So’nggi yangiliklar

07:30Эрон ОАВси. Сергеев "Персеполис" билан шартнома имзолади  0 03:15Африка кубоги. 1/8 финал. Мали пенальтилар сериясида Тунисни мағлуб этди, Сенегал эса Судан устидан зафар қучди  0 03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  24 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  1 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  12 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  3 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  3 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  2 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0

Termaga katta rahmat, endi JCH saralashini o'ylaylik Yangiliklar

Termaga katta rahmat, endi JCH saralashini o'ylaylik

Kecha Avstraliyaga mag'lub bo'ldik. Alamli mag'lubiyat.

G'alabaga munosib edik. Ignatiyning qaytargan penaltisidan keyin barcha g'alaba haqida o'yladi. CHorak finalni o'yladi. Yarim finalni o'yladi. Finalni o'yladi. Rekordlarni o'yladi. Ammo orzular chilparchin bo'lib ketdi. Ignatiyga achindim, o'yin tugaganidan keyin uni ko'rib tomog'im achishdi, ko'zimdan yosh chiqdi. Penaltidan gol urish qaytarishdan osonroq. Butun bir o'yin davomida bizni qutqargan posbon seriyada ham o'zini ko'rsatdi. Ammo uning mehnatini oyoqosti qilishdi. Faqatgina Ignatiyni o'yladim. Uning termadagi so'nggi o'yini deb o'yladim. Balki oxirgisimasdir. Ammo Osiyo Kubogida endi uni boshqa ko'rmaymiz.

Ha, mayli-da, degimiz keladi. Ammo juda yomon o'ynab, yirik hisobda yutqazmadik. Juda zo'r o'ynadik, raqiblar bilan 120 daqiqa turib berdik. Ammo bu eriga nimalardir etmadi.

O'yin davomida Kuperning taktikasi ish berdi (Aslida Avstraliya bilan o'ynashimizni Yaponiyaga qarshi o'yin uchun asosiy tarkib elon qilingandayoq bilgandi, ko'pchilik. Kuper Avstraliya uchun katta rotaciyaga yo'l qo'ydi. Asosiy tarkibning bir necha futbolchilari zaxiraga o'tirdi). Balki Avstraliya kuchsizlangandir, ammo ular bizdan bir bosh ustun bo'lib kelishgan. Demak, o'yinda ikkinchi raqamli bo'lishimiz tabiiy hol, nazarimda. Hulosa, himoyaviy o'yinning hech qanday aybi yo'q. Mourino ham o'zining "avtobusi" bilan katta natijalarga erisha olgan. "Zato" qarshi hujum o'tkir bo'ladi.

Yaponiyaga qarshi o'yinda dam olgan futbolchilar ancha o'ziga kelib olgan va "svejiy" kuch bilan o'ynay oldi. Avstraliyada esa barcha deyarli bir xil saviyali futbolchilar. Muammo shundaki, bizda raqibdagilar kabi hujumchi yo'q. Marat Bikmaevning yoshi o'tmoqda, u ko'p yugura olmaydi. Nailoj, Eldor, marhamat gollar ur!

SHukurki, himoyachilarimiz anchagina tartibli. Davron, Anzur, Islom, Oleg. Hozirgi paytda milliy chempionatimizdagi eng kuchli himoyachilar, shunday emasmi. Ular Avstraliyaga qarshi o'yinda ham buni yana bir bor isbotlashdi. Kuper o'yinga himoyachilarni tanlashda adashmadi. SHukurov o'zining ajoyib o'yini bilan ularga yordam berdi. Tan olish kerak, hozirgi tarkib bilan hujumkor o'yin ko'rsatish biroz qiyinroq nazarimda. Ayniqsa raqib Avstraliya bo'lsa. Bu guruh bosqichi emaski, tavakkal qilsang.

Kuperning taktikasi 120 daqiqa davomida o'zini oqladi, raqib futbolchilari kutilganidan kam vaziyat yaratdi, o'yin "lotereya"gacha bordi. Mabil va raqibning boshqa futbolchilari himoyachilarimizning "qora ro'yxati"ga tushib qoldi. Ignatiy Nesterov esa o'zining qahramonligi bilan termamizni yana va yana qutqaraverdi. To'g'ri, hujumkor o'yin bo'lmasada, taktik tomondan ancha tartibli o'yin ko'rsatdi futbolchilarimiz. Ikki tomon murabbiylari shaxmatdagi kabi yurishlar qilishdi. Qo'rqmasdan ayta olamiz, Avstraliya - O'zbekiston taktikalar jangi bo'ldi. Va bunda Kuper yutib chiqdi (bu mening fikrim). Agarda Avstraliyaga qarshi hujumkor o'yin ko'rsatganimizda raqiblar indamay bir necha golni darvozamizga joylashi mumkin edi. Ular bilan ochiq o'yin ko'rsatib bo'lmaydi. Tavakkal qilmasdan ortdan o'yinni tashkil qilaveraylik. Zero bu taqiqlanmagan.

Endi penaltilar seriyasi ham murabbiyga bog'liq emasda. Barcha Kuperni tanqid qilmoqda. Nima endi seriyani ham u tepishi kerakmi? Bu yog'i omad. Mag'lub bo'ldik. To'xtadik. Nimchorak finalning oxirgi o'yini tugamasidan Toshkentga keldik. Bo'ldi. Biz uchun musobaqaning qizig'i yo'q.

Barchaning qarashi xar xil, o'z fikri, qarashlari bor. Kuperning uslubi esa boshqa murabbiylarga qaraganda anchagina ajralib turadi. Va U buni termaga singdira olgan. Men muxlislik qiladigan murabbiy ham pragmat bo'lgani uchun-mi, nimagadir, himoyaviy uslubni yomon ko'rmayman. Albatta, termamiz hujumkor o'ynasa, zo'r bo'lardi. Biroq grandlarga qarshi bu uslubni ishlatish yomon emas. Hech qisi yo'q. Kuper Osiyo futboliga kirib kelganiga ko'p ham bo'lmadi. Asosiysi yaxshi jamoa shakllantirmoqda. Ammo yaqin yillarda ko'plab "qariya"larimiz termadagi faoliyatini yakunlaydi. Argentinalik mutaxassis Ignatiy Nesterov, Anzur Ismoilov, Oleg Zoteev, Odil Ahmedov, istexzo bilan Marat Bikmaev kabi futbolchilarning o'rniga nomzodlar qidirishi darkor.

JCH saralashi ham hademay boshlanadi. O'ta muhim va qiyin davrlar hali oldinda. Ishonamizki, Misr orzusini ushaltirgan Kuper bizni ham mundialga olib boradi. Barchamiz bir yo'lda birlashib, futbolchi va murabbiylarni qo'llab-quvvatlaylik!

Mirjalol Normatov

Reyting: +176   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика