So’nggi yangiliklar

13:49Саудия Арабистонидагилар Винисиусдан умидларини узишмаган  0 13:10Рубен Аморим: "Рэшфорд жамоамизга мос футболчи эмас"  6 12:47"Ливерпуль" дарвозабони клубдан кетмоқчи  1 12:29Илёс Зейтуллаев — "Бунёдкор" бош мураббийи!  6 11:00Фарруҳ Зокиров: "Ўйин финал каби ўтди ва Шойимованинг бенефисига айланди"  4 10:49Ўзбекистон миллий терма жамоаси Доҳага етиб келди  15 10:37"Эшитдик-да" тасдиқланди. Катанец терма жамоа йиғинида қатнашмайди  55 10:20Неймар собиқ жамоасига қайтди  4 09:39Эшитдик-да! Ўзбекистон терма жамоасининг январь ойидаги йиғинига Катанец келмаслиги мумкин   33 09:33"Жон сақлаш учун курашмаймиз, "Қўқон-1912"нинг мақсади фақат юқорига интилиш" - Жасурбек Ёқубов  0 08:55Водий жамоасининг хориж йиғинида бўйдор ҳимоячи иштирок этади  3 08:35"Қизилқум" собиқ легионери "Машъал" йиғинига келиб қўшилди  1 08:05"Торино" клуби тарбияланувчиси "Андижон"га ўтиши мумкин  3 07:30Расмий хабар: "Шўртан" Ўзбекистон чемпиони ва икки нафар дарвозабон билан шартнома имзолади   2 02:39А Серия. "Интер" "Жузеппе Меацца"да "Эмполи"дан устун келди  1

Terma jamoamizning himoya qo'rg'oni bo'lgan Ashurmatov endi murabbiy bo'lib ishlaydi Yangiliklar

Terma jamoamizning himoya qo'rg'oni bo'lgan Ashurmatov endi murabbiy bo'lib ishlaydi

O'z vaqtida milliy terma jamoamiz himoya qo'rg'oni bo'lgan Baxtiyor Ashurmatov endilikda murabbiy sifatida Mirjalol Qosimovga yaqindan yordam beradigan bo'ldi.
Futbolchilik davrida terma jamoamiz libosida 54 bor maydonga tushgan Baxtiyor Azamovich 2013 yilning ikkinchi yarmidan murabbiylik sohasida ish boshlaganini yaxshi eslasangiz kerak. Birinchi ligada “Guliston”ni kuchlilar safiga olib chiqqan 38 yoshli murabbiy 2013 yili oliy ligada kurashchan klub sifatida shakllantira olgandi. Biroq yuzaga kelgan moliyaviy muammolar tufayli jamoa 2013 yilning o'zidayoq yana quyi ligaga ravona bo'lgandi. Lekin shunga qaramay Ashurmatov muxlislarda iliq taassurot qoldirgandi.

Joriy mavsum boshida esa unga hattoki oliy liganing bir qator klublaridan qiziqarli takliflar kelib tushgani bor gap. CHempionat startiga oz muddat qolgan bir paytda Baxtiyor Azamovich “Navbahor”ni qabul qilib oldi. Murabbiy sifatida ikkinchi jamoasi bo'lmish “Navbahor”da u tarkibni asosan mahalliy futbolchilar hisobiga kuchaytirishga etibor qaratdi. SHuningdek bir qator etakchi o'yinchilar bilan tarkibni shakllantira oldi. Afsuski Namangan klubida ham bu yil moddiy imkoniyatlar yaxshi bo'lmayotgani quloqqa chalinmoqda. Olingan malumotlarga ko'ra, hozirgacha futbolchilar oylik maoshlarini olishmagan. Faqatgina 2-3ta o'yinning mukofot pullari berilgan.

Garchi vaziyat shunday bo'lsa-da, “Navbahor”ning qayd etayotgan natijalari maqtovga loyiqdir. Kamtarona moliyaviy imkoniyatlardan kelib chiqib, murabbiy Namanganda ham yana bir raqobatchi jamoa shakllantira olganiga guvoh bo'lmoqdamiz. “Lochinlar”ni ayni paytda turnir jadvalida 5-o'rindan joy egallab turishida tabiiyki bosh murabbiynig o'rni katta.

Mana shunday ijobiy faoliyatdan so'ng Ashurmatov milliy terma jamoaga taklif etildi. O'quvchilarimizga yaxshi malumki, ilgari Qosimov-Ashurmatov milliy terma jamoamizda birga o'ynagan. Endilikda ular murabbiy sifatida ham birga ishlaydigan bo'ldi.

Malumot uchun:   
Ashurmatov Baxtiyor Azamovich
Tug'ilgan yili: 25 mart 1976 yil
Tug'ilgan joyi: Qo'qon, O'zbekiston
Fuqaroligi: O'zbekistan
Bo'yi:187 sm
Vazni:85 kg
Lavozimi: Bosh murabbiy
Klubi:“Navbaxor”

Futbolchilik faoliyati:
1994-1997 “MHSK”
1997-1999 “Paxtakor”
2000 “Do'stlik”
2001-2002 “Paxtakor”
2003 “Spartak-Alaniya” 6 (0)
2003 “Torpedo-Metallurg  5 (0)
2004-2005 “Paxtakor”
2005-2006 “Krilya Sovetov”  1 (0)
2007-2009 “Quruvchi”/“Bunyodkor”  62 (1)
2010 “Xorazm”13 (1)
2011-2012 “Lokomotiv” (Toshkent)
 
O'zbekiston milliy terma jamoasida
1997-2008 O'zbekiston  54 (1)[1]

Murabbiylik faoliyati
2012-2013 “Guliston”
2014- “Navbahor”
 

Islombek Rustambekov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика