Terma jamoaga nomzodlar etishtirishda kimlar etakchi?
30 dek 2013 11:54
Yangiliklar

Terma jamoaga nomzodlar etishtirishda kimlar etakchi?
Klublar futbolida eng birinchi vazifa sifatida zarur natijalarga erishish vazifasi qo'yiladi. SHu bilan birga yoshlarga bo'lgan etibor ham chetda qolib ketmasligi lozim.
Ayniqsa, bizda bu borada hukumat darajasida bo'layotgan etibor, klublarga yirik kompaniyalarni homiy qilib tayinlayotgan holatda yoshlar futbolini esdan chiqarmaslik shart. CHunki oldimizga milliy terma jamoaning mundialda qatnashish vazifasini qo'ygan ekanmiz, bunga poydevor sifatida yoshlar va o'smirlar futboli saviyasini ko'tarib borishimiz kerak bo'ladi. Xo'sh, 2013 yilda qaysi jamoalar yoshlar va o'smirlar terma jamoalariga nomzodlar etishtirib berishda etakchilik qilishdi?
Savolga javob topish uchun jahon chempionatlari va Osiyo chempionati saralash bahslarida ishtirok etgan 4 terma jamoamizning yakuniy tarkibi asosida xulosa chiqarishga qaror qildik. Bundan boshqa imkoniyat ham yo'q aslida. CHunki yig'inlarda murabbiylar imkon qadar ko'proq futbolchini tekshirib olishga intilishadi, final bosqichlari yoki saralash o'yinlari uchun ularning eng yaxshilari taklif qilinadi. To'g'ri, bazida asosiy tarkibga nomzodlar jarohat tufayli chetda qolib ketishadi, biroq baribir eng oxirgi tarkiblar yordamida aniq raqamlarni ifodalash mantiqliroq. SHu erda kimning yoshlar va o'smirlar futboliga qanday etibor berayotgani, qanchalik samarali hamda foydali ishlayotgani ko'rinib qoladi. Milliy terma jamoada hozirgi paytda asosan xorijlik futbolchilarga ishonch bildirildi, qolganlarning aksariyati oliy ligada kuchli to'rtlikdan joy olgan klub vakillaridan iborat. Demak, dastlab o'smirlar terma jamoalariga chaqirilgan futbolchilar misolida vaziyatni tahlil qilib o'tsak.
Dilshod Nuraliev boshchiligida BAAda bo'lib o'tgan jahon chempionatida qatnashgan futbolchilarga nazar tashlaymiz. Darvoqe, ijaraga berilgan futbolchilarni ular huquqiy jihatdan tegishli bo'lgan jamoa uchun hisobladik. Bu jamoada eng ko'p vakil “Paxtakor”dan bo'lgan. 10 nafar yosh paxtakorchilar BAAda o'tkazilgan jahon chempionatiga borgan yakuniy tarkibda qayd etilganlar. “Bunyodkor” ham 4 futbolchisi bilan bemalol maqtanishi mumkin. “Lokomotiv” va “Mashal” 2, “Yangier”, “Nasaf” va “Buxoro” bir nafardan o'yinchilarni o'smirlar termasiga tayyorlab berishgan.
Paxtakor 10
Bunyodkor 4
Lokomotiv 2
Mashal 2
Yangier 1
Nasaf 1
Buxoro 1
Temur Olimxo'jaev boshqarayotgan va keyingi yil Osiyo chempionati final bahslarida qatnashadigan o'smirlar termasi Toshkentda o'tgan saralash bosqichida ikki yirik g'alabani qo'lga kiritdi. Bu jamoa safiga ko'plab iqtidorlar orasida munosiblarini saralab olgan Olimxo'jaev Yaman va Falastin termalariga qarshi uchrashuvlarda maydonga tushishi uchun “Paxtakor”dan 12 nafar yosh o'yinchilarni taklif etdi. “Nasaf” va “Mashal”dan 3, “Bunyodkor”dan 2 va “Dinamo”dan yagona futbolchi mazkur termaga chaqiruv olgandi. O'smirlar termasining har ikki avlodiga jami 42 futbolchidan 22 nafari “Paxtakor” akademiyasi tomonidan tayyorlab berilgani etiborga molik. “Bunyodkor” va “Mashal” qolganlarga nisbatan foydaliroq ishlashgani ko'rinib turibdi. Bizningcha, muborakliklar akademiyasi bundan ham samaraliroq ishlash imkoniyatiga ega. Bu klub akademiyasida istedodli futbolchilar etarlicha topiladi. Biroq asosiy tarkibga kirishib ketishda ular katta qiyinchilikka duch kelishmoqda. Balki, jamoa rahbariyati akademiya tarbiyalanuvchilari MDH davlatlarida bo'lib o'tayotgan turli xalqaro turnirlarga ko'proq yuborishi kerakdir. SHunda faqat terma jamoaga chaqirilayotgan emas, aksincha barcha o'yinchilarning tajribasi birgalikda ortib borardik. Bu oxir-oqibat omildorlikning oshib borishiga sabab bo'ladi.
