Terma jamoaga chaqirilganlar haqida
21 iyu 2014 14:19
Yangiliklar
Terma jamoaga chaqirilganlar haqida
Kechadan boshlab O'zbekiston terma jamoasi Toshkentda o'zining navbatdagi o'quv-yig'in mashg'ulotiga kirishdi.
O'FF rasmiy saytida O'zbekiston milliy terma jamoasi yig'ildi deb yozilgan bo'lsa-da, aslida milliy terma jamoaga yaqin tarkib yig'ildi desak to'g'riroq bo'ladi. CHunki milliy terma jamoa deganda ko'z oldimizga shu zahoti Vitaliy Denisov, Odil Ahmedov, Server Jeparov, Sanjar Tursunov, Ignatiy Nesterov kabi futbolchilar keladi. Hozirgi jamoa kuzda bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlarida ishtirok etadi. Bunda milliy terma jamoa emas, balki 23 yoshgacha futbolchilardan iborat jamoa ishtirok etadi. SHuningdek, uchta yoshi katta futbolchini qo'shib olish mumkin.
Terma jamoamiz ustozi Mirjalol Qosimov 9 kunlik yig'inga 26 nafar futbolchini taklif etdi. Bizga malum bo'lishicha, yig'in davomida to'rtta nazorat bahsi o'tkaziladi va afsuski, o'yinlarning hammasi o'zimizning oliy liga klublari bilan bo'lib o'tadi. Bu o'yinlar nima beradi? Aytaylik, terma jamoa futbolchilari uchun “Metallurg”, “Navbahor” kabi klublarga qarshi o'ynashning qizig'i bormi? Agar Efiopiya kelgan taqdirda-ku zo'r ish bo'lardi. Hamma joyda terma jamoalar hozir dam olayotgan bo'lishi mumkin. Ammo klublar yangi mavsumga ayni tayyorgarlik ishlarini olib borishmoqda. SHundan kelib chiqib o'zimizdagi to'rtta klub bilan nazorat o'yini o'tkazgandan ko'ra 9 kun ichida xorijning ikkita jamoasi bilan o'rtoqlik tashkil qilinsa yaxshi bo'larmidi.
Ana endi terma jamoaga taklif etilgan futbolchilar borasida o'z fikrimizni bildirib o'tamiz.
DARVOZABONLAR
Mirjalol Qosimov uch nafar darvozabon chaqirdi. O'rtoqlik o'yinlarida asosiy darvozabon “Nasaf”dan Eldor Suyunov bo'ladi. Birinchi davrada atigi bitta o'yinda maydonga tushgan Muhiddin Xudoyorov ham chaqirilgan. “Bunyodkor” o'rinbosarlarida o'ynayotgan Abdukarim Muhammedov haqida esa ko'p malumotga ega emasmiz.
HIMOYACHILAR
Himoyachilar borasida nima deyish mumkin? Aytish mumkinki, 23 yoshgacha bo'lgan himoyachilardan eng yaxshilari termaga jalb qilingan. Masalan, Bobur Yo'ldoshev bilan Salim Mustafoev birinchi davrada kashfiyot bo'lishdi. Sardor Rahmonov kam o'yin amaliyotiga ega bo'lgani bilan terma jamoa libosini kiyish uning uchun begona emas. Qolaversa, jamoa muhitini ham yaxshi biladi. “Mashal” sardori SHerzod Fayziev ham chetda qolmadi. Bu himoyachini terma libosida ko'rish ko'pchilikka qiziq bo'lsa kerak. Anchadan beri etibordan chetda qolgan Javlon Mirabdullaev bilan Azamat Isroilov ham mashg'ulotlarda ishtirok etadigan bo'ldi. SHuningdek, birinchi davrada yaxshi o'yin ko'rsatgan Egor Krimec bilan Akbar Ismatullaev ham taklif qilingan. O'yinida biroz pasayish yuzaga kelgan Vladimir Kozak ham Osiyo o'yinlariga borishi mumkin.
YARIM HIMOYACHILAR
Yarim himoya chizig'iga 11 nafar futbolchi taklif etilgan. “Navbahor”dagi Azim Ahmedovni tushunsa bo'ladi, lekin “Neftchi”dagi Pavel Smolyachenko oxirgi paytlarda yaxshi o'yin ko'rsata olmayapti. Undan ko'ra Abdulloh Olimovning o'yinida o'sish bor deyish mumkin. Zaxirada o'tiraverib zerikkan Sardor Mirzaevning terma jamoa havosidan nafas olib bahri dili ochilsa ajab emas. SHunday ekan, yaxshi futbolchining “Loko” zaxirasida o'tirishi juda g'alati albatta.
Birinchi davrada to'rtta gol urgan Diyor Turopov ham yaxshi o'yin namoyish etmoqda. Jamshid Iskanderov-ku - gavhar, uni asrashimiz kerak. Murabbiylar uning mahoratiga sayqal qo'shishlari lozim. Sardor Sobirxo'jaev, Sardor Rashidov va Alibobo Rahmatullaev ham terma libosida o'zlarini sinab ko'rishadi. Bu o'yinchilardan ham umid katta. “Bunyodkor”dan Dilshod Jo'raev ham chetda qolmadi. U ham birinchi davrada yaxshi harakat qildi. Farrux Sayfiev-ku ko'pchilikning og'ziga tushgan futbolchilardan biri bo'ldi. Jarohat olgani bois Davron Hoshimovning o'rniga taklif etilgan Ulug'bek Dadaboev borasida ham ko'p maqtovlarni eshityapmitz. Demak, o'rtoqlik o'yinlarida bu futbolchini ham kuzatamiz.
HUJUMCHILAR
Bosh murabbiy uch nafar hujumchini chaqirishni lozim topdi. Ummon bilan kechgan o'yinlarda Navro'z Olimov bilan Igor Sergeev o'zini ko'rsata olmadi. Lekin xavotir olishga hojat yo'q, chunki o'zimizning oliy liga klublariga qarshi bellashuvlarda bu hujumchilar maza qilib to'p tepishlari mumkin. “Metallurg”dan chaqirilgan SHahzod Nurmatov ham yaxshi hujumchi hisoblanadi. Lekin kamchiligi shundaki, doim ham bir xil o'yin ko'rsata olmayapti. Nurmatov yanada o'sishi uchun o'zini kuchliroq klub safida sinab ko'rishi kerak degan fikrdamiz.
X.Xoliqov.

Fikrlar