So’nggi yangiliklar

23:51Себальос "Марсел"га ўтишдан бош тортди. "Реал" хавбекни 11+4 млн еврога мажбурий сотиб олиш шарти билан ижарага беришга тайёр эди  0 23:25Равшан Ҳайдаров: "Ҳеч қачон рақибларга паст назар билан қараш керак эмас"  3 23:14Англия Лига Кубоги. ​"Гримсби Таун" – "Манчестер Юнайтед": Онана, Магуайр, Хевен, Амад ва Шешко бошланғич таркибда!  0 22:59Илёс Зейтуллаев: "Бу ўйин менга катта дарс бўлди"  3 22:39Виктор Карпенко: "Жамоамиз футбол ўйнашни билади"  8 22:12Ўзбекистон Кубоги ярим финалига қуръа ташланди  28 21:54Элдор Мойлиев: "Бугун энг ёмон ўйинларимиздан бирини кўрсатдик"  0 21:35Вадим Абрамов: "Динамо"нинг барча футболчилари терма жамоада ўйнашга лойиқ"  12 21:28Ўзбекистон Кубоги. "Бухоро" "Бунёдкор"ни енгиб, ярим финал йўлланмасини нақд қилди, Табатадзедан дубль!  97 21:11Голларга бой ўйинда ўзбекистонлик афсоналар жаҳон футболи юлдузларидан устун келди  13 20:52Отабек Шукуров: "Бундан буён ЖЧга чиққан жамоамиз, шунга яраша ўйнашимиз керак"  9 20:35Ўзбекистон Кубоги. "Динамо" "Шўртан" дарвозасига жавобсиз 3 та тўп йўллади ва ярим финалга йўл олди  9 20:15Мбаппе, Дембеле, Тюрам, Меньян, Шерки ва Олисе - Франциянинг Украина ва Исландия билан ўйин учун таркибида, Экитике эса йўқ  1 18:57ОКМК футбол академияси учун янги замонавий бино фойдаланишга топширилди  0 18:00Championat.asia ҳамда Transfermarkt Ўзбекистон Суперлигасининг августдаги энг яхши мураббийи ва футболчисини аниқлади   18

Termizdagi stadionni zamonaviylashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda Yangiliklar

Termizdagi stadionni zamonaviylashtirish ishlari qizg'in davom etmoqda

Teglar :  Surxon ArenaSurxon
"Surxon Arena" stadioni tubdan rekonstrukciya qilinmoqda. U qurib bitkazilgandan so'ng OFK (Osiyo futbol konfederaciyasi) licenziyalash standartlariga javob beradigan xolga keltiriladi.

O'zgarishlar Surxondaryo viloyati futboli rivojiga salmoqli hissa qo'shadi, ayniqsa, hududning yosh avlodi uchun muhim ahamiyatga ega bo'ladi.

Tekshiruvdan so'ng stadionni zamonaviylashtirish, tomoshabinlar o'rindiqlarini, infratuzilmani, shu jumladan maysazor sifatini va boshqa masalalarni takomillashtirish bo'yicha reja tuzilib chiqildi. 

Ish jarayonida stadionning maxsus yoritilishi FIFAning alohida tartiblariga muvofiq taminlanadi.

Dastlabki qiymati 1,5 mln AQSH dollari bo'lgan zamonaviylashtirish jarayoni ERIELL Group tomonidan taminlanmoqda. Tashkilotning boshqaruv raisi Baxtiyor Fozilov 2023 yildan “Surxon” professional futbol klubiga rahbarlik qilib kelmoqda. 

Bu yilgi mavsumda “Surxon” PFK futbolchilari Coca Cola Superligasi va O'zbekiston kubogi o'yinlarida yuqori natijalarga erishdilar. Hozirda jamoa klub tarixidagi eng yaxshi natijalarni ko'rsatib kelmoqda. 

SHu bilan bir qatorda, ko'plab yosh surxondaryolik futbolchilarni jamlab olgan klub akademiyasi ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda. 

Zamonaviylashtirish jarayoni nihoyasiga etgach, stadion sifatli o'yinlarni o'tkazish uchun kerakli standartlarga javob bera oladi va yana ko'plab futbol muxlislar maskaniga aylanadi. 

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика