Terri Anri Levandovskini qanday xursand qilgan?
09 iyu 2016 23:05
Yangiliklar
Terri Anri Levandovskini qanday xursand qilgan?
"Yoshligimda televizor orqali futbol ko'rardim. Polsha terma jamoasining o'yinlari hamda ECHL bahslarini tomosha qilishni yoqtirardim. Ammo ECHL uchrashuvlarini oxiriga qadar ko'rolmasdim, ikkinchi taymga kelib uxlardim. CHunki u paytda maktabda o'qirdim va bellashuvlar tungi vaqti boshlanardi. O'sha paytda menga Anri ijrosidagi o'yinlarni ko'rish yoqardi. Anrining o'yinlaridan zavq olardim. Yaqindagina Terri Anri oldimga kelib, mendan futbolkamni so'radi. Bu men uchun juda katta faxr! Keyin qiziqib undan so'radim, futbolkamni kim uchun so'rayapsan, desam, u menga o'zim uchun deya javob qaytardi. Bu juda yoqimli edi. Yaqin-yaqingacha men uning o'yinlarini televizor orqali ko'rib, zavqlanib o'tirardim. Anrining shaxsan o'zi mendan futbolkamni so'radi. Tasavvur qilyapsizmi...", - deydi Levandovski.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar