Terma jamoalarimiz rejasi tayyormi?
27 noy 2013 12:19
Yangiliklar

Terma jamoalarimiz rejasi tayyormi?
Milliy terma jamoamiz Vetnam hamda Gonkong bilan safardagi uchrashuvlarni o'tkazgach, biz uchun futbol mavsumi to'liq yakunlandi.
Barcha terma jamoalarimiz yilni tugatishga ulgurishdi. Endi bizni 2014 yildagi uchrashuvlar kutadi. Xo'sh, bu yil terma jamoalar qanday taassurot qoldirishdi? Keyingi yilga ularda qanday rejalar bo'lishi mumkin? Ushbu maqolada shu holatlarga to'xtalamiz.
Milliy terma jamoamiz joriy yilda jahon va qita chempionati final bosqichlariga yo'llanmani hal etish imkoniyatiga ega edi. Mundial uchun kurashda doimgidek hal qiluvchi pallada pand edik. Hali bizda o'ziga xos kuchli xarakter shakllanib ulgurmagani sezilib qoldi. Natijada futbolchilar saviyasi bizdan pastroq bo'lgan jamoalar bilan bahslarda muhim ochkolarni qo'ldan boy berdik. Osiyo Kubogi saralashida esa vazifani bir tur qolganda hal etib qo'ydik. Demak, asosiy jamoa uchun yilni o'rtacha baholash mumkin. 2014 yilda esa terma jamoamiz faqat bitta rasmiy bellashuvda maydonga tushadi. Mart oyi boshida Toshkentda BAA mehmon bo'ladi. SHu bilan 2015 yilning yanvar oyiga qadar bizda boshqa rasmiy o'yin yo'q. Bu davr oralig'ida imkon qadar FIFAning o'rtoqlik bahslari uchun belgilangan sanalaridan unumli foydalanishga harakat qilish shart. Sentyabr, oktyabr va noyabr oyida ikkitadan o'rtoqli uchrashuvi o'tkazish imkoniyati mavjud. SHuningdek, jahon chempionati boshlanishi arafasida Evropada milliy chempionatlar yakunlangan bo'ladi. O'sha paytda ham taxminan 2 hafta mobaynida turli jamoalar o'zaro o'yinlar o'tkazishadi. Aytaylik, Osiyo jamoalariga qarshi mundialda to'p tepadigan raqiblardan biri bilan kelishuvga erishsa bo'ladi. Sentyabr, oktyabr va noyabr oylari uchun hozirdan raqib qidirishni boshlab yuborish lozim. Oliy liga noyabrda tugasa, shundan keyin yanvargacha terma jamoamiz Avstraliyadagi Osiyo Kubogiga hozirlik ko'radi. Biroq noyabrdan keyin faqat Osiyo termalari bilan o'rtoqlik bahslari tashkil etishimiz mumkin. SHu sababli FIFA kunlarida ko'proq boshqa konfederaciyalar jamoalariga qarshi o'yin tashkil etilsa, juda yaxshi bo'lardi. Bu muxlislarga ajoyib sovg'a bo'ladi, shuningdek, o'zimizni boshqacha uslubda o'ynaydigan jamoa bilan bellashuvda sinab ko'ramiz. Lekin rejalar tuzishni bugundanoq boshlamasak, ertaga yana bu yilgi ahvolga tushib qolamiz.
23 yoshgacha bo'lgan terma jamoamiz Ummonda o'tadigan Osiyo chempionatida ishtirok etadi. Bu yoshdagi jamoalar uchun qita chempionati ilk bor tashkil etilmoqda. Musobaqaga bir yarim oycha vaqt qoldi, biroq unda qatnashadigan jamoa umuman tayyorgarlikka ega emas. Unda qaysi jamoaning qatnashishini bilmaymiz. Hozircha bu to'g'risida gap yo'q. Bilganimiz shuki, Aleksey Evstafeev boshchilik qilgan jamoa o'tgan yili Bangladesh, Nepal, Yaman va Iordaniya bilan o'tgan uchrashuvlarda final bosqichi yo'llanmasiga ega chiqqan. Musobaqada 22 yoshli futbolchilar qatnashishi mumkin. Demak, 1991 yilda tug'ilgan o'yinchilar unda ishtirok etadi. Bizda ushbu yilda tavallud topgan bir qator yaxshi futbolchilar bor. Lekin hozircha Ummonga yo'l oladigan tarkib haqida hech narsa deya olmaymiz. Balki, navbatdagi Olimpiada uchun saralash vazifasini o'tab beradigan 2015 yilgi qita chempionatida qatnashishi mumkin bo'lgan jamoani tajriba to'plash maqsadida Ummonga yuborishar. Guruhda Saudiya Arabistoni, Xitoy va Iroq bilan to'qnash kelishimizni eslatib o'tamiz.