Paxtakor 12
Nasaf 3
Mashal 3
Bunyodkor 2
Dinamo 1
Ahmadjon Musaev yoshlar terma jamoasini Turkiyadagi mundialda chorak finalgacha olib chiqdi. Bu jamoa safidan bir qator futbolchilar allaqachon milliy terma jamoa sharafini himoya qilib ulgurishdi. Aslida eng yaxshi natija ham shu. Bungacha yoshlar termasidan milliy terma jamoaga darhol bunchalik ko'p o'yinchi jalb etilmagandi. Faqat Islom To'xtaxo'jaev shunday maqomga loyiq ko'rilgandi. Hozir Kozak, Iskandarov va Sergeev terma jamoa yig'inlarida ishtirok etib, o'yinlarda maydonga tushishmoqda.
Bu terma jamoamizga nomzodlarning 13 nafari “Paxtakor”dan chaqirildi. “Bunyodkor” hamda “Lokomotiv” uch nafardan futbolchiga ega. “Dinamo”, “Olmaliq” hamda “Mashal” bittadan o'yinchilarni yoshlar termasi safida jahon chempionatiga yuborishni uddalashdi.
Paxtakor 13
Lokomotiv 3
Bunyodkor 3
Dinamo 1
Olmaliq 1
Mashal 1
Aleksey Evstafeev ustozlik qilayotgan bo'lajak yoshlar termasi Qatardagi saralash bosqichini muvaffaqiyatli o'tkazib, Myanmada bo'ladigan Osiyo chempionati final bahslari yo'llanmasini naqd qilib qo'ydi. O'sha jamoaga taklif olgan futbolchilardan eng ko'pi “Paxtakor” va “Bunyodkor”ga tegishli edi. Bu klublar 6 nafardan tarbiyalanuvchilarini yoshlar termasiga tayyorlab berishgani tahsinga loyiq. “Mashal”da esa bunday futbolchilar soni 5tani tashkil qildi. Birinchi liga klublaridan “CHust-Paxtakor” va “Spartak”ni alohida etirof etish joiz. Bunga o'smirlar termasiga darvozabon etishtirib bergan “Yangier”ni qo'shib qo'yamiz. Ular oliy ligada faoliyat ko'rsatib, yil mobaynida shu 4 terma jamoadan birortasiga ham nomzod etkaza olmagan klublarga o'rnak bo'lishdi.
Yoshlar terma jamoalariga eng ko'p vakilni “Paxtakor” tayyorlagan. 45 futbolchidan 19 nafari “sherlar” tarbiyalanuvchilari bo'lganini qayd etib qo'ying.
Paxtakor 6
Bunyodkor 6
Mashal 5
Olmaliq 1
Buxoro 1
Neftchi 1
CHust-Paxtakor 1
Nasaf 1
Spartak 1
Jami hisoblasak, 87 o'yinchidan 41 nafari “Paxtakor”, 15 nafar “Bunyodkor”, 11 futbolchi “Mashal” tarbiyalanuvchilari sanaladi. SHu uch jamoa yoshlar va o'smirlar termalarining har 4 avlodiga o'yinchi etishtirib berishdi. “Lokomotiv” va “Nasaf”da 5 nafardan vakillari bor. Qolgan barcha jamoalar hissasiga 10 futbolchi to'g'ri keladi. Oliy ligada o'ynayotgan klublardan “Qizilqum”, “SHo'rtan”, “Guliston”, “So'g'diyona”, “Metallurg” va “Navbahor”dan yuqoridagi terma jamoalarga birorta futbolchi yakuniy tarkibga jalb qilinmagan.
Biz ushbu maqolada barcha raqamlarni keltirib o'tdik. SHuning o'zidan kim qanday ishlayotgani haqida xulosaga kelish mumkin. Biz nomzod tayyorlab berayotgan klublar orasida ko'proq nomlarni ko'rishni istagan bo'lardik.
Behzod NAZAROV.

Fikrlar