So’nggi yangiliklar

00:45МЮ яна Шешко вариантига қайтди. Бунинг учун клуб ўйинчи сотиши керак  0 00:19"Сўғдиёна" ўртоқлик ўйинида "Абдиш Ата" клуби билан дуранг ўйнади  1 23:59Винисиус янги шартнома бўйича "Реал"да Мбаппедан кўпроқ маош олишни истамоқда  4 23:35"Реал" Конатенинг трансфери бўйича "Ливерпуль" билан алоқага чиқди  0 22:45"Барса" Рэшфордни тўлиқ сотиб олиши учун қанча тўлаши кераклиги маълум. Футболчи маоши бироз камайишига рози бўлган  2 22:25"Нефтчи" ўртоқлик ўйинида Қирғистоннинг "Нефтчи" клубини ўта йирик ҳисобда ютди  8 22:01Мбемо "МЮ"да тиббий кўрикдан ўтди ва шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  2 21:35Расман: Тома Табатадзе "Бухоро" клубига ўтди!  13 21:07"Динамо" Беларусда ўтказилган назорат ўйинида маҳаллий жамоага ютқазди  1 20:35АПЛнинг икки клуби Коло-Муани билан шартнома имзоламоқчи  0 20:15Расман: Жаҳонгир Абдусаломов "Динамо" футболчисига айланди  3 19:49Сауль "Атлетико" билан шартномани бекор қилиб, турк клубига ўтади  0 19:34МЮ Жексоннинг агенти билан музокара ўтказди  2 18:50Петар Шегрт: “Лёв билан бўлган суҳбатимиз ОАВда тарқалиб кетишини истамайман. ЎФАдан бўлган таклиф ҳақида сўрамайман. Тожикистондан кетганимга сабаб…”  12 18:26Диалло "МЮ" ҳақида: "АПЛда кучли бешликка кирсак, мавсумни омадли деб ҳисобласа бўлади"  2

"Tez orada faoliyatimda yangilik bo'ladi". Gruziyadagi futbolchimiz Murod To'ychiboev Evropadan Osiyoga qaytadimi? Yangiliklar

"Tez orada faoliyatimda yangilik bo'ladi". Gruziyadagi futbolchimiz Murod To'ychiboev Evropadan Osiyoga qaytadimi?

Ushbu mavsum Gruziya chempionatida o'zbekistonlik futbolchi Murod To'ychiboev to'p tepayotganidan xabaringiz bor.

Yaqinda mazkur mamlakatda birinchi davra bahslari tugaydi. Eshitishimizga qaraganda hamyurtimizga Tailand va boshqa mamlakatlardan takliflar bor. Xo'sh, u faoliyatini Evropada davom ettiradimi yoki Osiyoda? Bu borada Murod To'ychiboev saytimizga fikrlarini bildirib o'tdi.

- Gruziyada ishlaringiz qanday ketmoqda? "Torpedo Kutaisi" bilan shartnomangiz qachonga mo'ljallangan?

- Avvalambor assalomu aleykum. Gruziyada ishlarim xudoga shukur yaxshi. So'nggi to'rtta turda birin-ketin raqiblarimizni mag'lubiyatga uchratmoqdamiz. Natijalarimiz yomon emas. - "Torpedo Kutaisi" bilan shartnomam shu yilning oxirigacha mo'lajallangan. Yil yakunida klub bilan tuzgan shartnomam tugaydi. 

- Tailand klubidan jiddiy taklif bo'lgani rostmi? Balki bu borada tez orada yangilik ko'rarmiz...

- Ha, Tailand klublaridan chorlov bo'ldi. Ularning taklifi o'z kuchida turibdi. Ayni paytda Gruziyada birinchi davra tugashini kutmoqdaman. Nasib qilsa tez orada faoliyatimda yangilik bo'ladi. 

- Evropa futboli havosini his qildingiz. O'zbekistonlik futbolchilarga u erda o'ynab ketishlari uchun eng asosiysi nima kerak?

- Futbolchida o'ziga bo'lgan ishonch yuqori bo'lsa bas. Bizning yosh futbolchilarga ozgina etibor berilsa har qanday chempionatda o'ynab keta olishadi. 

- Gruziyada qay tomonlama o'sishni sezdingiz? Avvalgi mavsumlarni Bangladesh chempionatida o'tkazgansiz. Ikki qita futboli o'rtasida tafovut bor baribir...

- O'z kuchimga ishonchim ortdi. O'ylaymanki, bu bilan to'xtab qolmayman. Oldinga intilishda davom etaman. Bugungi kun futbolida to'xtagan inson katta narsa yo'qotadi. 

- "Torpedo Kutaisi"da bosh murabbiy bilan aloqalaringiz qanday? CHunki Evropa jamoalariga borgan futbolchilarimizning bazilarida murabbiy bilan kelisha olmaslik holatlari uchramoqda...

- Ilk kundan boshlab bu borada muammo kuzatilmadi. Klubdagilar meni yaxshi ko'rishadi. Bosh murabbiy bilan munosabatlarim yaxshi. Ko'p narsa o'rganishga harakat qilyapman.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика