizning barcha azolarida manfiy chiqdi va hammasi reja bo'yicha ketayotgandi.
Biroq bugun tongda Yangi Zelandiya terma jamoasining 12 futbolchisida o'yinoldi tekshiruvda koronavirus aniqlangani malum bo'ldi. Raqib jamoa vakillari bunday holatda o'ynay olmasliklari, murabbiy esa tarkib shakllantirish uchun etarlicha futbolchilarga ega emasligini bildirdi. O'z navbatida O'zbekiston terma jamoasi uchun ham futbolchilar salomatligi ustuvor hisoblanadi. Natijada tomonlar bugungi o'yinni qoldirishga qaror qilishdi", - deb yozadi O'FA matbuot xizmati.
Eslatib o'tamiz, oldinroq O'zbekiston terma jamoasining Yaponiya va Bahrayn bilan o'rtoqlik uchrashuvlari ham bekor qilingan edi. 10 yanvar kuni boshlangan Dubaydagi yig'in chog'ida Srechko Katanec boshchiligidagi termamiz "Al Vahda" (BAA) klubi bilan nazorat va Janubiy Sudan terma jamoasi bilan o'rtoqlik uchrashuvini o'tkazdi.
Fikrlar