Terma jamoamiz penaltilar seriyasiga tayyor
21 jan 2015 18:15
Yangiliklar

Terma jamoamiz penaltilar seriyasiga tayyor
Janubiy Koreya terma jamoasi Melburnda ilk marotaba o'ynashi bois o'yin bo'lib o'tadigan stadionda ular mashg'ulot o'tkazdilar.
Bunga qadar koreyslar Kanberrada ikkita, Brisbenda bitta o'yinda maydonga chiqqan edilar. O'zbekiston terma jamoasi zaxira maydonidan foydalandi. "Formula-1" trassasi oldida bo'lib o'tgan yig'inimiz roppa - rosa bir soat davom etdi.
Bu safar mashg'ulotga qarab ertangi tarkibni belgilash juda qiyinchilik tug'dirdi. Ikki tarkib ham penaltilar seriyasiga tayyorgarlik ko'rdilar. Darvozalarda Nesterov emas, To'raev va Suyunov o'zini sinab ko'rdi.
Jeparov mashg'ulot so'nggida yakka tarkibda shug'ullandi. Xitoy bilan o'yinda oyoq paylarini cho'zib olgan To'xtaxo'jaev esa safdan chiqib ulgurgan.
Muhammadiev, Tursunov, To'raev, Haydarov, Ismoilov, Kapadze, SHodiev, Ahmedov, Krimec va Hasanov bitta tarkib bo'ldilar.
Ikkinchi tarkibdan esa quyidagi futbolchilar o'rin olishdi:
Denisov, Rashidov, Sergeev, Sayfiev, Mullajonov, Iskanderov, SHorahmedov, Nasimov.

Fikrlar