Yoshlar terma jamoamiz Turkiyadagi mundialda chorak finalgacha etib bordi. Endi bu jamoa Olimpiadaga chiqish uchun urinib ko'radi va faoliyatini davom ettiradi. Endi yoshlarimiz ulg'ayishadi. Ularga Ahmadjon Musaev murabbiylik qilishda davom etadimi yoki yo'qmi, bu masala hozircha hal etilmagan. Kozak, Sergeev, Iskanderov singari yoshlarning allaqachon milliy terma jamoaga jalb etilgani bizni quvontirmay qo'ymaydi. Yoshlarni tarbiyalashdan asosiy maqsad o'sha yoshda qandaydir natijani qo'lga kiritish emas, balki milliy terma jamoaga bo'lajak yulduzlarni tarbiyalab berishdan iborat. Bu yoshda jahon chempioni bo'lsangiz ham keyinchalik milliy terma jamoa tuzukroq natijaga erishmasa, o'sha chempionlikning bir tiyinlik foydasi yo'q. Aytaylik, SHveciya yoshlar va o'smirlar futbolida ijobiy natijalarga deyarli erishmagan, lekin milliy terma jamoasi hamisha kuchlilarga munosib qarshilik ko'rsatadi. Biz ham shunday yo'lni tanlashimiz zarur. Bo'lajak yoshlar termasini Aleksey Evstafeev boshqarmoqda. Qatar, Hindiston, Nepal va Turkmaniston bilan bir guruhda bellashgan yoshlar saralash bosqichini muvaffaqiyatli o'tashdi. Endi kelasi yil Myanmarda o'tkaziladigan Osiyo chempionatida Evstafeev shogirdlari kichik mundialga yo'l olishga urinib ko'rishadi. Bu vazifa oson bo'lmasligi tayin. Ushbu yoshlar termasi birinchi navbatda o'yin uslubini shakllantirib, futbolchilar saviyasini o'stirishga intilish kerak. Buning uchun yig'inlardan tashqari har oydagi FIFA kunlarida kuchliroq raqiblarni Toshkentga taklif etish lozim. Evropaning 18 yoshli futbolchilar o'ynaydigan terma jamoalarini o'rtoqlik uchrashuviga chaqirish unchalik qiyin ish emas. Ularning aksariyati aynan FIFA kunlari arafasida o'rtoqlik bellashuvlari o'tkazib turishadi.
O'smirlar terma jamoasi yaqindagina BAAda bo'lib o'tgan jahon chempionatida ishtirok etdi. Unda nimchorak finalga etib borgan jamoaning o'yini kimlargadir maqul keldi, boshqalarga esa yo'q. Eng muhimi, Dilshod Nuraliev shogirdlari orasida o'z ustida ishlashda davom etsa, kelajakda yaxshi futbolchi bo'lib etishadigan o'yinchilar borligini ko'rdik. Natijadan ko'ra shunisi muhimroq. Keyingi yil Tailandda bo'lib o'tadigan qita chempionatida qatnashadigan o'smirlar terma jamoasiga Temur Olimxo'jaev boshchilik qilyapti. Bu jamoa Toshkentdagi saralash bellashuvlarida iliq taassurot qoldirdi. Falastin va Yaman yirik hisoblarda dog'da qoldirildi. Tailanddagi bahslarning qachon o'tkazilishi hozircha aniq emas. Faqat har safar bo'lganidek, kuz faslida yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi chempionatlar tashkil etiladi. Olimxo'jaev jamoasiga ham imkon bo'ldi deguncha kuchli jamoalarga qarshi o'rtoqlik o'yinlari o'tkazib berish zarur. SHundagina o'sib kelayotgan futbolchilarning yuqori saviyani ushlab turishiga umid qilsak bo'ladi.
Har qaysi mamlakat futbol saviyasi milliy terma jamoa qo'lga kiritayotgan natijalar bilan belgilanadi. SHu sababli birinchi navbatda baribir milliy terma jamoaga bo'lgan etiborni kuchaytirish darkor. Mashg'ulot markazi, sifatli liboslar bilan taminlash, o'rtoqlik uchrashuvlarini ko'proq va kuchli raqiblar bilan tashkil etish, safarlarga etib borishda eng tez va qulay variantni tanlash (Xaxxot voqeasi takrorlanmasligi uchun) va boshqa har bir kamchilikka jiddiy etibor qaratishi shart. Aks holda, jahon chempionati yo'llanmasiga ega chiqish biz uchun uzoq vaqt armon bo'lib qolishi mumkin.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar