Terri APLdagi 400-o'yinda 34-golini kiritdi
02 dek 2013 09:41
Yangiliklar


Terri APLdagi 400-o'yinda 34-golini kiritdi
“CHelsi” klubi sardori Jon Terri, Angliya chempionatining 13-turidan o'rin olgan “Sautgempton” klubiga qarshi o'yinda maydonga tushdi (3:1).
Ushbu o'yin 32 yoshli “CHelsi” sardori uchun APLdagi 400-o'yin bo'ldi. Bundan tashqari Terri ushbu uchrashuvda o'zining 34-golini kiritdi.
APLda himoyachilardan eng ko'p golni “Everton”ning sobiq futbolchisi Devid Ansuort kiritgan. Takidlab o'tamiz himoyachi 38 ta gol kiritgan bo'lib, ularning 22 tasini penaltidan amalga oshirgan.

Fikrlar