Tezkor xabar: "Fiorentina" futbolchisi vafot etdi, "Udineze"ga qarshi o'yin esa bekor qilindi
Aslanov Jasurbek
4 mar 2018, 16:20
Bugun o'tkazilishi kerak bo'lgan "Udineze" hamda "Fiorentina" o'rtasidagi A Seriyaning 27-tur uchrashuvi bekor qilindi.
Bunga mehmon jamoa futbolchisi Davide Astorining vafoti sabab bo'ldi. Ma'lumotlarga ko'ra, 31 yoshli himoyachi bugun Udine mehmonxonasida o'lik holda topilgan.
Shuningdek, "Jenoa" - "Kalyari" uchrashuvi ham boshqa kuni o'tkaziladigan bo'ldi.